61. Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga
bitadi.
Ushbu gapda bitmoq so‘zi qaysi ma’noda
qo‘llangan?
A)et unib, birikib tuzalmoq
B)o‘sib-unmoq
C)yozuv orqali ifodalamoq
D)tugamoq, tamom bo‘lmoq
62. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda
paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A)Davlati oshib-toshib yotsa-yu, yana shu
faqirga ko‘z olaytirsa.
B)Nozima jilolanib turgan ipakka mahliyo
bo‘lib palak tikib o‘tirardi.
C)Seni nafaqat yotlardan, hatto o‘zimdan ham
rashk qilaman, azizim.
D)Dostonbek yosh sanatkor do‘sti uchun
tambur sotib oldi.
66. Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat bilan
ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan?
A)Derazaning ochiq tabaqasidan mayin shamol
kirib turardi.
B)U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan
kamgap, lekin qaysargina bir bola edi.
C)Shogirdim Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham,
juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli.
D)Og‘ir jarohat tufayli qiynalayotgan yigitga
doktor tezda yordam ko‘rsatdi.
66. Qaysi gapda ayiruv-chegaralov yuklamalari
qatnashgan?
A)Bu yer mol o‘tlaydigan, bolalar chillak
o‘ynaydigan yer-da!
B)Axir, bu muqaddas dargohda ko‘plab buyuk
kishilar ishlab ketganlar.
C)Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos.
D)Nuqtadan bir qush uchar, go‘yoki behush
uchar.
66. Qaysi gapda hokim qismlari ega vazifasida
kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari
qatnashgan?
A)Chet tillarni o‘rganish o‘zga millat
kishilarining mushohada olamiga kirib borish
imkonini beradi.
B)O‘zidan mangu xotira qoldiradigan insonlar
uchun tug‘ilish chinakam baxtdir.
C)Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni
paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir.
D)Shuni bilingki, tilda xalqning bor-yo‘g‘i,
uning ona vatani gavdalanadi.
66. Qaysi javobda ergash gap qismida imloviy
jihatdan xato yozilgan ega qatnashgan?
A)Podshox asirni afv etibdi, bu esa uning
vaziriga yoqmabdi.
B)Agar do‘stingga tushgan xafv seni ham
tahlikaga solmasa, sen chinakam do‘st
emassan.
C)Bu savollardan shu ma’lum bo‘ldiki,
aybnoma uydurma emas ekan.
D)Kimki astoydil harakat qilsa, muvafaqiyat
uni, albatta, topib keladi.
67. U to‘rt misradan iborat bo‘lib, misralar a-aa-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi. U ramali
musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida
yozilishi shart. Eng muhimi, qofiyadosh
so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni
omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar
turkumidan tashkil topishi darkor.
Ushbu parchada qaysi mumtoz janr haqida fikr
yuritilgan?
A) G‘azal B) Qit’a C) Ruboiy D) Tuyuq
68. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan
ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi
qatnashgan gapni aniqlang.
A)Kitob mutolaasi inson aqlini charxlaydi.
B)Xalq achchiqtoshdan davo sifatida
foydalanadi.
C)G‘ulomjon ertalab atayin sizni izlab kelgan
ekan.
D)Ertalabki choy ustida biroz
hangomalashgach hammamiz yo‘lga otlandik.
69. Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga
o‘tmabdi. . .
Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi
Do'stlaringiz bilan baham: |