MBBT quyidagicha tavsiflanadi:
Bajarilishi – (Ispolnimost) – foydalanuvchi so`roviga hozirjavoblik bilan muloqotga kirishish;
Minimal takrorlanishi – (Minimalnaya povtoryaemost) – MOdagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni qayta ishlash, izlash, hususan, tizimning izlash tezligi susayadi;
Yaxlitlik – axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog`liqlikni asragan holda bo`lgani ayni muddao;
Xavfsizlik – (Bezopasnost) – MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilingan bo`lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlar bazasiga kira olish va foydalanish huquqiga ega bo`lishi mumkin;
Migratsiya – ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. Shuning uchun ma’lumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tahlil qilish kerakki, eng ko`p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo`lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |