8- §. Sof siljishda ruxsat etilgan kuchlanish
Siljishdagi ruxsat etilgan kuchlanish qiymatini aniqlash uchun, xavfli kuchlanish qiymatini, ya’ni kuchlanishning oquvchanlik chegarasidagi yoki material buzilishidagi qiymatini tajribadan aniqlab, xuddi cho‘zilish yoki siqilishdagidek uni mustahkamlik koeffitsientiga bo‘linsa, urinma kuchlanishning ruxsat etilgan qiymati ni topish mumkin edi. Lekin laboratoriya sharoitida sof siljish deformatsiyasini hosil qilish ko‘p qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli sof siljishdagi ruxsat etilgan urinma kuchlanish qiymati ni u yoki bu mustahkamlik nazariyasi asosida cho‘zilishdan topilgan ruxsat etilgan normal kuchlanish orqali aniqlash keng qo‘llaniladi.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |