taqsimlangan reestr (blokcheyn) - axborotni o’zida jamlagan, muayyan qoidalarga muvofiq tuzilgan uzluksiz bloklar zanjiridir (bog'langan ro'yxat). Ko'pincha bunday bloklar zanjiri nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarda (qurilmalarda) saqlanadi.
vakolatlar markazi - tuzilmasining asosiy vazifasi qilib ma'lum bir sohadagi yangi bilimlarni, tajriba va vakolatlarni izlash va uzatish hamda konsalting, servis hizmatlari va professional hizmatlarni ko'rsatishdir.
Markaz tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
taqsimlangan reestr (blokcheyn) texnologiyasining imkoniyatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish;
taqsimlangan reestr (blokcheyn) texnologiyasi sohasida milliy kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash;
ushbu texnologiyani o'zlashtirish uchun mahalliy ishlab chiquvchilarni qo'llab-quvvatlash;
davlat boshqaruvi hizmatlarining sifatini yaxshilash, idoralararo ish olib borish samaradorligini oshirish, boshqa davlat vakolatlari bo’yicha
hizmatlarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruv tizimida blokcheyn texnologiyalarini joriy etish.
Taqsimlangan reestr texnologiyalari (blokcheyn) bo’yicha vakolatlar Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun normativ-huquqiy va me'yoriy bazani takomillashtirish;
Davlat boshqaruv tizimida blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni rivojlantirish;
Davlat boshqaruvi tizimida taqsimlangan reestr texnologiyasini joriy etishga yagona texnologik yondashuvni ta'minlash;
Blokcheyn sohasidagi bilimlarni boshqarish tizimini hayotga tadbiq qilish;
Blokcheyn texnologiyalariga ixtisoslashgan mahalliy ekspertlar va kompaniyalar reestrini yuritish;
Taqsimlangan reestr sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish;
Aholi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, davlat hizmatchilarining taqsimlangan reestr texnologiyasi va uning afzalliklari haqidagi xabardorlik darajasiini oshirish;
Davlat tizimi, xususiy va ijtimoiy sohalarda bloklcheyn texnologiyalardan foydalanish bo'yicha ilk pilot-loyihalarni amalga oshirish;
Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bo'yicha ilg'or xorij tajribalarini o'rganish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish uchun xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Blokcheyn vakolatlari Markazining asosiy vazifasi va missiyasi ushbu sohadagi milliy tajriba darajasi va vakolatlarni oshirish hamda O'zbekistonda yuqori texnologiyali va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishni rag'batlantirish maqsadida taqsimlanadigan reestr texnologiyalari sohasidagi bilimlarni yaratish, yanglash, saqlash va tarqatishning samarali mexanizmini joriy etishdan iborat.
Ushbu missiyani amalga oshirish uchun Markaz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirgan:
Jamiyat hayotining turli sohalarida blokcheyn-texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan:
global tendensiyalarni monitoring qilish, texnologik o'zgarishlarni, shuningdek, blokcheynni qo'llashning yangi sohalarini, usullarini va mexanizmlarini aniqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyalari bo’yicha xalqaro tajribani organish va uni halq xo'jaligi tarmoqlarida tezkorlik bilan o’zlashtirish;
O'zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida mamlakatdagi ilmiy-amaliy tashkilotlar bilan birgalikda amaliy, ilmiy va marketing tadqiqotlarini tashkillashtirish;
blokcheyn va unga aloqador texnologiyalarni, shu jumladan, bulut texnologiyalari, kriptografiya, kriptoanaliz, aqlli kontraktlar va boshqa bu bilan bog’liq innovatsion texnologiyalarni potentsial foydalanishni tartibga soluvchi halqaro normativ-huquqiy bazalarni tahlil qilish va ularni respublika sharoitlariga mos ravishda takomillashtirish;
mamlakat miqyosidagi blokcheyn loyihalarni samarali ravishda amalga oshirish uchun tegishli tashkiliy va texnik infratuzilmani rivojlantirish;
blokcheyn-texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq tashabbuslar, milliy tildagi yangi adabiyotlar, tadbirlar hamda loyihalarni axborot-analitik va metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash;
Blokcheyn-texnologiyalar bo’yicha oily ta’lim muassasalar va akademik tashkilotlar, olimlar va professor-o’qituvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Blokcheyn-texnologiyalarni ommalashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy va o’zbek tildagi ommabop adabiyotlar yaratish va ularni ommaviy axborot vositalari yordamida halq ommasiga keng targ’ibot qilish;
Blokcheyn-texnologiyalarni amaliyotga qo’llash bo’yicha moliya-kredit va bank tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uzviy aloqada bo’lib ishlash.
Milliy blokcheyn-kompetentsiya va vakolatlarni rivojlantirish, shu jumladan:
taqsimlangan reestr texnologiyasidan samarali foydalanish uchun davlat tuzilmalarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash;
blokcheyn sohasida milliy ekspertlar guruhini shakllantirish, bu bilan bog’liq bo’lgan muammolarni muhokama qilish uchun zarur bo’lgan innovatsion maydonchalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda amaliyotda blokcheyn texnologiyalarni qo'llashning yangi yo'nalishlari va usullarini yaratish;
iqtisodiyotning turli sohalariga, tadbirkorlikda va davlat boshqaruviga yo’naltirilgan blokcheyn-texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish;
taqsimlangan reestr texnologiyalarini joriy etish bilan shug'ullanuvchi milliy kompaniyalarni va soha mutahassislarini rag'batlantirish hamda qo'llab- quvvatlash;
blokcheyn texnologiyasi yo’nalishida ilmiy va amaliy izlanish olib boruvchi oliy o’quv yurtlari, texnoparklar, analitik markazlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqa milliy akademik va mutaxassislar birlashmalarining a’zolarini rag’batlantirish maqsadida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish;
Taqsimlangan ro’yhat texnologiyasini qo’llash borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan anjumanlarini tashkillashtirish va o’tkazish, bu boradagi halqaro tajriba va o'zaro tajriba almashishlarda faol ishtirok etish;
Blokcheyn innovatsion texnologiyalarini davlat boshqaruv tizimi va milliy iqtisodiyotga tadbiq etish jarayonini muvofiqlashtirish, shu jumladan:
blokcheyn texnologiyalarini qo’llash va tadbiq etish bo’yicha maslahat hizmatlarini ko’rsatish, mutaxassislar hulosasini taqdim qilish hamda bu soha bo’yicha innovatsion fikr va takliflarni berish.
davlat boshqaruvida blokcheyn texnologiyani qo’llagan holda information- kommunikatsion sohaga oid optimal yechimlarni yaratish va tadbiq qilishda yaxlit va bir butun texnologik yondashuvni ta’minlash;
Davlat idoralari va boshqa tashkilotlarda taqsimlangan reestr texnologiyasiga asoslangan umumdavlat raqamli platformalari ishlatilishining rivojlanishiga ko’maklashish.
blokcheyn konsepsiyasini ommaga namoyish qilish va uning amalga oshirilishi mumkinlgini tekshirish maqsadida davlat, hususiy yoki ijtimoiy sohalarda blokchain ilk loyihalarini amalga oshirish.
Blokcheynni tushunish ushun avvalo pulning asosiy vazifasi nima ekanligini tushunib olamiz. Pulning asosiy vazifasi insonlar orasidagi savdo jarayonini osonlashtirishdir:
Agarda pulning jamiyatdagi harakatini tahlil qilsak, juda ham murakkab jarayonlar ko’z oldimizga keladi:
Bunda barcha hisob kitoblar tabiiyki, buxgalteriya orqali amalga oshadi:
Buxgalteriyadagi ma’lumotlar esa konfidentsiyal va ularni boshqarish anchagina murakkab masaladir. Ushbu vazifani osonlashtirish uchun bir qancha turdagi vositachilar hizmatidan foydalanish mumkin. Masalan, banklar, auyditor kompaniyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy tashkilotlar. Bu esa hisob ishlarini juda ham murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda blokcheynlardan foydalangan xoldagi taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Uni sxematik ko’rinishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
Bunda buxgalteriya kitoblari tarmoqda joylashtirilib, barcha uchun birday ko’rinshga ega bo’ladi va hech kim unga egalik qilolmaydigan ko’rinishga keladi. Natijada biz taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasiga kelamiz. Bunda buxgalteriya kitoblarining barcha nusxalari bir xil bo’ladi. Barcha tranzaktsiyalar esa barcha tarmoq ishtirokchilari tarmoq orqali ko’ra oladigan shaffof va ommaviy
xolatga keladi:
Noto’g’ri va noqonuniy tranzaktsiyalarni esa boshqalardan berkitib bo’lmaydi, ular darhol barchaga oshkor bo’ladi-qo’yadi:
Amalga oshirilgan har bir alohida tranzaktsiya esa maynerlar tomonidan tasdiqlanadi va foydalanuvchilar tomonidan tekshirib turiladi:
Bu operatsiyalarningbarchasi blokcheyn deb atalgan taqsimlangan kompyuter tarmog’i vositasida amalga oshiriladi:
Demak, blokcheyn bu - bir xil huquqqa ega bo’lgan va tarmoqqa P2P (peer to peer) usulida ulangan bir qancha kompyuterlarga yozilgan ma’lumotlardan iborat jurnal bo’lib, unda istalgan turdagi va ko’rinishdagi ma’lumotlar (masalan, pul operatsiyalri, kontraktlar, patsientlar yoki mijozlar haqidagi ma’lumotlar, turli ko’rinishdagi bilimlar va boshqalar) saqlanishi mumkin. Blokcheyn texnologiyalarini amalda qo’llashda ko’pincha aqlli kontraktlar (smart contract) tushunchasi ham ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga o’tishdan avval kontrakt nimaligini
eslatib o’tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan ko’p shaxlar orasida qandaydir huquq yoki majburiyatlarining tuzilganligi, o’zgarganligi yoki tugaganligini aniqlab beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart- sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. Aqlli kontrakt esa, real dunyoda yoki raqamli olamda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusini aniqlab beradigan elektron hujjat - algoritmdir. Aqlli kontraktlarning amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni umuman chetga chiqarib tashlaydigan markazlashmagan muhit kerak bo’ladi. Agarda aqlli kontraktda biror-bir narsaning bahosini uzatish yoki ishlatish yoki ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda qiymat uzatish vositasi - kriptovalyutani ishlatish lozim bo’ladi. Masalan, agarda bitkoin blokcheynida aqlli kontraktni ishlatsak, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni yoki ma’lumotlar majmuasini yoki ma’lumotlar to’plamini saqlay olamiz. Masalan:
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanishga yana bir misol sifatida domen ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko’rsatishimiz mumkin:
Blokchen texnologiyasidan jahon miqyosida foydalanish bo’yicha yana bir qancha real misollarni quyidagi tasvir orqali tasavvur qilishingiz mumkin:
Blokchen texnologiyasining notarial idoralar ishida ishlatilishiga yaqqol misol esa quyida infogramma ko’rinishida keltirilgan:
Taqsimlangan reestr vositasida buxgalteriya ishini yuritish bo’yicha real mavjud bo’lgan platformalarga misol sifatida Everledger ni keltirishimiz mumkin (everledger.io). Bu blokcheyn texnologiyalarning jahon miqyosida ishlatilayotgani va tan olinayotganiga o’ziga hos xayotiy bir misoldir. Gruziyada ham yer kadastri
ishlari bitkoinning blokcheynida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Ukrainada esa blokcheyn yordamida kim oshdi savdolari o’tkazilsh loyihalari amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |