o‘rgimchak to‘ri
(WWW) qo‘llana boshladi.
Ikki yildan so‘ng (1993-yil) mashhur NCSA Mosaic brauzeri paydo bo‘ldi. Bugungi
kunda Intemetdan vaqtichog‘lik va pochta xizmatidan tashqari, turli kuch va manfaatlar
urushidagi axborot quroli sifatida samarali foydalanib kelinayotganini ko‘rish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, rivojlanish shiddatli va tezkor bo‘lgan. Qiyoslash uchun bir ma’lumotni
keltirib o‘tamiz. Ma’lumki, o‘tgan asrda axborot sohasi bilan bog‘liq radio, televideniye,
kabel TV kabi Lxtirolar qilingan va ular asta-sekinlik bilan ommalashgan. Dastlabki
radiopriyomnik va televizorlardan o‘n yillar davomida bir nechta oila birlashib foydalanar
edi. Ammo Internet tarmog‘ining rivojlanishi ularga nisbatan ancha tezkor bo‘ldi va 50
million kishilik auditoriyaga (bu 0‘zbekiston aholisidan taxminan ikki barobar ko‘p) Internet
atigi 4 yilda erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |