6savol Tаbiаtni muhоfаzа qilishdа dаvlаt bоshqаruvi оrgаnlаri vа jаmоаtchilik tаshkilоtlаri



Download 114,19 Kb.
bet3/9
Sana27.06.2022
Hajmi114,19 Kb.
#711292
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ekologiya yakuniy javoblar

Biologik mahsuldorlik — ekosistemalarning oʻz tarkibiga kiradigan tirik organizmlar qayta hosil boʻlishining muayyan izchilligini taʼminlash xususiyati. Maʼlum vaqt davomida hosil qilinadigan mahsulot, yaʼni biomassa Biologik mahsuldorlik birligi hisoblanadi. Biologik mahsuldorlik ning moddiyenergetik asosini birlamchi mahsulot tashkil etadi. Ekosistemalarda ular tarkibiga kiruvchi, har xil usulda oziklanadigan organizmlarning oziq zanjiri hosil qilishi tufayli moddalar aylanishi sodir boʻladi. Birlamchi mahsulot (fitomassa)ni oʻtxoʻr hayvonlar oʻzlashtiradi, ular bilan esa oziq zanjirining keyingi pogʻonasini tashkil etuvchi hayvonlar oziqlanadi. Oʻsimlik qoldiqlari saprofag hayvonlar, saprofag bakteriyalar va zamburuglar (destruktorlar yoki redutsiyentlar) uchun oziq boʻladi. Biologik mahsuldorlik moddalar biotik davriy aylanishining namoyon boʻlishi xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Biologik sistemalarda energiya faqat bir marta ishlatiladi. Bu jihatdan u anorganik muhitdan tirik organizmlar tarkibiga cheksiz koʻp marta oʻtadigan moddalardan farq qiladi. Ana shu sababdan oziq (trofik) zanjir boʻylab energiya okimi kamayib boradi. Trofik zanjirning har bir zvenosida isteʼmol qilingan oziqning bir qismi oʻzlashtirilmasdan qoladi, oʻzlashtirilgan oziqning bir kismi qoʻshimcha mahsulot hosil qilishga, koʻproq qismi esa energiya almashinuviga sarf boʻladi. Har bir keyingi trofik pogʻonada undan oldingisiga nisbatan 5—10-marta kam mahsulot hosil boʻladi. Oziq zanjiri qancha uzun boʻlsa, uning oxirgi Biologik mahsuldorlik ham shuncha kam boʻladi. Ekosistemalarda hosil boʻladigan birlamchi mahsulot asosida ularning mahsuldorligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Quruqlik yuzasining bir yillik mahsuloti quruq modda hisobida 179,5 mlrd. t ga teng , bu taxminan 70YU16 kkal ga ekvivalent boʻladi. Okeanning birlamchi yillik mahsuldorligi taxminan 25—8010" kkal energiyaga ekvivalent boʻladi. Foydalaniladigan yerlar (agrotsenozlar) Biologik mahsuldorlik ni aniqlash, hosildorlikni prognoz qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiiy ekosistemalar Biologik mahsuldorlik ni oʻrganish tabiiy biologik resurelardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklanishini taʼminlash uchun zarur.
23-savol
Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi.
Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi. 
Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga tog`ri keladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda. 
Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.

Download 114,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish