Xett va Mitanni podsholigi. Taxminan mil. avv. XVIII asrda Kichik Osiyo markazida (hozirgi Turkiya hududida) xettlar degan shimollik xalq o‘z davlatiga asos soladi. Xattusa shahri ana shu davlatning poytaxti bo‘lgan. Aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik edi. Xettlar qo‘shni mamlakatlar bilan doimiy urushlar olib borishgan. Jangovar aravalar va emir uchli nayzalardan foydalanishgan. Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan qo‘shni Mitanni podsholigi xettlarning xavfli aqibiga aylandi. Urushlarda mitanniliklar ortiq qo‘shindan foydalanishgan. Tarixda nomlari noma’lum xalqlar (ularni «dengiz xalqlari» deb atashgan) xettlar poytaxtini bosib olib, shaharni butunlay vayronaga aylantirdilar. Davlat nuradi, xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |