IX. AUDITORIYA RAHBARI VA NAZORATCHILAR
49. Fan olimpiadasining barcha bosqichlarida olimpiada jarayonini boshqarish, tashkiliy ishlarni bajarish, adolat tamoyillariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida tashkiliy qo‘mita tomonidan qur’a tashlash (olimpiada o‘tkazilishidan oldin) yo‘li bilan olimpiada o‘tkazilayotgan xonalarga auditoriya rahbari va nazoratchi tayinlanadi.
50. Auditoriya rahbarlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) tegishli fan bo‘yicha hakamlar hay’ati a’zolarini olimpiada hujjatlari bilan tanishtiradi;
b) fan olimpiadasi jarayonida o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan o‘quvchilarni dalolatnoma tuzib, hakamlar hay’atiga topshiradi;
v) test, yozma ish, amaliy ishlarni shifrlab tekshirish uchun hakamlar hay’atiga topshiradi;
g) hakamlar tomonidan tekshirilgan ishlarning shifr bo‘yicha ro‘yxatini tuzadi va g‘oliblarni aniqlash uchun hay’atga taqdim etadi.
X. APELLYASIYA KOMISSIYASI
51. Hakamlar hay’ati tarkibiga kirmagan bittadan fan mutaxassislaridan iborat apellyasiya komissiyasi tuziladi.
52. Tashkiliy qo‘mitaning raisi bevosita apellyasiya komissiyasi raisi hisoblanadi
53. Apellyasiya komissiyasi tomonidan olimpiada qatnashchilarining shikoyatlari va arizalari olimpiada o‘tkazilgan kunning o‘zida qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
54. Fan olimpiadalari qatnashchilarining arizalari apellyasiya komissiyasi raisi, o‘quvchi va hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida apellyasiya komissiyasi a’zosi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
55. Apellyasiyaga fan olimpiadalari qatnashchilarining faqatgina o‘zlari tomonidan bajarilgan ishlari bo‘yicha arizalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
56. Apellyasiya komissiyasi zaruriyat bo‘lganda, hakamlar hay’ati qarorini bekor qilish va ularga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
"O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2009 yil, 23-son, 266-modda.
JISMONIY TARBIYA-SPORT TASHKILOTLARI
YO‘RIQCHI-USLUBIYOTCHISI MALAKA TAVSIFLARI
92. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yo‘riqchi-uslubiyotchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) jismoniy tarbiya va sport-ommaviy ishlarni o‘tkazishni tashkil qiladi, sport maktabiga, seksiyaga, sport va sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi guruhlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni xohlovchi va tibbiy to‘sqinliklari bo‘lmagan shaxslarni qabul qiladi, shug‘ullanuvchilarga maslahatlar beradi;
b) sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi, sportchilar va ommaviy razryadli va hakamlik toifasidagi hakamlarni tayyorlaydi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilishda qatnashadi, jamoatchi yo‘riqchilar faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni ta’minlaydi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi;
v) tashkilot faoliyati yakunlarini tahlil qiladi va uning ishini rejalashtirishda ishtirok etadi, jismoniy tarbiya va sport, sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilishni amalga oshiradi, shug‘ullanuvchilarni tibbiy kuzatuvni amalga oshirish uchun sog‘liqni saqlash organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, ilg‘or ish tajribasini o‘rganadi, umumlashtiradi va joriy qiladi, shug‘ullanuvchilar texnika xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tadbirlar va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazadi, alpinizm (turizm) bo‘yicha yo‘riqchi-uslubiyotchi esa izlash-qutqarish ishlarini o‘tkazishni ta’minlaydi.
93. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yo‘riqchi-uslubiyotchisi quyidagilarni bilishi kerak:
a) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishining nazariy asoslarini, sport va ommaviy jismoniy tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasini;
b) tibbiy nazorat asoslarini, vrachlik yordami ko‘rsatilgungacha tibbiy yordam berish qoidalarini, shug‘ullanuvchilarning fiziologik xususiyatlarini;
v) sport inshootlari, qurilmalari va texnikasini ishlatish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yo‘riqchi-uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
a) oliy yoki o‘rta maxsus jismoniy tarbiya ma’lumoti;
b) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida 3 yildan kam bo‘lmagan ish staji
Do'stlaringiz bilan baham: |