6-umumta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani
o’qituvchisi Hasanova Matlubaning
Ona tili va adabiyot darslarida
interfaol metodlardan foydalanish mavzusida
bergan tavsiyasi
Jahonning ko‘plab ilg‘or mamlakatlarida vaqt sinovidan o‘tgan yangi
pedagogik texnologiyalarning dars maqsadini amalga oshirishda samarasi yuqori.
Chunki bular yordamida o‘quvchlarning faolligi oshib boradi.
Ona tili darslarini o‘tishda
“Tarmoqli dastur”
usuli mavzuni tarmoqlarga
ajratib tushuntirishda asqotadi. Masalan, Morfologiya mavzusini tushuntirishda bu
usuldan foydalanish yaxshi natija beradi.
Bu jadvalni yana davom ettirish o‘quvchining fikrlashiga bog‘liq. Bunda
o‘quvchining bo‘limlar bo‘yicha olgan bilimlari yodga olinadi. Yoki leksikologiya
bo‘limida ham bu usulni qoilash mumkin.
“Chiziqli dastur” usulida o‘tilgan mavzular bo'yicha tilshunoslikka oid
atamalarning boshharflari qo‘yilib, ular usti yopiq holatda bo‘ladi. Agar o‘quvchi shu
atamalami to‘g‘ri va to‘liq aytib bersa, baholanadi, agar ayta olmasa, chiziqda uzilish
bo‘lib, o‘quvchi baholanmaydi.
Ona tili darslarida samarali usullardan yana biri Power Point dasturi asosida
taqdimot tayyorlab, mavzuni turli usullarda taqdim etishdir. Bunda yangi tafakkur
jarayoni kechadi, o‘quvchi ko'rish orqali olgan taassuroti asosida fikrlaydi. Power
Pointning imkoniyatlari keng bo‘lib, bu prezentatsiyaning ekrandagi variantini rang-
barang manbalar yordamida tuzish imkonini beradi.
Slaydlarda o'tiladigan grammatik mavzu jadval, sxemalar orqali beriladi.
O‘qituvchi bu holatda ma'ruzachi emas, balki sharhlovchi bo‘lib, o‘quvchilar bu
darsning faol ishtirokchisiga aylanadi, slayddagi qo‘shimcha manbalar o‘quvchining
mustaqil ravishda xulosa chiqarishiga yordam beradi. Shu bilan birga, slaydga
qo'yilgan manzaralar, ranglar, jadvallar ularni ruhan charchatmaydi. Slaydlarda
mavzularning semantik guruhlanishi va nutqdagi barcha shakllarning soddadan
murakkabga qarab berilishi o‘quvchining grammatik qoliplarni mantiqiy izchillikda
eslab qolishiga yordam beradi.
Mavzuni boshqa fanga bog’lab o'tish ham samara beradi. Ona tili darslarini rus
tili, chet tili darslari bilan solishtirib, taqqoslab o‘tish o'quvchining o‘xshash va farqli
jihatlami ajratishi, qiyoslashi hamda xotirada yaxshi saqlab qolishida ko‘mak bo‘ladi.
Masalan, ona tili darsida fe’l zamonlari ingliz tili darsida qanday bo’lishi fan
o’qituvchisi yordamida yoki o‘quvchilaming o‘zlari bilan takrorlash orqali farqlar
aniqlanadi. O‘quvchini qiziqtiradigan savollar ana o‘sha qiyoslashlar orqali ham kelib
chiqadi.
Adabiyot — inson his-tuyg‘ularini o‘rganadigan, o‘rgatadigan fan. Adabiyot
darsiarini tarix, geografiya, tasviriy san'at, musiqa fanlari bilan uyg‘unlashtirgan
holda o‘tish maqsadga muvofiq. Bu bilan biz — bo‘lajak harbiylarga qo‘shimcha
ravishda xaritadan va o‘tmish ajdodlarimiz tarixidan, rangtasvir va psixologiyadan
ham saboq bergan bo‘lamiz. Xaritani bilish harbiylar uchun juda zarur. Oddiygma
misol: adabiyot darsida Mahmud Koshg‘ariy hayoti va ijodiga oid mavzuga nazar
solsak. Siz Koshg‘ariy haqida darslikdagi ma'lumotlarni har xil usullar orqali o‘ting,
tushuntiringda, dars so‘ngida dunyo xaritasi yoniga bir o‘quvini qo‘yib, xaritadan
mavzu jarayonida qo‘llangan toponimik nomlami ko‘rsatishni so‘rang. Bubilan
mavzudan chetlashmaysiz, balki o‘quvchiga yana qo‘shimcha ma'lumot bergan
boiasiz. Adabiyot muallimi tom ma'noda universal o‘qituvchi boiishi kerak. Chunki
badiiy asarlami sharhlash jarayonida, kerak boisa, o'quvchiga yetkazib berish uchun
fandagi har bir jarayonlardan xabardor bo’lish lozim.
Badiiy asarlarda tasvirlangan manzaralarni rangli tarzda ifodalash yoki
suratlami so‘z orqali tasvirlashda inson qiyofasini ochib beruvchi chizgilar
ahamiyatlidir. Masalan, Kamoliddin Behzod Shayboniyxonni qizil duxoba ustida
o'tirgan holatda tasvirlaydi. Bu tasvir usulidan yozuvchi Pirimqul Qodirov o‘zining
“Yulduzli tunlar” asarida foydalanib, uni mohirona sharhlab ham beradi. Asarlardagi
qahramonlar kiyimi ranglari harakatlar holati o‘sha qahramonning ichki dunyosini
ochib beradi. Bu holatni anglab yetishda o’quvchiga tasviriy san’at yordam beradi.
Mumtoz shoirtar ijodini o‘tganish jarayonida ulaming kuyga solingan
she'rlaridan ham dars jarayonida foydalanish o'quvchilarga madaniy oziq berish bilan
birga, yoshlarda mumtoz musiqamizni sevishga, tinglashga bo‘lgan ehtiyojni
uyg'otadi.
Mana shu kabi o‘quv materiallarini turli ko‘rinishda taqdim etish ta’lim
jarayonida mavzuni oson qabul qilish, ma'nosini to‘liq anglash, esda saqlab qolish va
takrorlashda o‘z natijasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |