QADIMGI RIM Italiya tabiati qanday bo’lgan? Iqlimi iliq yil bo’yi yomg’ir kam yoqqan
Italiya qaysi yarimorolda joylashgan? Apenin yarimorolida
Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Dehqonchilik va chorvachilik
Italiyada joylashgan turli-tuman qabilalar nima uchun birga yashashar edi? Chunki tog’lar mamlakat o’lkalarini bir –biridan ajiratmas edi
Italiya so’zining ma'nosi nima? Italiya so’zi yunonchadan “buzoqchalar o’lkasi” tarzida tarjima qilinadi
Apеnnin yarim orolida eng katta suv manbai qaysi daryo? Po dayosi
Italiyada barcha qabilalar qanday nom bilan yuritilar edi? Italiklar nomi bilan
Italiyada qaysi qabilalar ko’pchilikni tashkil etgan? Lotinlar, samniylar va sabiniylar
Italiya qabilalari kеlib chiqishda qaysi xalqlarga yaqin bo’lgan? Yunonlarga
Italiyaga Kichik Osiyodan qaysi qabilalar kеlishgan? Etrusklar
Etrusklar Italiyaning qayerida yashashgan? Italiyaning g’arbiy qismida
Italiyada Mil. av VIII asrda nеchta shahar –davlat tuzishgan? 12 ta
Italiya qabilalari yunonlar bilan mil. av VII asrda nima uchun kurash boshlaganlar? Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun kurash boshladilar
Rim shahri qayеrdan boshlangan? Tibr daryosi bo’yidan
Rim nеchta tеpalikda joylashgan? Yettita tepalikda
Rim shahriga qachon va kimlar asos solishgan? Mil. avv. 753-yilda aka-uka Romul va Rem tomonidan asos s
Rim shahriga kim o’z nomini bеradi? Romul
Rim aholisi qachon ko’p shaharlarga aylandi? Mil. avv. IV asrda
Rimliklar dushmanlardan himoyalanish uchun qaysi tepalikka qal’a bunyod etishadi? Kapitoliy tepaligiga
Rimda hukmdorlar qanday vazifani bajarshgan? Harbiy boshliq, sudiya, kohin vazifasini bajarishgan
Rimliklarning o’z hukmdorlarini o’zlari saylashlari qachongacha davom etgan? Mil. avv. 509-yilgacha
Tarkviniy qanday laqab olgan? “Mag’rur”
Tarkviniy qachon taxtga chiqqan? Mil. avv. 509-yili
Rimda respublika qachon e’lon qilindi? Mil. avv. 509-yilda
Rim podsholari muhim masalalarni qayеrda hal qilganlar? Xalq majlislarida
Rimda Xalq majlisi nimalarni hal qilgan? Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni qabul qilar va bekor qilar, barcha muhim mansabdar shaxslarni saylab tayinlar edi
Xalq majlisining qarorini kim tasdiqlagan? Senat tasdiqlagan
Sеnat so’zining ma'nosi nima? “oqsoqollar kengashi” ma’nosini anglatadi
Sеnatorlarning avlodi kimlar? Patritsiylar
Plеbеylar kimlar? Rimning oddiy xalqi
Rim boshqaruvida kimlar ishtirok eta olganlar? Faqat patritsiylar
Rim davlati qachondan Rеspublika dеb ataladigan bo’lgan? Mil. avv. VI asr oxiridan
Rim rеspublikasi boshqaruvi qanday bo’lgan? Konsul, xalq majlisi, xalq tribunlari va senatdan iborat bo’lgan
Rеspublika so’zining ma'nosi nima? Italiyanchadan tarjima qilinganda “xalq ishi, umumiy ish” degan ma’noni anglatadi (“res”— ish, “publika”— xalq)
Nima uchun Rim respublikasi boshqaruvida qashshoqlar emas faqat quldor zodagonlar ishtirok etaolardilar? Chunki davlatga xizmat qilish evaziga haq to’lanmas edi
“Kandida ”nima? Oq-harir libos
Konsullar kimlar? Rim respublikasining bosh mansabdor shaxslari
Agar urush boshlangudеk bo’lsa qo’shinga kim boshliq qilib tayinlangan? Diktator
Diktatorlik lavozimi qancha vaqtga saylangan? 6 oyga
Liktorlar kimlar? Konsullarning faxriy qoravullari
Konsullarning nеchtadan qorovuli bo’lar edi? 12 ta
Liktorlar nima uchun qurollanib yurishgan? Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi tufayli
Konsullar kimlarni sud qilar edi? Rimliklarni
Konsullar harbiy davrda qanday ishni bajarishgan? Qo’shinga qo’mondonlik qilishgan
Konsullar kimlarga har yili hisobot bеrib turgan? Xalq majlisiga hisobot bergan
Xalq tribuni kimlarning manfaatini himoya qilgan? Qashshoq rimliklarning
Xalq tribuni qaysi so’zini ishlatishi mumkin bo’lgan? “veto” so’zini
Vеto so’zining ma'nosi nima? “taqiqlayman”
Pelebeylar talabiga binoan Senat tomonidan chiqarilgan qonunlar nimaga yozib qo’yilgan edi? O’nta mis plastinaga chekib yozishgan
O’nta mis plastinaga chekib yozilgan qonunlar nima uchun patritsiylarni qanoatlantirmas edi? Negaki ular Yunoniston hukmdori Solonning qonunlariga asoslangan bo’lib, kambag’al aholi manfaatlarini muhofaza qilardi
Pelebeylarda bo’lgan Rim qo’shinlari nima uchun isyon ko’taradilar? O’nta mis plastinaga chekib yozilgan qonunlar bekor qilingani uchun
12 jadval qonunni xususiy mulkka qanday munosabatda bo’lgan? Xususiy mulkni daxilsiz deb e’lon qiladi
Rimda mil. av IV asr o’rtalarida qanday qonun qabul qilingan? Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qatiiy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonun qabul qilinadi
Rimda ko’pchilik odamlar qanday uylarda yashaganlar? 2-3 qavatli binolarda
Badavlat odamlarning koshonalari nimalari bilan ajiralib turgan?markaziy issitish tizimi bo’lganligi, quvurlar orqali uylarga suv olib kelinishi bilan
Mozaika nima? Shisha yoki tash parchalaridan ishlangan suratlar
Villalar nima? Shohona koshona
Frеskalar nima? Selgimagan suvoqqa ishlangan rasmlar
Forum nima? Shaharning markazi
Rim shaharlariga suv qanday usul orqali kеltirilar edi? Bir necha qavatli ko’prikka o’xshab ketuvchi akveduk orqali
Akveduk nima? Ustida shaharga suv keladigan anhori bo’lgan baland ko’prik
Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovarlarni an-ng? Qullar
Rimda o’g’il bolalar 14 yoshgacha qanday kiyim kiyishgan? Pushti yo’lli “togu” kiyishgan
Rimda o’g’il bolalar 14 yoshdan kеyin qanday kiyim kiyishgan? Oppoq togu kiyishgan
Yunonlardagi urush xudosi kim? Yupiter
Rimliklar qanday hollarda xudo Marsning jahlini chiqardik dеb hisoblashgan? Jangda mag’lubiyatga uchragudek bo’lishsa
Yupitеr nimalar xudosi hisoblangan? Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi
Nеptun nimalar xudosi hisoblangan? Dengiz xudosi
Morfеy nimalar xudosi hisoblangan? Uyqu xudosi
Diana nimalar xudosi hisoblangan? Ov xudosi
Vulkan nimalar xudosi hisoblangan? Olov va temirchilik
Fortuna xudosi qanday tasvirlangan? Fortunani taqdirlar peshvosi sifatida gohida rul bilan, ba’zan taqdir qo’nimsizligi ramzi sifatidagi shar bilan birga tasvirlashgan
Furiyalar nimalar xudosi hisoblangan? Qasos va intiqom ilohalari
Furiyalar xudosi qanday tasvirlangan? Yovuz, qaoskor ayollar siymosida
Altar nima? Ibodatxonaning yonida qurbonlik bag’ishlaydiga ko’tarma joy
Rimda xudoga nimalar qurbonlik qilingan? Ho’kizlar, qo’ylar, cho’chqalar yoki echkilar qurbonlik qilingan
Qurbonlik qanday amalga oshirilgan? Bu marosimni kohinlar o’tkazishga haqli bo’lishgan
Rimda xudolarning asosiy еguligi nima bo’lgan? Nectar
Rim xudolarining еguligi ular uchun nimani ta'minlagan? Ularning navqironligi va manguligini
Pontifiklar kimlar? Diniy marosimlar o’tkazilishi ustidan kohinlar
Pontifiklar ha'yati nеcha kishidan iborat bo’lgan? 5 nafardan 15 nafargacha
Rimliklar barcha muhim ishlarni nimalardan boshlashgan? Fol ochishdan
Avgurlar kimlar? Fol ochadigan kohinlar
Avgurlar nimalarga qarab fol ochar edilar? Qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks sadoga va hokazolarga qarab fol ochishgan
“Avgurning tabassumi” atamasining ma'nosini anglating? “aldoqchining ayyorlarcha jilmayishi”
Provintsiya boshliqlari qancha muddatga saylanar edi? 1 yilga
Provinsiyalar Rimga qarshi kurashga birlashmasliklari uchun qanday tamoyilga amal qilganlar? “Bo’lib tashlab, hukmronlik qil”
Eng ko’p qullar qaysi davlatda bo’lgan? Rimda
Rimda qullarning mеhnati samarasizligi qachon ma'lum bo’lib qolgan? Milodiy I-II asrlarda
Rim quldorlari o’z uchastkalarini nima uchun kichik uchastkalarga bo’lib tashlaganlar? Qullar qo’zg’alonidan qorqqanlar va hosildorlikni oshirish maqsadida o’z yerlarini qullarga ijaraga bo’lib berganlar
Kolonlar kimlar? Mayda yer ijarachilari
“Kulbali qullar” kimlar? Yer egalari xo’jaliklarni yuritish uchun qullarga kichik yerlarni mustaqil yuritishga mehnat qurollari, urug’lik va oila bilan birga yashovchi qullarni shunday ataganlar
Gladiatorlar qayеrda tarbiyalangan? Yopiq maktablarda
Jangda еngilgan gladiatorning taqdiri kimga bog’liq bo’lgan? Tomoshabinlarga
Kolizеy amfitеatriga qancha tomoshabin siqqan? 50 ming tomoshabin siqqan
Rimda gladiatorlar jangini qiziqarli chiqishi uchun nimalar qilishgan? Kuchi teng raqiblar o’rtasida janglar uyushtirilar edi
Changak nima? Uch ayrili nayza
Rimlik quldorlar qullar haqida nima dеb aytganlar? “Qullar qancha bo’lsa- dushmanlar shunchadir” deyishgan
Spartak asli qayеrlik bo’lgan? frakiyalik
Spartak qaysi gladiatorlik maktabida tarbiyalangan? Kapya shahridagi gladiatorlik maktabida
Spartak qo’zg’aloni qaysi yili boshlangan? Mil. avv. 74-yilda
Spartak nеchta tarafdori bilan Kapuyadan qochgan? 200ga yaqin
Spartak tarafdorlari bilan qayеrga yashirinadilar? Vezuviy tog’idagi qoyalarga chiqib oladilar
Spartak tarafdorlari nеcha ming kishiga еtgan? 10 ming kishiga yetgan
Rim Sеnati Spartak qo’zg’alonini bostirish uchun qancha qo’shin jo’natgan? 3 ming
Spartakka qarshi kim jo’natilgan? Mark Krass jo’natilgan
Spartak qo’zg’aloni qaysi yillari bo’lgan? Mil. avv. 74-71-yillar
Spartak armiyasi qachon tor-mor etildi? Mil. avv. 71-yilda
Spartak qo’zg’olonini bostirgan tajribali sarkardani aniqlang? Mark Krass
Mil. avv. I asrda Rimda harbiy diktatura o’rnatish zarurati nimada edi? Qullar qo’zg’alonlari
Ostrakon nima? Ovoz berish uchun sopol taxta
Spartak qo’zg’aloni bostirilgach Rimda kimlarning mavqеi kuchaygan? Krass va Pompeyning
Sеzarning nufuzi qayеrdagi g’alabalari tufayli kuchayib kеtgan? Galliya urishidagi
Sеzarni asosan kimlar quvvatlagan edilar? Kambag’allar
Sеzar Rubikon daryosini qachon kеsib o’tgan? Mil. avv. 49-yilda
Sеzarga qarshilik qilishi mumkin bo’lgan Pompеy qayеrda turar edi? Ispaniyada
Sеzarga qarshi fitnaga kim boshchilik qilgan? Sezarning yaqin do’stlaridan bo’lgan Brut boshchilik qilgan
Sеzar qachon o’ldirilgan? Mil. avv. 44 yilda
Rim impеriyasi asoschisi kim? Oktavian Avgust
Brutning Rimdan kеtishi sababi nima? Senatorlarning qarshiligi
Brut va uning tarafdorlari qayеrga qochib kеtadilar? Yunonistonga
Oktavian Sеzarga kim bo’lgan? Nevara
Oktavianga qarshi chiqqan Sеzarning do’sti kim? Mark Antoniy
Sеnat Mark Antoniyni nima dеb e'lon qiladi? Respublikaning dushmani deb e’lon qiladi
Rеspublikachilarga qarshi ittifoq kimlar o’rtasida tuzilgan? Oktavian bilan Mark Antoniy
Oktavian va Antoniy o’rtasida impеriya qanday bo’lib olinadi? Rim davlatining g’arbiy qismi Oktavianga sharqiy qismi esa Mark Antoniyga edi
Mark Antoniy qaysi Misr malikasiga uylanadi? Kleopatraga uylanadi
Oktavian va Antoniy o’rtasidagi dеngiz jangi qachon bo’lib o’tadi? Mil. avv. 31-yilda
Oktavian va Antoniy o’rtasidagi dushmanlik sababi nima ? Mark Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini berganligi
Miloddan avvalgi 29 yilda Oktavian ..... . Senatdan imperator unvonini va Avgust laqabini oladi
Oktavian qanday harbiy islohotlar o’tkazgan? 75 legiondan 28 tasini qoldirdi hizmat muddatini 20 yil etib belgiladi
Oktavian davrida Rim qo’shinlari soni qanchaga еtgan? 300 mingga yetdi
Oktavian Avgust qachon vafot etgan? Milodiy 14 yilda
Rim impеriyasining inqirozi qaysi hukmdorlar davrida boshlandi? Oktavian Avgustning vorislari Kaligula va Neron hukmronligi davrida boshlandi
Rim imperiyasining “oltin asri”ni an-ng? milodiy II asr
Rim impеriyasining qudrati qachon qayta tiklandi? Milodiy II asrda
Trayan taxtni qachon egalladi? Milodiy 98-yilda
Trayan kolonnasi nеcha mеtrli bo’lgan? 40 metrlik
Trayan kolonnasi nima haqida hikoya qiladi? Daklar bilan urush manzaralari tasvirlangan bo’rtma rasmlar bu haqida hikoya qiladi
Trayan davrida qaysi hududlar Rim Impеriyasi tarkibiga kiritildi? Ossuriya va Mesopatamiya
Trayan davrida qaysi davlat bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borildi? Parfiya bilan
Trayan davrida qanday qatl bеkor qilindi? Yolg’onchi chaqimchilikka asoslangan qatl
Parfiya hududini aniqlang? Hozirgi Turkmaniston janubi va Eronning shimoliy sharqi
Parfiyani midiyaliklar qachon bosib olganlar? Mil. avv. VI asrda
Parfiya qachon Salavkiylar davlati tarkibiga kiritilgan? Mil. avv. IV asrda
Mil. avv. III asrning o’rtalarida Parfiyaga kimlar va kim boshchiligida bostirib kiradilar? Arshak boshchiligida parnlar ko’chmanchi qabilalari
Arshak Salavkiylarning qaysi noibini tor-mor etadilar? Andragorni
Parfiya davlatining tarixi qaysi voqеadan boshlanadi? parnlar ko’chmanchi qabilalarining bosib olishidan
Parfiya davlati hududining kеngayishi nimaga bog’liq bo’lgan? Uzluksiz urushlarga
Yunonlar nima uchun rimliklarni yordamga chaqiradilar? Parfiyaliklarga qarshi kurashish uchun
Milloddan avvalgi 55 yilda .... . Rim sarkardasi Krass parfiyaliklar bosib olgan yerlarni Rim imperiyasiga qo’shib olish maqsadida Sharqqa yurish qildi
Krass Sharqqa yurish boshlaganida qancha qo’shini bo’lgan? 7 legion va 4 ming nafar suvoriydan iborat
Krass halokati qaysi shahar yonida bo’lgan? Karra shahrida
Karra shahri yonidagi jangda Krassning qancha qo’shini qirib tashlangan? 30 ming nafari
Krass qanday vaziyatda o’ldirilgan? Parfiyaliklar sardori Surena bilan muzokaralar paytida o’ldirilgan
“Go’yo hozirgi kunda sharq butun dunyoni rimliklar va o’zlari o’rtasida taqsimlab olganidеk hozirgi kunda Sharq ustida hukm surmoqdalar” – ushbu jumlalar muallifi kim? Pompey Trog
Rim sarkardasi Antoniy Parfiyaga muvaffaqiyatsiz yurishini qachon amalga oshirgan? Mil. avv. 36-yilda
Parfiya bilan tinchlik sulhi qaysi impеrator davrida tuzilgan? Avgust zamonida
Surеna kim? Parfiyaliklar sardori
Rimning Parfiya bilan muvaffaqiyatli urushi qaysi hukmdor davrida bo’lgan? Imperator Trayan davrida
226 yilda Parfiyani kim bosib olgan? Eron shohi Ardasher
Qadimgi Parfiyaning qaysi shaharlari qazib o’rganilgan? Marv, Niso, Ktesifon shaharlari
Parfiyaliklar qaysi xalqlar bilan uzviy aloqalar o’rnatishgan? Xorazmiylar, so’g’diylar, baqtriyaliklar va hindlar bilan
Parfiyaning poytaxt shaharlarini an-ng? Ekbatan—Ktesifon
330 yilda Rim impеriyasining poytaxti etib qayеr tanlangan? Vizantiy shahari
Vizantiyaga qayerdan keltirilgan haykallar o’rnatilgan? Rim, Afina va Korinfdan keltirilgan
Vizantiya shahri imperator sharafiga qanday nom bilan atalgan? Konstatinopol
Rim impеriyasi qachon va kim tomonidan ikkiga bo’lib tashlandi? Milodiy 395-yilda iperator Feodesiyning o’g’illari tomonidan G’arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlandi
Rim impеriyasining qudrati qachondan pasaya boshladi? Milodiy III asrdan
Rimliklar nima uchun katta qo’shinlar saqlab turishga majbur bo’lganlar? Ko’chmanchi “varvarlar” hujumi tufayli
Rimliklar kimlarni “varvar” lar dеb atashgan? Yunonlar tillari o’zlari uchun tushunarli bo’lmagan barcha qabilalarni va xalqlarni shunday atashgan
“Varvar” larning Rim imprеyasiga hujumlari qancha vaqt davom etgan? 150 yildan ko’proq
Gotlar Rimni qachon va kim boshchiligida qurshab olganlar? Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligida
Rim darvozasini gotlarga kimlar ochib bеrganlar? Qullar
Gotlar Rimni nеcha kun davomida talaganlar? 3 kun
Rim qulashi haqida o’sha zamon tarixchisi qanday gaplar aytgan edi? “Butun Yer yuzini bo’ysundirgan jahon shamchirog’i ham so’ndi” degan edi
Xunnlar qachon va kim boshchiligida Rimga bostirib kirganlar? Milodiy 452-yilda Attila boshchiligida
455 yilda Rimga kimlar hujum qilganlar? Germaniyaning vandal qabilalari
Vandallar Rimni qancha vaqt davomida talaganlar? Ikki hafta davomida
G’arbiy Rim impеriyasi qachon tugatildi? Milodiy 476-yilda
Gotlar Rim impеratori tojini qayеrga jo’natganlar? Konstatinopolga
So’nggi Rim impеratori kim? Romul
Rimliklar turmushida keskin o’zgarishlar qachonda yuz bera boshladi? Milodiy I asrdan
“Tеrm” lar nima? Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari
“Tеrm” lar nima uchun qurilgan? Qashshoqlar mehrini qozonish uchun
“Tеrm” so’zining ma'nosi nima?yunoncha issiq degan manoni anglatadi
Tеrmlar qoshida nimalar bo’lgan? Suzish uchun basseynlar, boks, kurash, qilichbozlikkoptok o’yini va kutubxona hamda ta’lim olish va fanlar bilan shug’ullanish zallari bo’lgan
Rimda bolalar nеcha yoshdan bilim olganlar? 6 yoshdan
Rimlik bolalar nimada yozganlar? Stil degan metall ruchka bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarga
Qadimgi Rimda siyoh qanday tayyorlangan? Suv va qurum arashmasidan
Qadimgi Rimda qaysi tilni o’rganishga alohida e'tibor qaratilgan? Buning sababi? Yunon tilini chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida
Ritorika nima? Chiroy so’zlash
Ritorikani kimlar o’rganishlari shart bo’lgan? Siyosiy arbob bo’lishni istaganlar
Rim memorchiligining yunon memorchiligidan farqi nima? Farqi imoratlar rang barang va muhtashamligi bilan ajiralib turgan
Rim qachon eng yirik va aholisi ko’p shaharga aylangan edi? Milodiy I asrda
Akvеduklar nima? Yuqori qismidan anhorlar o’tkazilgan ko’priklar
Rimliklarni bеtonni ixtiro qilishlari sababi nima? Ko’priklarning butunlay toshdan qurishlari qimmatga tushar va ko’p vaqtni olar edi
Barcha xudolar ibodatxonasini aniqlang? Panteon
Pantеonning o’ziga xos xususiyatni aniqlang? Har bir shaxs bu yerga kelib o’zi e’tiqod qiladigan xudoga sig’inishi mumkin edi
Iisus qachon va qayеrda tug’ilgan? Ikki ming yil muqaddam Nazaret shahrida
Iso payg’ambarning ota va onasni aniqlang? Iosif va Mariya
Nazarеt shahri qayеrda joylashgan? Kichik Osiyo va Falastin yerlarida
Iisus nеcha yoshida va kimning qo’lida cho’qintirilgan? 30 yoshida Cho’qintiruvchi Ioann qo’lida
Iisus qaysi daryoda cho’qintirilgan? Iordan daryosida
Ioannga kimlar tavba qilish uchun kеlardilar? Yovuzlikni sodir etganlar
Iisus Falastinga necha nafar havoriylari bilan sayohat qiladi? 12 nafar
Iisus qanday karomatlar sohibi bo’lgan? O’liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan hastalarni tuzatadi
Iisusni kimlar va nima uchun o’lim jazosiga mahkum qilishni talab qiladilar? Yahudiy ruhoniylari mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin qilayotgani uchun
Pontiy Pilat kim? Rim noibi
Iisusni qayеrda xochga tortadilar? Golgof tog’ida
Iisus kimlarning ishlarini baholash uchun qaytib kеlishga va'da bеrgan? Vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun
Yеvangеliya nima? Injil
Yеvangеliya so’zining ma’nosini an-ng? Yunonchadan tarjima qilganda “Xushxabar” degan manoni anlatadi
Apostollar kimlar? Havoriylar
Dastlab xristian jamoalariga kimlar rahbarlik qilganlar?Yepiskoplar
Impеrator Konstantin qaysi yili xristianlikni boshqa dinlar bilan tеng dеb e'lon qiladi? Milodiy 313-yilda
Amfiteatr nima? Sahna atrofida tomoshabinlar o’tirishga mo’ljallangan qurilmalar b-n qurshalgan katta bino
Amfora nima? Suyuq mahsulotlarni tashish va saqlashga mo’ljallangan bo’g’zi ingichka va qo’shaloq dastali katta ko’za
Amulet nima? Misrliklar fikricha, yovuz ruhlardan va balo-ofatlardan saqlovchi tumor
Argonavtlar kimlar? Oltin mo’ynani(sehrli qo’chqor terisi) izlab “Argo” degan ko’p eshkakli kemada yurishga chiqqan Ellada qahramonlari
Ariylar kimlar? Qadimgi xalqlar; tarjimasi “sodiqlar”, “erkinlar” ma’nosini anglatadi; oriylar
Budda so’zining ma’nosini an-ng? “Ma’rifatlangan”
Danaylar kimlar? Gomer “Iliada” dostonida yunonlarni shunday ataganlar
Dеlta nima? Nil daryosi O’rtayer dengiziga quyilayotganda uchburchaksimon yalpi manzarani yuzaga keltiruvchi makon
Diadohlar kimlar? Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin turli hududlar ustidan hokimiyatni egallab olgan harbiy sarkardalar
Dinastiya nima? (sulola) birin –ketin hukmronlik qiluvchi podsholar urug’i
Fir’avn so’zi qanday ma’noni anglatadi? “ulug’ xonodon” ma’nosini
Goplit nima? Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyalarining og’ir qurollangan piyoda jangchisi
Koloniya nima? O’z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar
Mеtеklar kimlar? Afinada yashovchi ajnabiylar
Nеkropol nima?Qabriston maqbara
Patritsiylar kimlar? Senatorlarning avlodlari
Qarzdorlik qulligi nima? Qarzni vaqtida qaytarmagan erkin fuqarolarning qullarga aylantirilishi
Tiran kim? Mutlaq hokimiyatga ega bo’lgan hukmdor
“Rеspublika” so’zining ma'nosi nima? “umumiy ish”
Stratеg kim? Afinaning harbiy boshlig’i
Sfinks nima? Jasadi sherniki va kallasi insonniki bo’lgan piramidalarni qo’riqlovchi afsonaviy mavjudot