7 -mavzu: O’qituvchilarning ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlari
1. Umummaktab ota-onalar majlisi. Majlis o`tkazish tartibi
2. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ota-onalar to`g`risidagi nizom
3. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari ota- onalar bilan
hamkorligi
O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’gibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniqlanadi. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»nihayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oddida javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qitishchiga bog‘liqdir.
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi - sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars paytida, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola. olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Odobli bilimdon va mehnat sevar farzand nafaqat ota onaning balki? Butun jamiyatning eng katta boyligidir.
Bolani jamiyatda qabul qilgan qonunlarga tartib qoidalarga va axloqiy normalarga rioya qilishga o`rgatish avvalo oiladan boshlanadi.
Oilada ota-ona, mahallada qo`ni qo`shni va maktabda pedagog tarbiyachilarning doimiy nazorat ostida bo`lgan bolada axloqiy rivojlanish jarayoni kechadi. O`qituvchi bolaning ilmiy dunyo qarashini shakllantirish , ijtimoiy faolligini oshirish va unga zamon talablari asosida ta`lim va tarbiya berishda ota-onalar bilan faol hamkorlik qilishi zarur. O`qituvchi va ota-onalarning tarbiyaviy maqsadlardagi hamkorligini mustahkamlash farzand tarbiyasi bo`yicha ota-onalarga pedagogik uslubiy yordam ko`rsatish borasida ota-onalar majlisining o`rni muhim hisoblanadi. Suhbatlar yakka yoki umumiy tarzda olib boradi. Ilk suhbat chog`ida o`quvchilarni ma`naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash ularning kafolati, ota-onalar va farzandlarning ijtimoiy onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga turli xil usullardan foydalanish mumkin.
Ta`lim muassaarida ota onalar majlisi alohida sinflar va umummaktab miqyosida tashkil etiladi. Sinf ota-onalar majlisi o`quv yili davomida besh marotaba(o`quv yili boshlanishi oldidan I-II-III-IV choraklar yakunida) o`tkaziladi.
O`quv yili boshlanishidan oldin o`tkazilgan majlisda ota-onalar maktabning ichki tartib intizom qoidalari bilan tanishtirilib o`quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta`lim tarbiya berish jarayonida maktab jamoasi bilan amaliy hamkorligi borasidagi majburiyatlari belgilab beriladi.
O`quv yili choraklari yakuniy bo`yicha o`tkaziadigan majlislarda o`quvchilarning o`lashtirishi ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etish holatlari tarbiay jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatlar muhokama qilinib ularni hal etish choralari ko`riladi.
Umumiy ota-onalar majlisi o`quv yili boshi va oxirida o`tkazilib unada ota-onalar makatab hayoti, o`quv yili davomida olib boriladigan hamada amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari bilan tanishtiriladi.
O`quv yili boshida o`tkaziladigan maktab ota-onalar majlisining umumiy mavzusi o`quvchilarga zamon talablari asosida ta`lim- tarbiya berish uchun zarur shart sharoitlarni yaratishga qaratilishi lozim.
O`quv yili oxirida o`tkaziladigan makatab ota onalar majlisi esa hisobot shaklida tashkil etilib, unda rahbariyat tomonidan ota-onalarga o`uv yili davomida amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari to`g`risida axborot beriladi va makatb “Vasiylik kengashi”ning hisoboti eshitiladi.
Sinf ota –onalar majlisi quyidagi tartibda tshkil etiladi sinf rahbari tomonidan maktab ma`muriyati bilan kelishilgan holda sinf ota-onalar majlisining kun tartibi va o`tkazish kuni belgilanadi. Sinfdagi barcha o`quvchilarning ota-onalariga yig`ilish o`tkaziladigan kun vaqti va uni kun tartibi t`g`risida oldindan yozma xabar yuboriladi. Ota-onalar majlisiga kelgan soha mutaxassssislari va ishtirokchilar yo`qlama qilinib yig`ilish boshlanadi. Yig`ilish kun tartibida o`rin olgan mavzular hayotiy misollar tarbiyaviy ahamiyatga ega rivoyatlar va hadislar orqali qiziqarli tarzda ochib beriladi hamda ota onalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob beriladi. Sinf rhbari tomonidan har bir o`quvchining o`zlashtirishi va xulqi bo`yicha ota pnalarga umumiy ma`lumot berilib yuzaga kelgan munozarali vaziyatlar tahlili asosida oilada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish yuzasidan pedagogik uslubiy yordam ko`rsatiladi.
Umumiy maktab ota onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi.
Maktab rahbariyati tomonidan ota onalar qo`mitasi va vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda umum maktab ota-onalar majlisining kun tartibi va o`tkazish kuni belgilanib barcha o`quvchilarning ota-onalariga yig`ilish vaqti va uning kun tartibi to`g`risida oldindan yozma xabar yuboriladi. Maktabda bir oiladan ikki yoki undan ortiq bola ta`lim olayotgan bo`lsa ular uchun bir nafar ota yoki ona ishtirok etishi yetarli hisoblanadi.
Ta`lim muassasasini imkoniyatlaridan kelib chiqib barcha ota-onalar uchun bir vaqtda yoki 1-4-sinf va 5-11- sinf o`quvchilarining ota-onalari uchun alohida vaqtlarda tashkil etishi mumkin. Majlisga maktab hududidagi mahalla raislari ularning diniy ma`rifat va axloqiy tarbiaya ishlari bo`yicha maslahatchilari, voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha profilaktika inspektorlari taklif etilishi mumkin.