7- mavzu: Oila psixologiyasi Asosiy savollar: Oylaviy hayotga psixologik tayyorlik tushunchasi



Download 31,05 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi31,05 Kb.
#334244
1   2
kommunikativ funksiyasi oila a‘zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojiga qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta‘kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning ahloqIy, ma‘naviy va psixologik salomatligi- oiladagi o‘zaro, ichki muloqot xarakteri, oiladagi o‘zaro ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a‘zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namayon qilishlari, oiladagi ahloqIy-psixologik iqlimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lib kelgan xususiyatlardan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o‘z a‘zolarining ahloqiy-psixologik hhimoyalanishini ta‘minlash, shuningdek bolalarga mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy erdam ko‘rsatish kabilardan iborat bo‘lib kelgan. Bu holat o‘z navbatida oilaning asosiy funksiyalaridan birini, uning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ-o‘zaro jismoniy, moddiy, ma‘naviy va psixoxogik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini ustae dkamxash, oila a‘zolari dam oxigiini tashkil etigi funksiyasidir. Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha baxt). Shaxsiy baxtga erishishga o‘z a‘zolarining baxtini ta‘minlashda qanday rol o‘ynaydi. Baxtga intilish xar bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila kurishga undaydi Inson o‘ziga ato etilgan baxtning to‘rtdan uch qismini oiladan choraktaga etar-etmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinnning bir-birini to‘liq tushunishi ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta‘minlaydi. Oilaning regulyativ funksiyasi oila a‘zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqaruv tizimini shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni oilada ustunlik va obro‘ning amalga oshirishni o‘z ichiga oladi Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma‘naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi. Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyasidir Bu degani oila a‘zolarining jinsiy emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir Ma‘lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xald ho‘jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy yetilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko‘proq jismoniy, ruhiy zo‘riqishlar bermoqda Ishlab chiqarish jarayonlari jadalliginining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi-insonni tezda toliqib, mehnat qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin .

3. Yoshlarni psixolgik jihatdan oilaviy hayotga tayyorlash va faoliyatning samarali tashkil etilishi bir qancha ijtimoiy muammolarning ijobiy hal etilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:

-Jamiyatning ijtimoiy ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlaydi;

-jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining yuqori bosqichga

ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi;

-mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sog‘lom psixologik muhitni qaror toptirish, oila tarbiyasini samarali tashkil etish, farzandlar tarbiyasida muayyan muvaffaqqiyatlarga erishish, oilaviy mojaro, ajrimlarning oldini olish uchun zamin

hozirlaydi.Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyatberilgan. Jumladan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino,Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin Ibn Faxriddin kabi allomalar bu masala yo‘zasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgacha o‘z ahamiyatini yuqotmagan. Ular «Nasixatnoma», «Pandnoma», «Xikmatnoma» tar zida bizgacha yetib kelgan. Bu manbaalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi, oila muqaddas, uni avaylab asrash aynan uy bekalariga bog‘liq ekanligi xaqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan xodisalar xikoyaqilinadi.«Kaykovus Unsurulmaoni 63 yoshida o‘g‘liga atab «Qobusnoma» yozib, unda o‘zining bola tarbiyasi, oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Mamlaktimizning yetakchi psixolog olimlaridan biri Vasila Karimova “Oila ma’rifati” ushbu risola muallifining “Oila ma’rifati”ruknida chop etilayotgan risolalarining dastlabkisi bo‘lib, bu bevosita oilaviy hayotbo‘sag‘asida turgan yoshlar hamda endigina nikox qurib, yaxshi niyatlar bilan turmush qurgan kuyov va kelinchaklarga mo‘ljallangan. Unda asosiy e’tibor oila ilmining mazmun mohiyati, oila ma’rifatini tashkil etuvchi omillar va baxtli hayot kechirishni aslida hammaga ma’lum bo‘lgan, lekinamalda har doim ham egallash oson bo‘lmagan jihatlarga qaratilgan.Muallif “Oila ma’rifati”ga erishish, ya’ni kelin-kuyovlar, yoshlar hamda ularning ota -onalar savodxonligini oshirish orqali, oilaviy muhitda ma’naviy qadriyatlarni barqarorlashtirishga erishishni ko‘zda tutgan.

A.Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir”,degan fikri o‘zbekning kun tartibidan tushmasligilozim. Chunki avvalgiga o‘xshab qariyalar keksalar yoshlarni odob axloqqa chaqirib yoshlar esa ularni hurmatlab, ularning o‘gitiga amal qilish udumi yo‘qolib bormoqda. Har kim o‘zi bilan ovora birovning gapi birovga yoqmaydi. S.V.Kovolyov o‘smir va qizlarda oila va nikoh tushunchalari haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishlari juda muhimdir,deydi. Nikoh va sevgi tushunchalari13-15 yoshli bolalarda qarama-qarshi tushunchalar ekanligi bilan ko‘zatiladi, ya’niular sevgi va nikoh bir-biriga teskari tushunchalar ekan deb tushunadilar.

Talabalarda umr yo‘ldosh tanlashda sevgi tushunchasi faqat 4 o‘rinda, ya’ni xurmat qilish, ishonch, bir-birini tushunish kabi xislatlardan keyin turadi. Yoshlar oilani jiddiy qabul qilmaydilar. Natijada juda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yib, keyinchalik oilaning muhimligini psixologik tan oladilar.Bizning asosiy vazifamiz shuki, o‘smirlarda oilaning qadrini, sevgi, nikohoiladagi sevgini ro‘li muhimligini va u uzoq va baxtli hayot garovi ekanligini o‘qtirishdir.

Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mustahkamligi shuqasrning poydevori bo‘lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to‘g‘ri va mustahkam qo‘yilishiga bog‘liq. Agar shu poydevor yetuk,mustahkam bo‘lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko‘rkam, yorug‘, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag‘ishlaydigan bo‘ladi.oilangizning ham o‘ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga,qurilishiga asos bo‘lgan nikoh oldi omillaridir.Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta’siri noo‘rin bo‘lsa, u shoshilinch, bo‘sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o‘rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq va omonat bo‘lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib qulashi, bo‘zilib ketishi xavfini tug‘diradi

4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Ertangi kunimiz – hatimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam bo’lmaslik, bir so’z bilan aytganda, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishi, birinchi navbatda bizning o’rnimizga kelayotgan yosh avlodimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga chambarchas boliqdi1r” Shu bois ham xalqimiz va davlatimiz, har qaysi insonning barcha harakatlari ezgu niyatlari markazida farzandlarimizni jismoniy va ma’naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxt-saodati, farovoni kelajagini ko’rish, boshqa xalqlar farzandlaridan hech ham kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi.

Negaki, faqat har tomonlama yetuk avlodgina bugungi hayot oldimizga qo’yatgan o’ta murakkab, og’ir sinov va qiyinchiiklarni yengishi, ko’zlangan yuksak maqsadlarni egallash mumkin. Yoshlarga katta umid bilan qarayotgan Prezidentimiz, xalqimiz, ularga tayangan holda “O’zbekiston kelajagi – buyuk davlat”, - deb g’urur bilan ta’kidlamoqda. Ya’ni, mustaqillik bergan imkoniyatlar tufayli yoshlar hal qiluvchi kuch bo’lib hayotga dadil qadam qo’ymoqda. Men bu yosharga o’zimga ishongandek ishonaman”, - deb aytdi.

O’zbekiston davlatining buyuk kelajagi hozirgi kunda, asosan, maktablarda, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya olayotgan iste’dodli, ijodkor tashabbuskor yoshlarga bog’liq. Chunki, bu yoshlar mamlakatimiz iqtisodiyoti, madaniyati va ishlab chiqarish sohalarida ijod qiladigan, kelajagimiz poydevorini yaratadigan yoshlardir. Xalqimiz hayotimizni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yangilash dasturini bajarishda yoshlarning imkoniyatariga umid bilan qaramoqda. Negaki, “... biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odam boshqalarga foydasi tegadi, birovdan aldanib qolmaydi. Shu bilan birga, boshqalarga ortiqcha yuk ham bo’lmaydi. U har bir narsani aql va mantiq, adolat tarozisiga solib ko’radi. O’z fikri – o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi 1” .



Mamlakatimizda xususan, oila – iste’dodli yoshlarni voyaga yetkazish va tarbiyalashning muhim o’chog’i sanaladi. Chunki, yosh avlod o’z hayoti yo’lida oilani kamolot beshigi, deb hisoblanadi. Yosh avlod kamolotida oilaning o’rni va ta’siri beqiyosligini Prezidentimiz Islom Karimov bunday baholagan edi: “... Insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulika, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oia sharoitida qaror topishi tabiiydir.

5.
Download 31,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish