7 – mavzu: Jamiyat va inson falsafasi. Mavzu rejasi



Download 83,5 Kb.
bet14/19
Sana04.11.2022
Hajmi83,5 Kb.
#860155
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
7-мавзу. Жамият ва инсон фалсафаси

Faoliyatning atributlari. Inson faoliyati o‘ta rang-barangdir. Faoliyat atributlari (xossalari) faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat atributlari orasida avvalo sub’ektlilik va moddiylik qayd etiladi.
Sub’ektlilik va moddiylik. Faoliyatning sub’ektliligi shu bilan izohlanadiki, u shaxsning o‘tmishdagi tajribasi, uning ehtiyojlari va mo‘ljallari, motivlari va maqsadlari, emotsiyalari va irodasini tavsiflovchi xususiyatlari, bilish qobiliyatlari va hokazolar bilan belgilanadi. Faoliyatning moddiyligi insondan tashqarida joylashgan va uning qo‘li bilan o‘zgartiriladigan tabiat va jamiyat kuchlariga qaratilganini anglatadi. Ammo insonning o‘zi, uning o‘z-o‘zini kamol toptirishi, o‘z-o‘zini tarbiyalashi va shaxs o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarga erishishga qaratilgan tegishli harakatlar ham o‘zgartirish faoliyatining predmeti bo‘lishi mumkin.
Onglilik va maqsadga muvofiqlik. Inson faoliyati oqilona, ongli va maqsadga muvofiq bo‘ladi. «Oqilonalik – inson faoliyatining barcha turlariga amalda xos bo‘lgan jihat», deb qayd etadi E.Kassirer. Oqilonalik insonning o‘z faoliyati maqsadlarini aqlga muvofiq tarzda belgilash va ularni erkin va ongli boshqarish qobiliyatini anglatadi. Onglilik va maqsadga muvofiqlik – inson faoliyatini hayvonlar faolligidan farqlash imkonini beruvchi muhim xossalardir.
Inson faoliyatini tartibga solishning ahamiyati. Faoliyatning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyati uni tartibga solish, individ, jamoa va umuman jamiyat faoliyatini boshqarish muammosini kun tartibiga qo‘yadi. Inson faoliyatini boshqaruvchi mexanizmlarni shartli ravishda ikki turkumga: ichki va tashqiga ajratish mumkin. Faoliyatni tartibga solishning ichki mexanizmlarini biz uning asosiy atributlarini o‘rganish jarayonida ko‘rib chiqdik. Bu maqsadni belgilash, motivatsiya, shaxsning fe’l-atvorini tavsiflovchi xususiyatlar – uning mijozi, xarakteri, irodasi, xullas, maqsadlar va ularga erishish vositalarini tanlashni, shuningdek faoliyat uslubini belgilaydigan shaxsning barcha xususiyatlaridir.
Faoliyatni tartibga solishning umumiy mexanizmlari qatoriga insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari tizimini to‘la qamrab oladigan va madaniyat algoritmi bo‘lib xizmat qiladigan rang-barang ijtimoiy qadriyatlar va me’yorlarni kiritish lozim. Xulq-atvor, odatlar va an’analarning ijtimoiy-madaniy me’yorlari, qoidalarining mavjudligi va rivojlanishi inson faoliyatini tartibga solish omili hisoblanadi. Me’yorlar muayyan sharoitda odamlar o‘zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi va inson faoliyatida bevosita ishtirok etib, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga shaxsning moslashuvini ta’minlaydi, ijtimoiy jarayonning uzluksizligini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. Mazmuni, ijtimoiy mustahkamlash usullari va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra me’yorlar har xil bo‘ladi.
Inson faoliyatini tartibga solishni ta’minlovchi ijtimoiy me’yorlar tizimida huquq normalari va axloq me’yorlari alohida o‘rin egallaydi. Huquq - davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov kuchiga tayanadigan xulq-atvor umumiy normalarining majmui. Axloq esa jamoatchilik fikri, ya’ni qilmishni ma’qullash yoki qoralash bilan mustahkamlanadigan xulq-atvor qoidalari majmuidir.

Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish