6-sinflar uchun Biologiya fanidan test savollari
1. Piyozli o'simliklarni belgilang.
A) Boks, sallagul, budleya
B) xrizantema, nizomgul, chinnigul
C) budleya, buldenej, tobulg'i
D) gladiolus, giatsint, nargis
2. Bir urug' pallali o'sirnliklar qaysi o'simliklardan kelib chiqqan?
A) yuksak sporali o'simliklardan
B) ochiq urug'li o'simliklardan
C) ikki urug'pallalilardan
D) psilofit va kuksoniyalardan
3. Berilgan turkumlarning qaysi biri sho'radoshlar oilasiga mansub emas?
A) teresken, ebalak B) afsonak, boqila C) donasho'r, quyonjun D) izen, cho'g'on
4. Qaysi oila vakillarining ko'pchilik turlarida barglari ildiz bo'g'izida to'pbarg hosil qilib, poyasida barglari o'troq bo'ladi?
A) karamdoshlar B) sho'radoshlar
C) bug'doydoshlar D) ituzumdoshlar
5. Gk(3)+(5)Gt5Ch(∞)U(∞) gul formulasi qaysi o'simlik oilasiga mansub?
A) tokdoshlar B) ituzumdoshlar C) gulxayridoshlar D) sho'radoshlar
6. Og0.5Ch(2-5)U(2-5) gul formulasi qaysi o'simlik oilasiga mansub?
A) tokdoshlar B) ituzumdoshlar C) gulxayridoshlar D) sho'radoshlar
7. Tobulg'i, kamxastak turkumlari qaysi oilaga mansub?
A) ra'noguldoshlar B) burchoqdoshlar C) ituzumdoshlar D) sho'radoshlar
8. Quyonjun, sag'an turkumlari qaysi oilaga mansub?
A) ra'noguldoshlar B) sho'radoshlar C) burchoqdoshlar D) ituzumdoshlar
9. Itsigak qaysi o'simliklar oilasiga mansub?
A) sho'radoshlar B) burchoqdoshlar
C) gulxayridoshlar D) ituzumdoshlar
10. Quyidagi o'simliklarning qayerlarda uchrashini aniqlang.
1) cho'l; 2) tog'; 3) adir; 4) to'qay; 5) yaylov; a) qorabaroq; b) yulg'un; c) partak; d) kovrak; e) yunona
A) 1-a; 2-d; 3-c; 4-b; 5-e
B) 1-a; 2-c, 3-d; 4-b; 5-e
C) 1-d; 2-a; 3-c; 4-e; 5-b
D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-e; 5-a
11. Gulxayridoshlar oilasiga xos bo'lmagan belgilarni aniqlang.
A) gulkosachaning tagida ostki kosachabarglar bo'ladi
B) mevasi ko'sakcha
C) changchi iplari qo'shilgan
D) changchi iplari erkin, mevasi rezavor
12. Bo'ritaroq turkumi qaysi oila va sinfga mansub?
A) gulxayridoshlar oilasi, ikki urug'pallalilar sinfi
B) burchoqdoshlar oilasi, ikki urug'pallalilar sinfi
C) gulxayridoshlar oilasi, bir urug'pallalilar sinfi
D) ituzumdoshlar oilasi, ikki urug'pallalilar sinfi
13. Qaysi oilalarga "yong'oqcha" meva xos?
A) ziradoshlar, sho'radoshlar
B) ituzumdoshlar, burchoqdoshlar
C) ra'noguldoshlar, sho'radoshlar
D) sho'radoshlar, gulxayridoshlar
14. Ra'noguldoshlar oilasining qaysi vakillari O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan?
A) astragal, oksitrops
B) Oloy hiyoli, kamxastak
C) O'rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi
15. Faqat yopiq urug'lilarga xos belgini aniqlang.
A) o'z hayoti davomida ildiz, poya va mevaga ega bo'ladi
B) o'z hayoti davomida qubba hosil qihb, meva tugadi
C) o'z hayoti davomida gullab meva tugadi
16. Sekvoyyadendron o'simligi qaysi bo'limga mansub?
A) yopiq urug'lilarga B) ochiq urug'lilarga C) qirqquloqlarga D) qirqbo'g'imlarga
17. Ochiq urug'lilarga xos bo'lmagan belgi va xossalarni aniqlang.
a) daraxt va butalardan tashkil topgan; b) ko'p yillik o'tlardan tashkil topgan; c) urug'lari meva ichida yetiladi; d) urug'lari qubbalarda yetiladi; e) urug'lardan ko'payadi; f) sporalar yordamida ko'payadi.
A) a, d, e B) b, c, f C) a, b, c D) d,f,e
18. Ra’nodoshlarning oilasi hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simliklar o’sadi?
19. Ra’nodoshlarning barglari qanday tuzilgan?
20. Ra’nodoshlar barglari poyada qanday joylashgan?
21. Gulxayridoshlar oilasi boshqa oilalardan qanday farq qiladi?
22. Karamdoshlar oilasiga mansub bo’yoq beradigan o’simlik?
23. Tokdoshlar oilasining barglari qanday tuzilgan?
24. Sharq Sauri archadan qanday farq qiladi?
25. Yo’sinlarning qaysi vegetativ organi bo’lmaydi?
Test savollarining kaliti
Do'stlaringiz bilan baham: |