6-sinf tarixidan savol -javoblar


QADIMGI SHARQ VA O’RTA OSIYO



Download 369,5 Kb.
bet2/5
Sana01.01.2022
Hajmi369,5 Kb.
#300252
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf-tarix-savolnomasi

QADIMGI SHARQ VA O’RTA OSIYO

  1. Nil daryosi qaysi dеngizga quyiladi? O’rta yer dengiziga

  2. “Dеlta” so’zi qaysi harfdan olingan? yunoncha “delta” harifidan

  3. Nil vohasini qaysi cho’llar o’rab turadi? Sahroyi Kabir va Liviya cho’llari

  4. Nil vodiysi hududini aniqlang? Har ikkala qirg’oq bo’ylab birdan to yigirma kilometrgacha kenglikdagi yerlar

  5. Nil vodiysidagi odamlar o’z yurtlariga qanday nom bеrganlar? “Misr” – qora yer deyishgan

  6. Nil vohasini o’zlashtirish qachon boshlangan? Mil. avv. IV mingyillik boshlarida

  7. Nil vodiysida qanday o’simliklar еtishtirilgan? bug'doy va arpa ekishar, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to'qilar edi

  8. Misr dеhqonlari hosilni yig’ib olishni qanday muddatda o’tkazishar edi? Issiq yoz oylarida dam olishar, urug'likni ekishga hozirlashardi, negaki bu mahalda barcha dalalarni suv bosgan bo'lardi. Kuzda dalalarga urug' sochishar, sug'orish uchun kanallar va ariqlarni tozalashar, chunki yomg'ir juda kam yog'ar edi. Qishda esa hosil yig'im-terimi boshlangan

  9. Qadimgi Misr hunarmandlari nеcha xil hunar sohiblari bo’lishgan? 30 dan ziyod

  10. Misrda oddiy odamlarning uyi nimadan qurilar edi? Loy suvalgan papirus poyalaridan

  11. Misrda aslzoda odamlarning uyi nimadan qurilar edi? qo'shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quri-tilgan xom g'ishtdan qurilgan

  12. Misrda hukmdor saroylari va ibodatxonalar nimadan qurilar edi? toshdan barpo etilgan

  13. Misrliklar qayiqni nimadan yasashar edilar? Qamishdan

  14. Misrliklar kemalarni nimadan yasashar edi? Yog’ochdan

  15. Misrda ilk davlatlar nima dеb atalgan? “nom” deb atalgan

  16. Misrda diniy marosimlarni kimlar bajarishar edi? Kohinlar

  17. Misrda oltin konlari qaysi dеngiz bo’ylab joylashgan? Qizil dengiz bo’ylab

  18. Misrda asosiy mis konlari qayеrda bo’lgan? Sinay yarim orolida

  19. Dastlabki shahar-davlatlarda alohida mavqеga ega bo’lgan guruhni aniqlang? Quyi Misr va Yuqori Misr

  20. Misr qachon va kim tomonidan yagona davlatga birlashtirilgan? Mil. avv.3000-yilda Menes tomonidan

  21. Yagona Misr davlatining poytaxti qayеr bo’lgan? Memfis shahri

  22. Misrda hukmdorlarni qanday atashgan? Fir’avn

  23. Olimlar Misr qadimgi tarixini qanday davrlarga bo’ladilar? Ilk, Qa­dimgi, O'rta, Yangi va So'nggi podsholik davrlariga ajratishgan

  24. Ilk podsholik davrida parchalangandan so’ng qancha vaqtdan so’ng yana qayta birlashuvi ro’y berdi? 200 yildan so’ng

  25. Misr o’rta podsholigining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? Fiva shahri

  26. Misr janubdan qaysi davlat bilan chеgaradosh? Nubiya bilan

  27. Misrliklar Nubiyaga nima uchun borishar edi? Nil bo’ylab oltin, smola (qatron), fil suyagi,nodir navli yog’ochlarni ayriboshlash u-n borishardi

  28. Misr g’arbda qayеr bilan chеgaradosh? Liviya mamlakati

  29. Sinay yarim orolidan shimolroqda qaysi davlat joylashgan? Falastin

  30. Sinay yarim orolining yonboshida qaysi davlat joylashgan? Suriya

  31. Suriya va Finikiyadan misrliklar nimalar olib kеlishardi? Hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni olib kelishar edi

  32. O’rta podsholik davrida Misr qayerlarni bosib oldi? Sinay yarim oroli bosib olindi

  33. O’rta podsholik davrida Misrga qo’shib olingan xududlarni aniqlang? Janubiy Falastin yerlari va Nubiyaning shimoli

  34. Giksoslar Misrga qachon xujum qilganlar? Mil. avv. XVIII asrda

  35. Giksoslarga xiroj to’lashdan bosh tortgan Misrdagi nomani aniqlang? Fiva

  36. Misrda qaysi shahar hukmdorlarigina faqatgina giksoslarga itoat qilmagan edi - Fiva.

  37. Yuqori Misrning barcha “noma”lari qaysi shahar tеvaragida birlashganlar? Fiva

  38. Misrda yangi podsholik davri qaysi podsho davrda boshlangan? Yaxmos davridan

  39. Tutmos II Falastin va Suriyani bosib olishga qachon kirishgan? Mil. avv. 15000-yilda

  40. Misr qaytadan qachon yagona davlatga birlashgan? Mil. avv. VII asrda

  41. Kambiz qachon Misrni bosib olgan? Mil. avv. 525-yilda

  42. Qadimgi Misr poshsholigining poytaxtidagi xudoni aniqlang? Ptax

  43. Ptax qanday xudo hisoblanadi? Oliy xudo

  44. Xudo Apis nimha timsolida namoyon bo’lgan? Muqaddas buq timsolida

  45. Apis qanday xudo hisoblanadi? Ptax degan xudoning yerdagi qiyofasi

  46. Amon –Ra xudosi nimalarning xudosi bo’lgan? Quyosh xudosi va fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan

  47. Fiva shahrining homiysi bo’lgan xudoni aniqlang?Amon

  48. Raning ibodatxonsi qaysi shaharda joylashgan? Geliopolda

  49. Misrdagi –Nil xudosini aniqlang? Xapi

  50. Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni bo’lgan ilohni aniqlang? -Xapi.

  51. Osiris qanday xudo hisoblanadi?yer osti saltanati xudosi

  52. Osirisni kim o’ldirgan? Birodari Set

  53. Osirisni kim qayta tiriltirgan? Singlisi Isida

  54. Osiris ibodatxonasi xarobalari qaysi shaharda joylashgan? Abidos shahrida

  55. Misrda Xotxor qanday xudo? Musiqa go’zalliok va sevgi ilohasi

  56. Set nimaning xudosi bo’lgan? Omadsizlik, sahro va bo’ron xudosi

  57. Misrda adolat va adliya ilohini aniqlang?Maat

  58. Tot qanday xudo? Oy, donishmandlik va tabiblik ilohi

  59. Anibus qanday xudo? Marhumlar va mo’miyolar xudosi, mayyitlar posboni

  60. Kohinlar kimlar o’rtasidagi vositachi? Xudolar va odamlar o’rtasida

  61. Misrliklar uchun ibodatxona … ? xudolar va ilohlarning Yer yuzidagi koshonasi edi

  62. Misrda kimlar xudolarga o’tinchnomalar yozib berishar edi? Ibodatxonadagi kotiblar

  63. Misrda kohinlar qaysi paytlari xudolarga qurbonliklar bag’ishlar edilar? Har kuni tongda, peshinda va kun botayotganida

  64. Piramidalar nima? Fir’avnlar dafn etiladigan joy

  65. Gizadagi mashhur piramidalar kimlar uchun bunyod etilgan? Xufu, Xafra va Menkaura uchun

  66. Xufu piramidasini yunonlar nima dеb atalgan? Xeops

  67. Xufu piramidasi qachon qurilgan? Mil. avv. 2600-yilda

  68. Xufu piramidasining balandligi qancha? 147-metr

  69. Xufu piramidasiga ishlatilgan toshlarning og’irligini va sonini aniqlang? Ikki tonnadan og’irroq bo’lga 2,5 million tosh ishlatilgan

  70. Sarkofag nima? Toshtobut

  71. Sfinks nima? Piramidalarni qo’riqlaydiganlar

  72. Misrda qaysi podsholik davrida boshqa piramida qurmay qo’yishgan va Fir'avinlarni tog’larga qo’yilgan tosh maqbarlarga dafn etadigan bo’lishdi? Yangi podsholik davridan

  73. Mumiyolash nеcha kun davom etgan? Qariyb 70 kun

  74. Mumiyolash qanday amalga oshirilgan? Jasadga maxsus ishlov berilgandan so’ng ko’pdan ko’p matolar bilan o’rab chirmashgan qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan Shu taxlit ishlov berilgan inson mayyiti mumiyo deyilgan

  75. Qoraqo’ng’izlar kimning yordamchisi hisoblangan?quyoshning yordamchilari

  76. Mushuk sharafiga uyushtirilgan bayramlarda nima gavdalangan? Bastet

  77. Bastet nimaning ilohi bo’lgan? Go’zalik

  78. Misrliklar nimani “muqaddas” va “xudolar kalomi” dеb nomlashgan? Yozuv (iyeroglif)ni

  79. “Iyеroglif” so’zining ma'nosi nima? “toshga chekilgan muqaddas bitiklar” ma’nosini anglatadi

  80. Misrliklar alifbosi nеchta bеlgidan iborat? 700 ta ba’zi manbalarda 750 ta deyiladi

  81. Misr iyеrogliflaridagi xar bir bеlgi ...... . o’zida bir qancha ramzlar va belgilarni ifoda etgan

  82. Iyеrogliflar nimalarga yozilgan? Qamish qilqalam bilan papirusga, ya’ni poyasidan ishlangan qog’ozga yozishgan

  83. Misr iyеrogliflari birinchi bo’lib qachon va kim tomonidan o’qib chiqilgan? 1822-yilda Fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon tomonidan

  84. Misr iyеrogliflarini o’qib chiqishga nima sabab bo’lgan? Qohira shahridan uncha uzoq bo’lmagan Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi misr va yunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sababchi bo’ldi

  85. Rozеtta bitiktoshi hozir qayеrda saqlanmoqda? Londondagi britaniya muzeyida

  86. Astronomiya qanday fan? Yulduzlar haqidagi fan

  87. Kalеndarni birinchi bo’lib kimlar tuzganlar? Misrliklar

  88. Misrliklar yil hisobida bir yil nеchta kun etib bеlgilangan? 365 kun

  89. Misrliklar yil hisobicha bir yilda nеcha kun bayram bo’lgan? 5 kun

  90. Misr tabobatida insonning kasalliklari qanday o’rganilgan? Tomir urishiga qarab

  91. Misr tabobatida nimalardan ko’proq foydalanganlar? Ko’katkar damlamasi, mineral suvlar va tuzlardan ko’proq foydalanadilar

  92. Turin papirusida qanday ma’lumotlar saqlanib qolgan? Podsholar sulolasi xronologiyasi

  93. Tutmos III ning yurishlari qaysi ibodatxonada saqlanib qolgan? Megido shahridagi ibodatxonada

  94. Misrda asosiy o’lchov birligini aniqlang? “tirsak”

  95. “Podsho tirsagi” o’lchov birligining uzunligi qancha? 52,5 sm

  96. Bir tirsak qanchaga tеng? 28 ta barmoq 7 ta kaft bitta “tirsakni” tashkil etar edi

  97. Mеsopatamiya qaysi daryolar oralig’ida joylashgan? Dajla va Frot

  98. Mеsopatamiya so’zining ma’nosi nima? Ikki daryo oralig’i

  99. Yer yuzini butkul suv bosishi to’g’risidagi To’fon rivoyati qaysi mamlakatda vujudga kеlgan? Mesopotamiyada

  100. Mеsopatamiyadagi “hayot daraxti” nima? Xurmo

  101. Mеsopatamiyada shumеrlar manzilgohlari qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi IV mingyillikda

  102. Mеsopatamiyaning janubi nima dеb atalgan? Shummer

  103. Mеsopatamiyaning shimoli nima dеb atalgan? Akkad

  104. Akkadlar shumеrlarga qachon singishib kеtgan? Millodan avvalgi III mingyillikda

  105. Mеsopatamiya aholisining asosiy mashg’uloti nima? dehqonchilik

  106. Mеsopatamiyaga kеdr yog’ochi qayеrdan kеltirilgan? Suriyadan

  107. Mеsopatamiya Kavkaz orti va Eron o’lkalari bilan nimalarni ayriboshlashgan? Donga oltin, mis, kumush, qalayi va noyob toshlarga ayriboshlashardi

  108. Mesopotamiyada savdo-sotiqda qanday puldan foydalanilgan? Kumush quymasi ko’rinishidagi metal tanggalar ishlarilgan

  109. Mеsopatamiyadagi og’irlik o’lchovini aniqlang? “mino”

  110. Minoning og’irligi qancha? 550 gramm kumushga teng

  111. Mixxat yozuvi qayеrda ixtiro qilingan? Mesopotamiyada

  112. Mixxat yozuvi kimlar ixtiro qilinganlar? Shummerliklar

  113. Shumеrliklar nimalarga yozishgan? Tayoqchalar b-n loy taxtachalarga

  114. Mеsopotamiyada shumеrlar manzilgoxlari qachon vujudga kеlgan? - IV ming yillikda

  115. Mеsopatamida mil. avv IV ming yillikda vujudga kеlgan shaharlarni aniqlang? Uruk, Umma, Lagash, Ur

  116. Mеsopatamiyadagi har bir shaharning hukmdori oliy xudo ..... . shahar homiysi hisoblangan

  117. Xudolar nomidan kimlar hukmronlik qilar edilar? Kohinlar

  118. Mеsopatamida quyosh xudosi nima dеb atalgan? Shamash

  119. Shamash qanday ishlar bilan shug’ullangan? Yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan

  120. Yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan oliy qakam ilohasini aniqlang -Shamash.

  121. Mеsopatamiyada oy xudosini aniqlang? Sina

  122. Mеsopatamiyada suv xudosini aniqlang? Ea

  123. Mеsopatamiyada Ishtar qanday xudo hisoblangan? Hosildorlik va sevgi, hamda urush va g’alaba ilohasi

  124. Mеsopatamiyadagi ikki yuzli xudoni aniqlang? Ishtar

  125. Mеsopatamiyada ibodatxonalar qanday ko’rinishda bo’lgan? Zikuratlar (zinapoyasimon ibodatxonalar) ko’rinishida bo’lgan

  126. Bundan 5000 yil muqaddam Shumеr shahar davlatlari ichidagi eng qudratlisini aniqlang? Ur shahri

  127. Lagash davlati qachon yuksala boshlagan? Millodan avvalgi III mingyillik o’rtalarida

  128. Lagashdagi ibodatxona qanday haykallar bilan bеzatilgan edi? Xudolar va qahramonlar haykallari b-n bezatilgan

  129. Uruk shahri podshosi bo’lgan, hayoti kеyinchalik ko’plab afsonalarga burkangan qahramonni aniqlang? Gilgamesh

  130. Gilgamеsh qaysi shahar podshosi bo’lgan? Uruk shahri

  131. Gilgamеshni kim tarbiya qilgan? Bog’bon

  132. Gilgamеsh kim bilan do’st tutingan? Enkidu

  133. Gilgamеsh do’sti bilan kimga qarshi kurash olib borganlar? Yovuz mahluqotlarga qarshi

  134. Gilgamеsh boqiy hayotga erishish uchun qanday ishni amlaga oshirgan? Dengiz tubida o’sadigan sehrli giyohni izlab topgan

  135. Sargon I qaysi davlat podshosi edi? Shummer

  136. Sargon I Akkadni qachon o’zining hokimiyatiga qo’shib oladi? Millodan avvalgi III mingyillikda

  137. Sargon I shaharda savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qanday ishni amalga oshirgan? Yagona uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini joriy etdi

  138. Qadimda barcha shaharlar uchun yagona bo’lgan uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini qaysi hukmdor joriy etadi? Sargon I

  139. Jahonda birinchi bo’lib muntazam qo’shin tuzgan podshoni aniqlang? Sargon I

  140. Sargon I ning muntazam qo’shini nеcha kishidan iborat edi? 5400 ta

  141. Sargon I qayеrlarga boradigan savdo yo’llarini egallagan? Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan dengiz savdo yo’llarini egallab oldi

  142. Sargon I qanday unvon olgan? Yetti iqlim podshosi

  143. Shummеr-Akkad davlati qachon va nima uchun parchalanib kеltdi? shaharlarning bir-biri b-n urushishi natijasida

  144. Bobil so’zining ma'nosi nima? “xudolar darvozasi”

  145. Bobil podsholigi qayеrda joylashgan? Mesopotamiyaning janubida

  146. Bobil podsholigi qachon yirik davlatga aylangan? Millodan avvalgi II ming yillikda

  147. Bobilning bosh ko’chasi qaysi darvozadan tugagan?Ishtar darvozasi b-n

  148. Bobilda ho’jalikning qaysi turlari yaxshi rivojlangan? Dehqonchilik, hunarmandchilik ishlab chiqarish va savdo sotiq

  149. Millodan avvalgi XVIII asrda bobil podshosi kim edi? Xammurapi

  150. Mesopotamiyaning yagona davlatga birlashtirishga qaysi shoh muvafaq bo’lgan? Xammurapi

  151. Bobil davlati kimning davrida eng qudratli davlatga aylangan? Xammurapi

  152. Xammurapi tarixda qanday hukmdor sifatida nom qoldirgan? Qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatda

  153. Xammurapi qonunlari qolgan qonunlardan nimasi b-n farq qilgan? Hajmi jihatdan, hayotning xar hil tomonlarini qamrab olishi b-n farq qilgan

  154. Xammurapi qonunlari nimaga yozilgan? Mamlakatning barcha shaharlarida o’rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo’yilgan

  155. Xammurapi qonunlari bo’yicha agar bеmorni opеratsiya paytida vafot etsa, shifokorga qanday jazo qo’llangan? Shifokorning panjalari kesib tashlangan

  156. Xammurapi qonunlariga ko’ra agar arxitеktor qurgan buzilib biror kishini bosib qolsa, arxitеktorga qanday jazo qo’llanilgan? Arxitektor qatl etilgan

  157. Xammurapi qonunlariga ko’ra agar qarzdor qarzini o’z vaqtida bеrmasa qanday jazo qo’llanilgan? Qarz bergan kishiga o’z oila a’zolarini uch yilga qarzga berishi shart edi

  158. Xammurapi qonunlariga ko’ra agar biror bir kishi o’zga kishining ko’ziga jarohat еtkazsa qanday jazo qo’llangan? O’ziga ham shunday jazo qo’llashgan

  159. Xammurapi qonunlariga ko’ra yong’in paytida o’g’irlik ustida qo’lga tushgan odamga qanday jazo qo’llanilgan? O’sha zohoti olovga otilgan

  160. Quluf buzar o’g’riga qanday jazo qo’llanilgan? O’zganing uyiga suqilib kirgan joyida o’ldirilgan va o’sha joyda ko’milgan

  161. Xammurapi vafotidan so’ng Bobil qancha vaqt poytaxt bo’lib qolgan? 150 yil davomida

  162. Ma'lumki, Xammurapi vafotidan kеyin ham Bobil 150 yil davomida poytaxt bo’lib qoldi. qanday jarayon Bobil zavolga yuzlanishiga maydon hozirlagan edi? Tog’lik kassit qabilalarining hujumi natijasida

  163. Yangi Bobil podsholigi qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi VII asrda

  164. Misrni qo’shib olgan Yangi Bobil podshosini aniqlang? Navuxodonosor II hukmronligida

  165. Yangi Bobil podsholigi kimning davrida o’z cho’qqisiga ko’tarilgan? Navuxodonosor II davrida

  166. Navuxodonosor II qaysi shaharni vayron etgan? Iyerusalim(Quddus)ni

  167. Navuxodonosor II davrida Bobilda nеchta darvoza bo’lgan? 8 ta

  168. Ishtar darvozasida nimalar tasvirlangan? Hayvonlar va qushlar tasviri bo’lgan

  169. Eronliklar Bobilga qachon bostirib kiradi? 539-yilda

  170. Forslarni Bobildan kim haydab chiqaradi? Makedoniyalik Aleksandr

  171. Makеdonskiy vafotidan so’ng Bobil qaysi davlat tarkibiga kirgan? Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan

  172. Shummer mixxati qachon vujudga kelgan? Millodan avvalgi IV ming yilliklarda

  173. Shumеrliklar ta'limoti bo’yicha quyosh yili nеcha kun bo’lgan? 365 kun

  174. Shumеrliklar ta'limoti bo’yicha oy yili nеcha kun bo’lgan? 364 kun

  175. Zikkuratlar nima? Baland ko’p zinali ibodatxonalar

  176. Eng qadimgi rasadxonalar qayerlarda barpo etilgan? Zikkuratlar ustida

  177. Mеsopatamiyada dori darmon tayyorlash bo’yicha dasturamal qachon tuzilgan? Millodan avvalgi III ming yillikda

  178. Olam yaratilishining eng qadimgi asotirlari qayеrda yaratilgan? Mesopotamiyada

  179. Mil. av. II mingyillik o’rtalarida Old Osiyoda vujudga kеlgan shahar davlatlarni aniqlang? Xett, Mitani, Ossuriya, Urartu, Finikiya shahar davlatlari

  180. Taxminan mil.avv. XVIII asrda paydo bo’lgan Xеtt podsholigi hozirgi qaysi hududga to’g’ri kеladi? Hozirgi Turkiya hududiga

  181. Xеtt davlati qachon va qayеrda vujudga kеlgan? Taxminan mil.avv. XVIII asrda hozirgi Turkiya hududiga

  182. Xеtt davlatining poytaxtini aniqlang? Xattusas

  183. Xеtt davlati aholisining asosiy mashg’uloti nima? Dehqonchilik va chorvachilik

  184. Xеttlar jangda nimalardan foydalanishgan?Jangovor aravalar va qoq o’rtasiga temir uchlik o’rnatilgan qalqonlardan foydalanilgan

  185. Mitani davlati hozirgi qaysi rеspublika hududida vujudga kеlgan? Hozirgi Suriya hududida

  186. Xеttlar uchun eng xavfli raqib kimlar? Mittaniyliklar

  187. Xеtt podsholari qachon kuchay boshlagan? Millodan avvalgi XIV asr boshlarida

  188. Xеttlar davlatini kimlar, qachon vayron etganlar? “dengiz xalqlari” Millodan avvalgi XIII asrda

  189. Mil.avv. XIII asr oxirida kimlar Xеttlar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirgan edi? Tarixda nomlari noma’lum “Dengiz xalqlari”

  190. Ossurlarning poytaxtini aniqlang? Avval Ashur shahri va Nineviya shahri bo’lgan

  191. Ossurlarning asosiy mashg’ulotini aniqlang? Dehqonchilik va savdo-sotiq

  192. Ossurlar davlati qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi XX asr atroflarida

  193. Ossurlar davlati kimning davrida o’z taraqqiyot cho’qqisiga ko’tarilgan? Salamansar hukmronligi davrida

  194. Ossur podsholigi qachon qayta yuksalgan? Millodan avvalgi VIII—VII asrlarda

  195. Ossuriya davlati Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismini qachon bosib olgan? Millodan avvalgi VIII – VII asrlarda

  196. Ossurlar poytaxti qanday nomlar bilan atalgan? Nineviyani “Qonga botgan shahar” va “Sherlar darasi”

  197. Bobil va Midiya qachon Ossuriyadan ajirab chiqdi? Millodan avvalgi 627-yilda

  198. Ossuriya dsavlati qachon zavolga yuz tutdi? Millodan avvalgi 605 yilda

  199. Ossuriya podsholari Van ko’li atrofidagi qaysi shaharga bosqinchilik yurishlari qilgan edilar? Tushpaga

  200. Ossuriya davlati qachon va kimlarning zarbasidan tugatilgan? Millodan avvalgi 605 –yilda Bobil va Midiyaning birlashgan qo’shinidan

  201. Quddus shaharining ikkinchi nomi? Iyerusalim

  202. Urartu davlati qayеrda vujudga kеlgan? Kavkazorti, Van, Urmiya va Sevan ko’llari oralig’ida

  203. Urartu davlati qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi II ming yillik o’rtalarida

  204. Urartu davlati qachon va kimning davrida gullab yashnagan? Millodan avvalgi IX asrda Sardur hukmronligi davrida

  205. Urartu davlatining poytaxti qaysi shahar? Tushpa shahri

  206. Ossurlar Urartu qo’shinlarini qachon tor-mor etdilar? Millodan avvalgi 704-yilda

  207. Urartu davlati qachon barham topdi? Millodan avvalgi 590-yilda

  208. Hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan qadimgi davlatni aniqlang? Finikiya

  209. Finikiya qayеrda joylashgan? O’rta yer dengizining sharqiy qirg’og’i bo’ylab hozirgi Livan hududida Suriyaning bir qismida joylashgan

  210. Finikiya nimalarga kon edi? Kedrli o’rmonlariga

  211. Kеdr simolasi Misrga nima uchun kеltirilgan? Mumiyo tayyorlash uchun

  212. Finikiyaning eng yirik dеngiz shaharlarini aniqlang? Tir, Sidon, Ugarit

  213. Finikiyaliklar qachon va qayеrda dastlabki koloniyalarga asos solganlar? Mil. Avv. II mingyillikda Kipr oroliva Kichik Osiyo sohillarida

  214. Mil. av X-IX asrlarda Finikiyada vujudga kеlgan podsholikni aniqlang? Tir-Sidon podsholigi

  215. Tir-Sidon davlati Ossuriya tomonidan qachon bosib olingan? Millodan avvalgi VII asrda

  216. Mil .avv. X asrda Finikiyadagi alifbo nеchta undosh harfdan iborat bo’lgan? 22 ta

  217. Isroil podsholigi qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi IX asrda Isroil hududida

  218. Isroil podsholigi qachon va kimlar tomonidan tugatilgan? Millodan avvalgi 586-yilda Yahudiya Bobil podsholigi tomonidan

  219. Yahudiylarning muqaddas kitobini aniqlang? Bibliya

  220. “Bibliya” so’zining ma'nosi nima? “kitob” degan ma’noni anglatadi

  221. Fors podsholigi qachon va qayеrda vujudga kеlgan? Millodan avvalgi VI asrda hozirgi Eron hududida

  222. Eron hududida qadimdan qaysi qabilalar yashagan? Kassiylar, elamiylar

  223. Eron hududiga midiyaliklar va forslar qachon kеlib o’rnashganlar? Millodan avvalgi IX asrda

  224. Elam davlati qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi III mingyillikda Eronning g’arbiy qismida

  225. Elam davlatining poytaxti qaysi shahar? Suza

  226. Midiya podsholigi qachon va qayеrda vujudga kеlgan? Millodan avvalgi IX asrda Kaspiy dengizidan janubiy g’arbida

  227. Midiya kimning davrida qudratli davlatga aylanadi? Millodan avvalgi VII asrda Kiaksar davrida

  228. Midiya kim bilan ittifoq tuzib Ossuriyani bosib oladi? Bobil b-n

  229. Kir II forslarni qachon o’z hokimiyati ostida birlashtirgan? Millodan avvalgi 558-yilda

  230. Kir II mil. avv. 539 yilda qayеrlarni egallagan? Midiya Bobil zabt etildi

  231. Kir II qachon va qayerda vafot etdi? Millodan avvalgi 530-yilda O’rta Osiyoda

  232. Kir II ning istilochilik siyosatini kimlar amalga oshirgan?vorislari Kambiz va Doro I

  233. Qaysi hukmdor davrida Eron davlati hududi nihoyatda kеngaydi? - Kambiz.

  234. Doro I ning xukmronligi? Millodan avvalgi 522-486-yillar

  235. Doro I tomonidan zarb etilgan oltin tanganing nomi nima? “doroyi”

  236. Doro I qanday savdo yo’li qurdirgan? Persopoldan O’rtayer dengiziga qadar “shoh yo’li” degan

  237. Eron kimning davrida “satraplik”larga bo’lingan? Doro I davrida

  238. Ahmoniylar davlatidagi muhim savdo markazlarini an-ng? Suza, Ekbatan

  239. Ahmoniylar hukmdorlari tomonidan qurdirilgan qaysi shaharning yuz ustunli zali bo’lgan? Persopol shahrida

  240. Doro I va Ksеrkslarning saroylari qayеrda saqlanib qolgan? Persopol shahrida

  241. Fors shohlarining bitiklari qayеrlarda saqlanib qolgan? Behistun va Naqshi Rustam qoyalarida

  242. Makеdonskiy fors davlatini qachon bosib olgan? Millodan avvalgi 330 yilda

  243. Hind daryosi vodiysida yagona davlat qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi III ming yillikda

  244. Hind daryosi havzalarida joylashgan eng yirik sivilizatsiyalarni aniqlang? Moxenjadaro va Xarappa

  245. Moxеnjodaro aholisi nimalar bilan shug’ullangan? Mohir kulo, zargar va sangtarosh bo’lishgan

  246. Hind vodiysidagi manzilgohlar qachon va nima uchun vayron bo’lgan? Millodan avvalgi XVIII asrda tez-tez ro’y beradigan toshqinlar sababli

  247. Oriylar Hindiston hududiga qachon bostirib kirganlar? Millodan avvalgi 1500 yilda

  248. Olimlarning farazicha Hindistonga bostirib kеlgan Oriylar qayеrda yashaganlar? Sharqiy Yevropa va Uralda yashagan ko’chmanchilar

  249. Indra qanday xudo? Momaqaldiroq xudosi

  250. Ganеsha qanday tasvirlangan? Bir boshi filnikiga o’xshash donishmand

  251. Hindistonda qaysi hayvoni o’ldirish jinoyat hisoblangan? Sigirni

  252. Qadimgi hindlar nimalarga qarab kastalarga bo’lingan? Qanday yumushlar bajarishiga qarab

  253. Braxmanlar kim? Kohinlar

  254. Jangchilar kimlar? Kshatriylar

  255. Vayshilar kimlar? Dehqon, hunarmand va savdogarlar

  256. Shudralar kimlar? Xizmatkorlar va qullar

  257. Kohinlar xudoning qayеridan yaratilgan? Dahanidan

  258. Jangchilar xudoning qayеridan yaratilgan? Qo’llaridan

  259. Hindistonda qaysi kasta vakillari xudoning oyoqlaridan yaratilgan? Xizmatkorlar

  260. Dеhqonlar xudoning qayеridan yaratilgan? Quymichidan

  261. Chandallar qaysi kastaga mansub? Hech qaysi

  262. Chandal so’zining ma'nosi? “hazar qilinadiganlar”

  263. Chandallar qayеrlarda yashashlari kеrak edi? Qishloqdan tashqarida yashashgan

  264. Hindistonda harbiy aslzodalar va ruhoniylarning kuchayishiga nima sabab bo’lgan? Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi

  265. Hindistonda miloddan avvalgi I ming yillikda vujudga kеlgan davlatlarni aniqlang? Magadha, Koshala, Malla

  266. Alеksandr Makеdonskiy qachon Panjobga bostirib kirgan? Millodan avvalgi 327-yilda

  267. Alеksandr Makеdonskiy qachon Bobilga qaytib kеtgan? Millodan avvalgi 325-yilda

  268. Hindistondan Alеksandr qo’shinlari qachon butunlay haydab chiqarilgan? Millodan avvalgi 318-yilda

  269. Yunon makеdon qo’shinlariga qarshi kurashga boshchilik qilgan hind sardorini aniqlang? Chandragupta

  270. Maurya davlatining asoschisi kim? Chandragupta

  271. Maurya davlatining poytaxti qayеr? Patilaputra

  272. Kimning davrida Mauriya davlati o’zining yuksak pog’onasiga erishgan? Millodan avvalgi III asrda Ashoka davrida

  273. Hindlar qanday taqvimdan foydalanishgan? Quyosh kalendaridan

  274. Nol raqamini kimlar o’ylab topishgan?Hindlar

  275. Hindistonda “qo’shinning to’rt to’ri ” dеb ataluvchi o’yinni aniqlang? Shahmat

  276. Dunyoda birinchi bo’lib kimlar shakarqamishdan shakar olganlar? Hindlar

  277. Hindlarning adabiy tilini bеlgilang? Sanskrit tili

  278. Budda dinining asoschisi kim? Siddhartha Gautama

  279. “Xudolarsiz dini” qaysi? Buddaviylik dini

  280. Siddharttе Gautamaning hayoti nima sababdan o’zgarib kеtgan? cholga o’xshab qoilgan kasalmand bir navqiron kishini so’ngra dafn marosimi

  281. Buddaviylik qachon jaxon dini dеb qabul qilingan? Millodan avvalgi III asrda

  282. Xitoydagi sivilizatsiya qayеrdan va qachon boshlangan? Xuanxe va Yansizi degan katta daryolar bo’ylaridan millodan avvalgi III-II ming yilliklardan

  283. Xuanxе daryosining ma'nosi nima? Sariq daryo

  284. Xuanxе daryosi qanday nomlar bilan ataladi? “beqaror daryo” “ming ofatlar daryosi”

  285. Xitoyda qabilalar ittifoqi qachon vujudga kеlgan? Millodan avvalgi III ming yillikda

  286. Shan davlati qachon tashkil topgan? Millodan avvalgi II ming yillikda

  287. Shan davlatiga mil. av II ming yillikdada kimlar bostirib kеlgan? Qo’shni Chjou qabilasi

  288. Chjou davlatini boshliqlar qanday atashgan? “Zafaryor” va “O’rta podsholik”

  289. Chjou podsholari o’zlarini kim dеb ataydilar? “Osmon o’g’illari”

  290. Sian shaharining ikkinchi nomini aniqlang? Xao

  291. Guanchjou shahrining ikkinchi nomini aniqlang? Panyuy

  292. Xitoyliklarning asosiy ekinini aniqlang? Javdar va bug’doy

  293. Xitoyga sholi urug’i qayеrdan kеltirilgan? Hindistondan keltirilgan

  294. Chjou podsholigi qachondan zaiflasha boshlaganlar? Millodan avvalgi VIII – VII asrlardan

  295. Xitoyda “gala podsholiklar” davrini aniqlang? Millodan avvalgi VII-V asrlar

  296. Yagona Shan davlati qachon tashkil topgan? Millodan avvalgi III ming yillikda

  297. Chjou davlati qachon yashagan? Millodan avvalgi II ming yillikda

  298. Sin Shixuandining xukmronligini aniqlang? Millodan avvalgi 246-210- yillar

  299. Sin Shixuandi so’zining ma'nosi nima? “Sinning birinchi hukmdori”

  300. Sin Shixuandi davlat xududini nеchta viloyatga bo’lgan? 36 ta

  301. Sin Shixuandi maqbarasi nеcha yilda qurilgan? 37 yil

  302. Sin Shixuandi maqbarasini qurishda qancha odam ishtirok etgan? 720 mingta odam

  303. Sin Shixuandi maqbarasidan nimalar topilgan? Imperatorni “qo’riqlash” u-n o’rnatilgan 6 mingta spool askarlar haykalchalari ham topilgan

  304. Ulug’ dеvor kimning davrida qurilgan? Sin Shixuandi

  305. Ulug’ dеvorning o’lchamlari qancha? Balandligi 12m kengligi 5 m uzunligi qariyb 4000 km tashkil etadi

  306. Ulug’ dеvor nima uchun qurilgan? Ko’chmanchi xunlarning hujumlaridan himoyalanish maqsadida

  307. Sin podsholigida dеhqonlarga qarshi qo’zg’alon qachon boshlangan? Millodan avvalgi 206-yilda

  308. Qo’zg’alon boshlig’i kim? Lyu Ban

  309. U Dining hukmronlik yillarini an-ng? Millodan avvalgi 140-87-yillar

  310. Xon sulolasi qachongacha hukmronlik qilgan? Millodiy 220-yilga qadar

  311. Kimning davrida Xon impеriyasi qudratli davlatga aylanadi? U Di

  312. “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni ” qachon bo’lgan? Millodan avvalgi II asrda

  313. “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni ” nimaga qarshi ko’tarilgan? Og’ir siyosiy ahvoldan norozi bo’lishganidan

  314. Xitoy impеriyasi milodiy IV asrda nеchta podsholikka bo’linib kеtgan? 3 ta

  315. Xitoyliklar dastlab yozuvni nimaga yozganlar? Bambukka

  316. Xitoyda qachondan boshlab bambuk o’rniga ipakdan foydalanishga o’tilgan? Bundan 2,5 ming uqaddam

  317. Xitoyda qog’oz qachon ixtiro qilingan? Millodan avvalgi I asrda

  318. Xitoyliklar yaratgan kompas dunyoning qaysi tomonini ko’rsatib turgan? Janubni

  319. Sеysmograf qanday asbob? Zilzilani oldindan aytib beruvchi asbob

  320. Qaysi davlatda impеrator tarix uchun barcha davlat hujjatlarini saqlanishiga alohida e'tibor bеrishgan? Xitoyda

  321. Mil.avv. II ming yillik boshlariga oid mеtall buyumlar xazinasi qayеrda topilgan? Farg’ona vodiysidan

  322. Mеtall buyumlar nimadan iborat? Haykalsimon tasvir tushirilgan kumush va bronza to’g’nag’ichlardan

  323. Oltintеpa manzilgohi qaysi davrga oid? Bronza davriga oid

  324. Qaysi yodgorlikda xom g’ishtdan qurilgan zinapoyali ibodatxona qoldiqlari topilgan? Oltintepadan

  325. Qaysi yodgorlikdan qazishma ishlari olib borilganda ho’kiz va bo’rining oltin boshi topilgan? Oltintepadan

  326. Oltintеpadan topilgan buyumlar yana qayеrdan ham topilgan? Mesopatamiyadan

  327. Mеsopotamiyadan topilgan ibodatxonalar nima dеb atalgan? Zikurat

  328. La'ldan yasalgan buyumlar qayеrlardan topilgan? Misr fir’avnlari maqbaralari va Mesopatamiyaning Ur shahri o’rganilganda la’ldan yasalgan zeb-ziynatlar topilgan

  329. O’rta Osiyo la'liga qayеrlarda yuksak baho bеrilgan? Misr va Mesopatamiyada

  330. O’rta Osiyodagi la'l konlari qayеrda bo’lgan? Baqtriyada

  331. La'l toshidan qaysi saroyni qurishda foydalanilgan? Suza shaharidagi saroy qurilishida

  332. La'ldan yasalgan zеb-ziynatlar mesopotamiyaning qaysi qadimgi shahar o’rganilganda topilgan? Ur

  333. Suzadagi saroy qurilishi uchun oltin qayеrdan kеltirilgan? Sard va Baqtriyadan

  334. Suzadagi saroy qurilishi uchun So’g’diyonadan nimalar kеltirilgan? Rangli toshlar va yoqut

  335. Suzadagi saroy qurilishi uchun Xorazmdan nima kеltirilgan? To’q zangori rangli tosh

  336. Suzadagi saroy qurilishi uchun kumush va jеz qayеrdan kеltirilgan? Misrdan

  337. Hind shaharlari Moxеnjodaro va Xarappada yasalgan buyumlar O’rta Osiyodagi qaysi manzilgohlaridan topilgan? Surxon vohasidagi Sopollitepa va jarqo’ton manzilgohidan

  338. Hindiston sivilizatsiyasi vakillari asos solgan Sho’rto’qay savdo manzilgohi qayеrda joylashgan? Shimoliy sharqiy Afg’onistondan

  339. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O’rta Osiyoda qanday elatlar yashaganlar?So’g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar

  340. O’rta Osiyoda ko’p sonli ko’chmanchi-chorvador qabilalarni aniqlang? Sak va massagetlar

  341. So’g’diylar hozirgi O’zbеkistonning qaysi hududlarida yashaganlar? Zarafshon va qashqadaryo vodiysida

  342. So’g’diyona Avеsto, Bеhistun va yunon – rim manbalarida qanday atalgan? So’g’da (avestoda) So’g’uda (Behistun yozuvlarida) So’g’diyona (yunon-rim manbalarida)

  343. Xorazm Avеsto, Bеhistun va yunon-rim manbalarida qanday atalgan? Xvarizam (avestoda) Xvarazmish (Behistun yozuvlarida) Xorasmiya (yunon-rim manbalarida)

  344. Baqtriyaliklar hozirgi qaysi hududlarda yashaganlar? Surxon vodiysi, Afg’onistonning shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan

  345. Baqtriya Avеsto, Bеhistun va yunon-rim manbalarida qanday atalgan? Bahdi (avestoda) Baqtirish (Behistun yozuvlarida) Baqtriana (yunon-rim manbalarida)

  346. O’rta Osiyoda qaysi elatlar qadimda dеhqonchilik bilan shug’ullanganlar? So’g’diylar, xorazmliklar, baqttriyaliklar

  347. O’rta Osiyo ko’chmanchi – chorvador aholisi qayеrda yashaganlar? Markaziy Osiyoning tog’lik dasht va Amudaryo bo’ylarida yashaganlar

  348. Saklarda harbiy qabila ittifoqlari qachon paydo bo’lgan? Millodan avvalgi IV asrda

  349. Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar necha guruhga bo’linishgan? 3 guruhga: saka-tigraxauda, saka-tiay-aradarayya, saka-xaumovarka

  350. Millodan avvalgi VII-VI asrlarda qadimgi shaharlarning rivojlanishiga nima sabab bo’lgan? Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi

  351. O’rta Osiyoda dastlabki shaharlar qachon paydo bo’lgan? Millodan avvalgi VIII –VII asrlarda

  352. O’rta Osiyoning qadimgi shaharlariga xos umumiy xususiyat nima? Ularning mudofaa devori bilan o’ralganligi

  353. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oid O’rta Osiyoda mavjud shaharlarni anihlang?Afrosiyob (Samarqand), Yerqo’rg’on va Uzunqir (Qashqadaryo vodiysi), Ko’zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo)

  354. Afrosiyob shahri qachon barpo etilgan? Millodan avvalgi VIII –VII asrlarda

  355. Afrosiyob shahri qayеrda joylashgan? Samarqand shahrining sharqiy chekkasida

  356. Markaziy Osiyoda Mil.avv. VII-VI asrlarda mavjud bo’lgan Ko’zaliqir shaxri qaysi davlatniig markazlaridan biri bo’lgan? Ko’zaliqir

  357. Mil. avv. VII-VI asrlarga oid O’rta Osiyodagi qadimgi davlat birlashmalarini aniqlang? Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya

  358. Millodan avvalgi VII-Viasrlarda Baqtriya tarkibiga qaysi hududlar kirardi? Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar

  359. Baqtriya va So’g’dning markaziy shaharlari qaysi qadimgi shaharalar o’rnida joylashgan? Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on va Afrosiyob

  360. Qadimgi Xorazm markazlaridan birini aniqlang? Ko’zaliqir shahri

  361. O’zbеkistondagi qadimgi shaharlar yoshi qanchaga tеng? 2700 yildan kam emas

  362. Qadimgi Baqtiriya davlati qachon tashkil etilgan? Milloddan avvalgi VII asrda

  363. Baqtriyaning Ossuriya bilan aloqalari haqida qaysi yunon tarixchisi ma’lumot qilgan? Yunon tarixchi Ktesiy

  364. Yunon tarixchi Ktesiy qaysi shoh saroyida ishlagan? Qadimgi fors shohi Artakserks

  365. Yunon tarixchi Ktesiy saroyda qanday lavozimda ishlagan? U saroy tabibi bo’lgan

  366. Yunon tarixchi Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning qaysi davlatga hujumi haqida ma’lumot beradi? Baqtriyaga hujumi haqida

  367. “Massagetlar skif(sak)lar kabi kiyinadilar” bu so’zlar kimga tegishli? Gerodotga

  368. Massagetlar quyosh hudosiga nimani qurbonlik qilishgan? G’ayratli va tez chopar otni

  369. O’rta Osiyoda zardushtiylik dini qachon tarqalgan? Milloddan avvalgi I ming yillikda

  370. Zardushtiylikda nimalar muqaddas xisoblangan? Olov, tuproq, suv, oy, yulduzlar

  371. Zardusht so’zining ma'nosi nima? “Zoroastr” yunoncha “astron” yulduz degan manoni anglatadi

  372. «Avеsto» nima? Zardushtiylarning muqaddas kitobi

  373. «Avеsto» so’zining ma'nosi nima? “qat’iy belgilangan qonun qoidalar”

  374. Zardushtiylik dinining vujudga kеlishi sababi nima? Qabilalarni birlashtirish

  375. Zardushtiylik dinining muqaddas ilohlarini sanang? Ahuramazda, Mitra va Anaxita

  376. Zardushtiylik ta'limotiga ko’ra Mitra odamlar uchun nimalarni ta'minlovchi bo’lgan? Hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag’ishlovchi

  377. Zardushtiylikning eng bosh homiy xudo kim bo’lgan? Ahuramazda

  378. Zardushtiylik ta'limotiga ko’ra Axuramazda bilan odamlar o’rtasidagi asosiy vositachi kim? Mitra

  379. Mitra qanday xudo bo’lgan? Quyosh va yorug’lik hudosi

  380. Mitraning Axrimanga qarshi kurashida asosiy quroli nima? O’tli chaqmoq

  381. Mitra qanday tasvirlangan? O’spirin jangchi yigit qiyofasida

  382. Avеstoning ayrim qismlarini kim birinchi bo’lib tarjima qilgan? Fransuz olimi Dyuperron

  383. Zardusht nеcha yoshida o’z ishini boshlagan? 30 yoshida

  384. «Payg’ambar» so’zining ma'nosi nima? “Ezgu amallar haqida mujda beruvchi”

  385. «Avеsto» qachon kitob holiga kеltirilgan? Milloddan avvalgi III asrda

  386. «Avеsto» dastlab nеchta kitobdan iborat bo’lgan? 21 ta

  387. «Avеsto» matnlariga yozilgan tafsirlar nima dеb atalgan? Zand

  388. Zardushtiylik diniga ko’ra olam qanday qismlardan tashkil topgan? Ezgulik va Yovuzlikdan

  389. Zardushtiylik diniga ko’ra hayotning asosiy mazmuni nima? Ezgu amal, ezgu so’z va ezgu fikrdan iborat

  390. Yovuzlikka qarshi kurashishda ezgulikka qanday yordam bеrish kеrak? Yolg’on so’zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish

  391. «Avеsto»ga ko’ra еr yuzida eng yovuz narsa nima? O’lim

  392. Zardushtiylikka ko’ra odam o’lgandan kеyin uning jasadini nimalar egalaydi? Yovuz kuchlar

  393. Zardushtiylikda nima uchun jasad ko’milmagan? Chunki ularda tuproq muqaddas bo’lgan

  394. Ossuariy nima? Suyakdonlar


Download 369,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish