64-umumta’lim maktabi o’tkazilgan yig’ilish bayonnoma



Download 33,5 Kb.
Sana20.09.2021
Hajmi33,5 Kb.
#180266
Bog'liq
Erta-turmush-йи-илиши


64-umumiy o’rta ta’lim maktabida”Erta turmush xolatining tibbiy, ma’naviy, iqtisodiy, ijtimoiy asoratlari haqida” mavzusida o’tkazilgan yig’ilish bayoni
04.03.2015 yil Hotamtoy qishlog’i

Yig’ilish raisi: MMIBDO’ F. Azimova

Kotiba: M.Qambarova

Yig’ilishda ishtirok etganlar VIII-IX sinfning 21 nafar o’quvchi qizlari, QVP shifokori R. G’ofurova, MFY maslaxatchisi Sh.Siddiqova, maktab hamshirasi Egamberdiyeva .D, maktabning 4 nafar o’qituvchilari.



Yig’ilish kun tartibida ko’rilgan masala:

“Erta turmush xolatining tibbiy , ma’naviy, iqtisodiy, ijtimoiy asoratlari haqida”.

Eshitildi MMIBDO’ F.Azimova:

Hurmatli tadbir ishtirokchilari . Mana bugun tadbirimizning uchinchi kuni. Bugun sizlar bilan “Erta turmush xolatining tibbiy , ma’naviy, iqtisodiy, ijtimoiy asoratlari haqida”suhbatlashamiz. Bugungi kunda qizlarimizning 16-17 yoshda turmushga chiqishlari uchrab turibdi. Bu esa qizlarimazning turli kasalliklarga chalinishi, turli oilaviy kelishmovchiliklar, oilada nosog’lom , nogiron bolalarning tug’ilishiga sabab bo’lmoqda. Erta turmushga berish oila uchun ham bir qancha tashvishlarga sabab bo’lmoqda. Erta turmushga chiqqan qizlarimizga yangi oilaga borib, u yerdagi oila yumushlari , kelinlik vazifalari , farzand tarbiyalash kabi ma’suliyatli vazifalar og’irlik qila boshlaydi. Ularning oila qurishga tayyor emasligi , hayotiy tajribalarining kamligi turli kelishmovchiliklar , nizolarga sabab bo’ladi. Bularning barchsi ayolni sog’ligiga , ma’naviy holatiga salbiy ta’sir etib boradi.

Men hozir so’z navbatini QVP shifokori R. G’ofurovaga beraman. Shifokorimiz erta turmush xolatining tibbiy asoratlari haqida so’zlab beradilar.

R.G’ofurova so’zlari: -Hurmatli o`quvchi qizlar. Qiz bola bo’lajak ona, oilaning, farzand tarbiyasining asosiy ma’sul kishisi. Shunday ekan avvalo , qiz bola sog’lom , ma’naviy yetuk , tibbiy bilimlar egasi bo’lishi zarur. Qiz bola 20 yoshdan keyin to’liq voyaga yetadi. Uning barcha organlari rivojlanib, oilaviy hayotga, ona bo’lishga tayyor bo’ladi. Chunki, ona bo’lish, farzand dunyoga keltirish juda murakkab vazifa. Tananing barcha a’zolari bu jarayonda murakkab vazifani bajaradi. Agar bo’lajak ona organizmi yosh bo’lsa , uning tanasida og’ir o’zgarishlar sodir bo’ladi. Kamqonlik , buyrak yetishmasligi, tug’ishning asoratli kechishi kabi holatlar sodir bo’ladi. Ko’p hollarda yosh onaning nogiron bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Juda ko’p hollarda nogiron bolalar voyaga yetmay turmush qurgan onalardan tugilmoqda.Bu avvalo ota -ona uchun, oila uchun ma’naviy, moddiy ,ijtimoiy zarar. Qolaversa , nogiron farzand bir umr qiynalib , azob-uqubatlarda yashaydi.

Aziz qizlarim.Oilada opalaringiz bor, kelajakda o’zingiz ham shunday og’ir holatlarga tushmaslik uchun bugungi aytilgan fikrlarni yodda tuting. Ota-onalaringizga ham yig’ilishdagi taassurotlarni yetkazasiz degan umiddaman.

Maktab xotin –qizlar kengashi raisi M. Qambarova so’zlari:

Agar qiz bolalar turmushga chiqishdan oldin yaxshi bir kasb,yoki hunarni egallab olsa, hayotda iqtisodiy jihatdan qiynalmaydi. Turmushi mazmunli, oilasi farovon bo’lishiga o’z hissasini qo’shadi. O’qimishli , kasb yoki , hunarli ayol farzand tarbiyasida ham qiynalmaydi. Farzandlarini ham aqlli, bilimdon, kasbli bo’lishiga harakat qiladi. Demak, erta turmushga chqish har jihatdan salbiy zarar ekanini tushunish yetishingiz lozim.

MFY maslaxatchisi Sh . Siddiqova so’zlari:

Mana , ustozlar , shifokor fikrlarini eshitdik. Biz ham dom aholi o’rtasida , ular bilan muloqutda ishlaymiz. Juda ko’plab oilalarda bo’lamiz. Oilaviy janjallar, kelishmovchiliklar sababi yigit va qizlarimizning kerakli hayotiy bilim va tajribaga ega emasliklari, qizlarimizning oilaviy hayotga tayyor bo’lmaganliklari natijasida kelib chiqadi. Oilaviy janjallar , ajralishlar ayol nosog’ligi, kasal bola tarbiyasi bilan ham bog’liq bo’ladi. Yosh kelin oila yumushlariga qiynaladi. Borgan oilasiga tez ko’nika olmaydi. Kollej o’quvchis, yoki talaba bo’lsa o’qishlari ham ko’ngildagidek bo’lmaydi. O’qishni tashlab yuborish hollari ham bo’ladi.

Biz tajribadan bilamizki, qizini erta turmushga bergan ota –ona albatta afsuslanishadi.



Shundan keyin o’quvchi-qizlar yig’ilish qatnashchilariga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va savollariga atroflicha javob olishdi. 9-sinf o’quvchishi M.Ismoilova, N.Ibrohimova, 8-sinf o’quvchisi G.Sheraliyevalar ham masalaga o’z qarashlari doirasida qo’shimchalar kiritishdi.
Eshitilganlarga ko’ra yig’lish qaror qiladi:

  1. QVP shifokori R.G’forovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Maktabda qizlarning erta turmushga chiqishini oldini olish bo’yicha targ’ibot va tashviqot ishlari doimiy olib borilsin.

  3. “Orasta qizlar “ to’garagi faoliyatiga yuqoridagi masala bo’yicha suhbatlar , tadbirlar kiritilsin.

  4. Ushbu qaror ijrosining nazorati MMIBDO’ F.Azimova yuklatilsin.

Yig’ilish raisi: F.Azimova

Kotiba : M. Qambarova
Download 33,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish