"Kimyo va uni o`qitish metodikasi" kafedra mudiri, dotsent kafedrasi dotsenti t f. n



Download 0,68 Mb.
bet1/6
Sana05.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#637590
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5422741672599491847


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI
“KIMYO VA UNI O`QITISH METODIKASI” KAFEDRASI
Himoyaga tavsiya etildi
Tabiiy fanlar fakulteti dekani
____________K.A.Saparov
“__”__________2020 yil

5110300-“Kimyo o`qitish metodikasi” ta`lim yo`nalishi


1-kurs talabasi Ochilova Nasibaning
“Anorganik kimyo” fanidan yozgan

KURS ISHI
Mavzu:”Elektrolitik dissotsiyalanish nazaryasi va uning asosiy qoidalari’’

“Tasdiqlayman” Ilmiy rahbar:


“Kimyo va uni o`qitish metodikasi” “Kimyo va uni o`qitish metodikasi” kafedra mudiri, dotsent kafedrasi dotsenti t.f.n.
______A.Yu.Iskandarov ______Z.X.Maxmatkulova

Toshkent-2020


MUNDARIJA:
I. KIRISH
II. Asosiy qism
2.1. Elektrolitik dissotsiyalanish
2.2. Dissotsiyalanish darajasi
2.3. Bosqichli dissotsiyalanish
2.4. Kuchsiz elektrolitlarning dissotsiyalanish konstantasi
2.5. Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati
2.6.. Ionli reaksiyalar
2.7. Eruvchanlik ko'paytmasi
2.8. Tuzlarning gidrolizi
III. XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

2.1.Elektrolitik dissotsiyalanish

Na2SO3 ni 0.1 n eritmasining β=4.5, 0.001 n eritmasiniki esa β=34 buladi. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o'tkazadigan moddalarni elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga kislota, asos va tuzlar misol bo'la oladi. Bu moddalar eritmalarda yoki suyuqlanmalarda ionlarga parchalanadi. Masalan:
KON = K+ = ON-; KCL = K++ CL-; CaCL2 = Ca2+ + 2CL-
Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar deyiladi. Elektrolit molekulalari parchalangani uchun eritmada zarrachalar soni ortadi. Shuning uchun suyultirilgan noelektrolit eritmalar uchun aniqlangan Vant-Goff va Raul qonunlarining matematik ifodasini elektrolitlarga qo'llashda tuzatma koeffisiyent (bu koeffisiyent Vant-Goffning izotonik koeffisiyenti deb ataladi) ni (i) kiritish kerak. U vaqtda Vant-Goff tenglamasi quyidagi ko'rinishga ega buladi: RqCRTi. Raul konunining tenglamasi  t=KCi shaklida yoziladi. Izotonik koeffisiyent tajribada topilgan osmotik bosim, elektrolit eritmasining bug' bosimini, eritmaning muzlash temeraturasi kamayishining va eritma qaynash temperaturasining ko'tarilishi xuddi shu parametrlarning nazariy hisoblab topilgan qiymatlaridan necha
marta kattaligini ko'rsatadi, ya'ni

Bu yerda P1,  P1,  t1muz,  t1kay - tajribada topilgan, P,  P,  tmuz,  tkay nazariy hisoblab topilgan qiymatlar.
Shunday qilib, noelektrolit eritmalar uchun izotonik koeffisiyent birga teng, elektrolit eritmalari uchun hamma vaqt birdan katta.
Shved olimi S.Arrenius (1887 y) elektrolit eritmalarining elektr o'tkazuvchanligi bilan Vant-Goff va Raul qonunlariga bo'ysunmasligi orasida ichki bog'lanish bor degan xulosaga keladi. U elektrolit molekulalari suvda eriganda ionlarga parchalanadi, deb taxmin qildi. Shunday qilib, elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi vujudga keldi. Lekin bu nazariya elektrolit molekulalarini ionlarga dissotsiyalanish sababini tushuntirib berolmadi. Bu nazariya D.I.Mendeleyevning "gidratlar" nazariyasiga asoslangan. I.A.Kablukov va V.P.Kistyakovskiylarning ishlarida o'z rivojini topdi. Elektrolit molekulalarini parchalanishiga erituvchining qutblangan molekulalari sabab bo'ladi. Anorganik moddalarning oddiy erituvchisi bulgan suv juda katta solvatlash xususiyatiga ega. Erituvchining qutblangan molekulalari ularga tushgan elektrolit molekulalarini o'rab olib, unda ichki bog'lanishni bo'shashtiradi, bu esa dissotsiyalanishga olib keladi. Natijada eritmada gidratlangan ionlar paydo bo'ladi. Ionlarga parchalanish faqat suvda emas, balki boshqa qutbli erituvchilarda, masalan, suyuq ammiakda ham bo'lishi mumkin, u vaqtda dissotsiyalanish mahsulotlari ionlarning solvatlari deyiladi.
Eritmaga o'tgan ionlar erituvchining qutbli molekulalari bilan bog'langan bo'ladi va ionlarning solvatlarini hosil qiladi. Eritmada solvatlangan ionlar uzluksiz betartib harakatda bo'ladi. (masalan, NaCL tuzining suvda erish prosessi). Krisstall panjarasi ionlardan iborat moddalardan tashqari qutbli molekulalar ham ionlarga dissotsiyalanadi.
Oddiy erituvchi suvning dielektrik o'tkazuvchanligi juda yuqori, bundan tashqari suv eng yaxshi ionlashtiruvchi erituvchidir. Suvning dielektrik o'tkazuvchanligi 80.1 ga teng. Bu shuni ko'rsatadiki, kristallda bo'lgan
musbat va manfiy ionlararo tortishish kuchlari suvdagi eritmalarda 80.1 marta kamayadi. Dielektrik diomiylik efir, benzol, uglerod (IV)- sulfid kabi erituvchilarda, ya'ni dissotsiyalanmaydigan moddalar uchun juda kichikdir. Kuchsiz darajada ionlatuvchi spirt, aseton va boshqa erituvchilarda dielektrik o'tkazuvchanlik o'rtacha qiymatga ega buladi.
Elektrolitlar tabiatiga qarab kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo'linadi. Kuchli elektrolitlar to'liq, kuchsiz elektrolitlar qisman eritmada ionlarga dissotsiyalanadi. Kuchsiz elektrolitlarning dissotsiyalanishi qaytar prosessdir: chunki eritmadagi gidratlangan ionlar to'qnashishi natijasida yana dissotsiyalanmagan molekulalarni hosil qilishi mumkin. Bunday qaytar prosessni molyarlanish deyiladi. Elektrolitik dissosilanish prosessi kinetik muvozanat qaror topganda, ya'ni dissotsiyalanish tezligi molyarlanish tezligiga teng bo'lganda sodir bo'ladi. Masalan, sirka kislotaning suvli eritmasi uchun bu quyidagicha yoziladi:
CH3COOH  H+ + CH3COO

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish