7- mavzu: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma'naviy qadryatlari. Reja



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/31
Sana10.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#440105
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
resources-30

Оraliq sivilizatsiya
yoki o’tish davri sivilizatsiyasi ulkan inshооtlar (to’g’оnlar, kanallar va sh.k.) barpо 
yetish, Yangi hududlarni bоsib оlish yoki o’z hududini tashqi dushmandan himоya qilish (masalan, Buyuk Хitоy 
dеvоri) zaruriyati tufayli vujudga kеladi.
Natijada an’analari va qadriyatlariga ko’ra har хil lоkal hamjamiyatlarning 
mехanik birlashuvi yuz bеradi. Mazkur birlashuv rasmiy хususiyat kasb etadi va idrоk yetish ancha qiyin bo’lgan 
nоrmativ-huquqiy qоidalarga muvоfiq va jamiyatni tashkil yetishning lоkal hamjamiyatlar ko’nikkan hayot tarziga 
zid bo’lgan shakllarida amalga оshiriladi. Aksariyat hоllarda jamiyatni birlashtirish vazifasi davlat tоmоnidan va 
asоsan kuch ishlatish yo’li bilan hal qilinadi. Ayni shu sababli nоrmalar tizimi asоsan birlashtiruvchi mехanizm 
sifatidagi davlat ehtiyojlarini aks ettiradi. Bundan o’tish davri sivilizatsiyalariga хоs bo’lgan huquqiy nigilizm kеlib 
chiqadi. Davlat qadriyatlari va lоkal hamjamiyatlarning qadriyatlari asоsan bir-biriga zid bo’lgani bоis ularning 
o’rtasida to’qnashuv yuz bеrishi mumkin. Qattiq davlat intizоmi, ko’p sоnli sоliqlar to’lash, amaldоrlarning 
o’zbоshimchaligi, rеkrut majburiyati, urushlarda ishtirоk yetish zaruriyati kabi davlatning bu talablari ahоlining 
aksariyat qismida nоrоzilik uyg’оtadi.
SHunday qilib, jamiyatning muhim хususiyatlari ijtimоiy hayotni tashkil yetishning kеng ko’lamli shakli 
sanalgan sivilizatsiyaga asоslanadi. Sivilizatsiyalar vaqtda va makоnda o’ta barqarоr bo’ladi, individlar va ijtimоiy 
guruhlarning alоqalarini tartibga sоladigan va jamiyatning mоddiy asоslarini ham, ma’naviy asоslarini ham 
bеlgilaydigan umumiy nоrmalarga asоslanadi. Ular madaniyat va ijtimоiy munоsabatlarning umumiy shakllarini 
yaratib, jamiyat hayotining tizim tashkil etadigan muhim asоsi sifatida amal qiladi. 
Sivilizatsiya – avlоdlar 
vоrisiyligini ta’minlоvchi tariхiy tajriba manbaidir.
Insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar narsalarning muayyan qimmatga ega ekanligini, insonning u 
yoki bu ehtiyojlarini qondira olishini, biron sohada foydali bo‘lishi mumkinligini kashf etganlar. Shu bilan 
narsalarning qadriyaviy xususiyati ochilgan. 
Dastlabki paytlarda bu xususiyat buyumlarning amaliy foydasi bilan bog‘lanar edi. Keyinchalik qadriyat 
maqomi boshqa ijtimoiy instutlar va ma'naviy hodisalarda ham tan olina boshlandi. 
Inson o‘z faoliyatini yo‘naltirishi lozim bo‘lgan ne'matlar va qadriyatlar muammosi 
qadimgi sharq falsafasi
va 
falsafaga qadar bo‘lgan fikr tarixida muhim o‘rin tutadi. 
Braxmanlikda
- bu qayta tug‘ilish orqali yanada yuksakroq 
varnaga
5
erishish. Insonning keyingi hayotida qaerda tug‘ilishi uning taqvodorligi bilan bog‘liq, taqvodorlik esa o‘z 
varnasining dxarmasiga xizmat qilish va uning ko‘rsatmalaridan chetga chiqmasligini anglatar edi. Oliy maqsadga 
faqat braxmanlar erishishlari mumkin bo‘lib, u hamma narsadan (oiladan, boylikdan, olimlikdan) voz kechish va 
sansaradan ozod bo‘lish yo‘li. Zohidlik, xayr-ehson, poklik, kuch ishlatmaslik, yaqin kishilarga hamdard bo‘lish, o‘z 
ehtiroslarini jilovlash - braxmanlikning yetakchi qadriyatlari. Upanishadlarda ideal braxman hyech narsaga ko‘ngil 
qo‘ymaydigan, qayg‘u, baxillik, umid tuyg‘ularidan ozod, osoyishta, yolg‘on va hatto o‘z-o‘zini idrok etishdan ham 
xoli bo‘lgan tafakkuri berilgan kishi sifatida tasvirlanadi
6

Braxmanlikda salmoqli o‘rin tutuvchi qadriyatlar qadimgi hind jamiyatidagi kastalarga bo‘linish bilan 
chambarchas bog‘liq. Bunday bog‘liqlik (bunga har bir kasta vakili amal qilishi kerak) braxmanlikka nisbatan
muxolifatda bo‘lgan 
bxagavatgizm

jaynizm
va boshqa oqimlarda ham mavjud. Biroq 
charvaklar
falsafasida bunday 
xildagi aloqaning asoslanganligi shubha ostiga olinadi. Bundan tashqari charvaklarda asketizmning targ‘ib qilinishi 
o‘rnini baxtni lazzat sifatida tushunishga yo‘naltirilgan 
gedonistik
dastur egallaydi. 
Qadimgi Xitoy falsafiy tizimlarida ham qadriyaviy ideallar shakllantirilgan. 
Konfutsiylikda
bu qadimiylikka 
yo‘naltirilganlik, «oltin o‘rtaliq», «insonsevarlik», «hamdamlik» singari tamoyillardir. Konfutsiylikning asosiy 
tamoyili shunday: «o‘zingga ravo ko‘rmaganni o‘zgalarga ravo ko‘rma»
7
. Konfutsiylikning axloqining asosida - 
fuqaroning podshohga, xotinning erga, o‘g‘ilning otasiga, kichikning kattaga hurmati va bo‘ysunish yotadi. 
Daosizm
da konfutsiylik qadriyatlari inkor etiladi. «Mutlaq donolarcha» xulq-atvorning asosiy tamoyili - 
faoliyatsizlik tamoyilidir: hamma narsa tabiiy yo‘l hisoblanuvchi 
dao
yo‘lida ketishi kerak. 
yevropa falsafasida qadriyatlar muammosi 
Qadimgi Gretsiya
da qo‘yilgan edi. Bu muammoni birinchilardan 
bo‘lib 
Suqrot
ko‘tarib chiqdi. U aksiologiyaning asosiy masalasini «Ne'mat nima?» degan savol bilan ifodaladi. Uning 
bu savolga murojaat etishi tasodifiy emas edi. Bu hol Afina demokratiyasining tanglikka uchrashining qonuniy natijasi 
sifatida yuzaga keldi. Mazkur savolga javob berish Yangi ijtimoiy ideallarni qidirishda yordam berishi lozim edi. 
Keyingi davrlarda ham qadriyatlar falsafasi tarixning burilish davrlarida, an'anaviy qadriyatlar qadrini yo‘qotgan, 
jamiyatning ijtimoiy negizlari obro‘sizlangan paytlarda dolzarb ahamiyat kasb etganligini ko‘rishimiz mumkin. 
5
Қадимги ҳинд жамияти 4 варналардан – брахманлар, кшатрийлар, вайшьялар ва шудралар табақаларидан 
иборат эди. 
6
Чанышев А.Н. Начало философии. М., 1982. 138-б. 
7
Древнекитайская философия. В 2-хт. М., 1972. Т.1.167-б. 


Antik an'ana doirasida qadriyatlar muammosini ishlab chiqishda 
Demokrit
katta rol o‘ynadi. Qadriyatlar 
tabiatini naturalistik (ob'ektivistik) talqin qilish an'anasini u boshlab berdi. Antik faylasufning fikriga ko‘ra, baxt-
saodat, ezgulik, adolat, go‘zallik mezonlari tabiatning o‘zida, hamma narsaning o‘z tabiiy oqimida ketishidadir. 
Nimaiki tabiatga mos bo‘lsa - yaxshi, nimaiki unga zid bo‘lsa - yomon. Bizning xuzur-halovatimiz va azoblarimiz, 
qoniqishimiz va noroziligimizning asosi ana shunda. 
Aflotunga ham qadriyatlarni ob'ektivistik tushunish xos edi. Biroq materialist Demokritdan farqli o‘laroq 
Aflotun ularning manbaini tabiatda (narsalar olamida) emas, balki vujudsiz mohiyatlar (ob'ektivlashtirilgan 
tushunchalar) - g‘oyalar olamida ko‘radi. «Katta Gippiy» asarida Aflotunning Suqrot ismli qahramoni Gippiy bilan 
suhbatda u yoki bu narsalarni go‘zal qiluvchi narsa nima ekanligini bilishga urinadi. Go‘zallikning ayrim narsalardagi 
in'ikosini namoyish qilish orqali go‘zallikning nima ekanligini idrok etish mumkin emasligi faylasufni 
go‘zallik 
«g‘oya»si
ga olib keladiki, ana shu go‘zallikning qandaydir bir narsaga qo‘shilishi uni go‘zal qiladi. Aflotun g‘oyalari 
bir-biriga bo‘ysunuvchi muayyan tartibda joylashadi. Mazkur g‘oyalar piramidasining cho‘qqisi 
baxt-saodat
g‘oyasidir. Aynan shu g‘oya ijobiy fazilatlarning, go‘zallikning, haqiqat va uyg‘unlikning manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Qadriyatlarning boshqa bir relyativistik (sub'ektivistik) konsepsiyasi ham mavjud bo‘lib, unga 
Protagor
asos 
solgan. Mazkur konsepsiyaga muvofiq qadriyatlarning bahosi nisbiy bo‘lib, u insonga bog‘liqdir. 
Qadriyat muammosiga antik davrdayoq shakllangan yondashuvlar o‘z ko‘rinishlarini muayyan darajada 
o‘zgartirgan holda keyingi falsafiy tizimlarda ham saqlab keldilar. Aksiologiya muammosini ishlab chiqishga 
I.Kant, 
G.Lotse, G.Rikkert, N.Gartman, F.Nitsshe
va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish