3. Excelda mantiqiy funksiyalardan foydalanish.
Tushunishda soddalik uchun quyidagi ax2 bxc 0 kvadrat tenglamaning ildizlarini topish
3-rasm. masalasini ko‘ramiz. Jadvalning, masalan, A2 yacheykasiga
tenglamadagi a koeffisiyentning sonli qiymatini, B2 yacheykasiga b koeffisiyentning sonli qiymatini, C2 ga esa c ning qiymatini aniq son bilan yozamiz (masalan, a=1, b=-5, c=6).
Navbatdagi D2 yacheykaga tenglamaning Db2 4ac diskriminanti formulasini quyidagicha yozamiz: =B2*B2-4*A2*C2. Tenglama ildizlarini topish formulasi bizga ma’lum, ya’ni:
x1 b D ; (1)
2a
x2 b D ; (2)
2a
Endi E2 yacheykaga (1) tenglikning o‘ng tomonidagi ifodani, F2 yacheykaga esa (2) tenglikning o‘ng tomonidagi ifodani mos ravishda quyidagicha kiritamiz:
=ЕСЛИ(D2>=0; (-B2+КОРЕНЬ(D2))/(2*A2))
=ЕСЛИ(D2>=0; (-B2-КОРЕНЬ(D2))/(2*A2))
Shunday qilib, E2 va F2 yacheykalarda tenglamaning izlanayotgan ildizlari D2>=0 shart bajarilgandagina paydo bo‘ladi (4-rasm), aks holda ЛОЖЬ “xabari” beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |