Finikiya va Falastin. Qadim zamonlarda Finikiya O‘rtayer dengizining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan. Savdo-sotiq finikiyaliklarning asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Finikiyaliklar qo‘shnilariga yog‘och, metallar va gazlamalar sotardilar. O‘rtayer dengizi sohilida Tir, Sidon, Ugarit singari yirik dengiz bo‘yi shaharlari vujudga keladi. Mil. avv. X asrda Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo‘lgan alifbo yaratildi. Yunonlar ana shu alifboni o‘zlashtirib oldilar va ularga unli harfl arni ham qo‘shib qo‘ydilar. Mil. avv. XI asrda Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Yahudiy podsholigi bilan birlashdi. Ko‘p o‘tmay Yahudiya Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |