Qadimgi forslar madaniyati. Suza, Ekbatana va boshqa shaharlar Ahamoniylar davlatining muhim savdo markazlari bo‘lgan. Persepol shahrida Doro I va Kserksning yuz ustunli zali bo‘lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgandi. Persepol saroyi devorlaridagi bo‘rtma naqshlarda ahamoniylar bo‘ysundirgan ko‘pgina elatlar vakillarining tasvirlari saqlanib qolgan. Ular asosan Fors shohlariga o‘lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan.
Qadimgi forslar mixxat belgi yozuvidan foydalanishgan. Fors shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga, shuningdek, Persepol saroyi devorlariga o‘yib yozilgan. Ular yurishlar, qo‘zg‘olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar haqida ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |