Konusli klassifikatorlar
Konusli klassifikatorlar mahsulotni ikkita mahsulotga - qum va quyulmaga ajratib beradi (
42−rasm).
Konusli klassifikatorlar po‘lat listdan tayyorlangan qo‘zg‘almas konus (1) dan iborat bo‘lib,
uchining yuqori qismiga halqali tarnovcha (2) payvandlangan. Konusning pastgi qismiga
almashtiriladigan uchliklarni mahkamlash uchun kallak (11) payvandlangan.
Uchliklar teshiklarining diametri har qaysi klassifikatsiya sharoiti uchun alohida tanlanadi.
Konusning yuqori qismida uning o‘qi bo‘ylab bo‘tana taqsimlagich (5) bilan ta’minlovchi quvur
(4) o‘rnatilgan.
Cho‘kkan mahsulotni chiqarib olish uchun kallakka bo‘shatuvchi uchlikning chiqarish
tuynugini yopuvchi sharchali zulfin (12) mahkamlangan. Zulfin richaglar sistemasi orqali ichki
konus (9) da joylashgan qalqib chiquvchi moslama – po‘kak (7) bilan bog‘langan.
42 − rasm. Konusli klassifikator.
1 − qo‘zg‘almas konus; 2 − halqali tarnovcha; 3,4 − quvurlar; 5 − bo‘tana taqsimlagich; 6 −
qarshi kuch; 7 − po‘kak; 8 − richaglar sistemasi;9−ichki konus; 10−prujina; 11−kallak;
12−sharchali zulfin;
13− diafragma.
Bo‘shatuvchi uchlikning chiqarish tuynugini berkitish prujina (10) va qarshi kuch (6) bilan
amalga oshirilib, ular sharikli zulfinga bosim kuchini boshqarishga imkon beradi. Cho‘kkan
mahsulotni bo‘shatishni boshqarish uchun almashtiriluvchi likopchali krestovinadan tashkil
topgan diafragma (13) xizmat qiladi.
Dastlabki mahsulot ta’minlovchi quvur (4) va bo‘tana taqsimlovchi orqali konusga quyulish
tarnovchasidan pastroqda beriladi. Konusdan yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi hosil bo‘ladi,
buning natijasida mayda zarralar konusning yuqori qismiga ko‘tariladi va quyulish ostonasi orqali
quyulmaga ketadi. Yirikroq zarralar pasga cho‘kadi va konus (1)ni to‘ldiradi. Cho‘kkan mahsulot
ichki konus (9)ning pastgi zihiga yetganda, undan bo‘tananing chiqishi qiyinlashadi va oqim
yuqoriga – (3) va (4) quvurlar orasidagi bo‘shliqqa intiladi. Bunda po‘kak (7) ko‘tariladi va
richaglar sistemasi orqali bo‘shatuvchi moslamaning sharchali zulfini ochiladi.
Ajratiladigan mahsulotning yirikligiga qarab, qumli va shlamli klassifikatorlarga bo‘linadi.
Qumili klassifikatorlarda ajratiladigan mahsulotning yirikligi 0,15-2 mm, shlamlida esa -0,15 mm.
Konusli klassifikatorlarning konus asosi 2,5-3,5 mm, ishlab chiqarish unumdorligi qumli
klassifikatorlarda 5-22 t/soat, shlamlida 5-11t/soat.
Afzalligi:qumilarni avtomiatik bo‘shatib, harakatlanuvchi qismilarning yo‘qligi, elektr
energiy ishlatilmasligi.
Kamchiligi: qumining vaqti-vaqti bilan (davriy) to‘kilib, konus devorlarida yig‘ilib qolishi
natijasida klassifikatorlarning buzilishi, nisbatan katta gabarit o‘lchamiga egaligi.
6 –jadval
Konusli klassifikatorlarning texnik xarakteristikasi
Ko‘rsatkichlar
KKP-1
KKP-1,5
KKP-1,8
KKP-2,4
Quyulish ostonasining diametri, mm
1000
1500
1800
2400
Ko‘zgu yuzasi, m
2
0,6
1,57
1,8
3,22
Konusning ishchi hajmi, m
3
0,26
0,92
1,625
4,15
Ishlab chiqarish unumdorligi, t/sоаt
1,6-4
3,6-9
5-12
9-22
Gabarit o‘lchamlari, mm:
uzunligi
kengligi
balandligi
1480
1270
1552
2005
1880
2065
2700
2274
2902
3350
2962
3110
Klassifikator og‘irligi, t
0,16
0,24
0,68
1,27
Nazorat va muhokana savollar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Umаrоvа I.K. , Solijonova G.Q. Fоydаli qаzilmаlаrni bоyitish vа qаytа ishlаsh. Darslik.
─ Т.: Cho’lpon, 2009.
2. Umаrоvа I.K. , Solijonova G.Q. Fоydаli qаzilmаlаrni bоyitishga tayyorlash jarayonlari.
O‘quv qo‘llanma. ─ Т.: TDTU, 2014.
3.
Peuker U.A., Kwade A., Teipel U., Jeckel G., Mütze T. Mineral processing. Mineral,
renewable and secondary raw material processing-current engineering challenges. Dechema.
Germany, 2012. 280 p.
Do'stlaringiz bilan baham: |