6-sinf.Tarix.11-20-mavzular 1.Qaysi diniy e`tiqodda har qanday xohish-istak azob-uqubatga olib keladi deb uqtiriladi? A)zardushtiylik B)buddaviylik C)Misr diniy e`tiqodi D)hinduiylik 2.Qadimgi Xorazmda mahalliy …… buyumlarning dovrug`i o`zga yurtlarga ham tarqalgan edi? A)to`quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik B)kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik C)to`quvchilik, kulolchilik, zargarlik D)qayiqchilik, qurolsozlik, uysozlik 3.Qadimgi Finikiya o`lkasi hozirgi qaysi hududlarga to`g`ri keladi? A)Turkiya, Suriya B)Liviya, Suriya C)Falastin, Suriya D)Suriya, Livan 4.Zardusht o`z da`vatlarida turli qabilalarni nimaga chorlagan? A)yagona davlat tuzishga B)halollikka C)birlikka D)zardushtiylik diniga 5.Quyidagi davlat hukmdorlarining qaysilari o`zlarining samoviy otasi bor deb hisoblashgan? A)Misr, Hindiston B)Hindiston, Xitoy C)Xitoy, Misr D)Misr, Mesopotamiya 6.Quyidagilardan bir asrda ro`y berganlarini aniqlang. 1.Midiya qudratli davlatga aylandi 2.Misrda so`nggi podsholik davri boshlandi 3.Buddaviylik dini vujudga keldi 4.Ossuriya davlati zavolga yuz tutdi 5.Qadimgi forslar Bobil shahrini zabt etdi 6.Maurya yuksak rivojlandi A)1,2,4,5 B)1,2,3,4,5 C)1,4,5,6 D)2,4,5,6 7.Quyidagilardan qaysi biri hindlarning ixtirosi emas? A)taqvim B)shakar C)nol D)shaxmat 8.Tarixda nomlari noma`lum xalqlar bir davlatni butunlay vayron etadi. Shu davlatning xavfli raqibiga aylangan davlatning hozirgi joylashgan hududi? A)Turkiya B)Iroq C)Turkiya va Suriya D)Suriya 9.Kassitlar bosqinidan keyin Bobilning qayta yuksalgan davrida yana qanday voqea sodir bo`ldi? A)Mezolit davri yakunlandi B)Avestoning ilk qismlari paydo bo`ldi C)Ossuriya qayta yuksaldi D)Misrda so`nggi podsholik davri boshlandi 10.Qaysi shaharning bosh darvozasi chiroyli va nafis bo`lib afsonaviy hayvonlar tasviri tushirilgan koshin taxtachalar bilan bezatilgan? A)Persepol B)Bobil C)Moxenjodaro D)Baqtriya 11.Qaysi davlatda hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlarning farzandlari ta`lim oladigan maktablar tashkil qilingan? A)Ahamoniylar B)Misr C)Bobil D)Xitoy 12.Finikiyaliklarning asosiy mashg`ulotlaridan biri? A)dehqonchilik B)savdo-sotiq C)dehqonchilik va savdo-sotiq D)dehqonchilik va chorvachilik 13.Kichik Osiyo markazida vujudga kelgan davlat janglarda qanday qurollardan foydalangan? A)jangovor arava, nayza B)otliq qo`shin, temir uchli nayza C)jangovor arava, temir uchli oybolta D)nayza, qilich 14.Insoniyatning ilk, qadimiy yozuvlarini ko`rsating. A)mixxat, sanskrit B)Misr iyerogliflari, finikiy alifbosi C)sanskrit, Elam yozuvi D)Misr iyerogliflari, Elam yozuvi 15.Qaysi ahamoniy hukmdor davrida qo`shinlar qaytadan tuziladi? A)Kambiz II B)Kir II C)Doro I D)Kserks 16.Asirlikka olingan qo`zg`olon boshliqlarining Doro I huzuriga olib kelinishi qayerdagi tasvirlarda saqlanib qolgan? A)Naqshi Rustam B)Persepol saroyi devorlari C)Behistun D)Suza 17.Hindistonda sherlar tasviri bilan qayerlar bezatilgan? A)ibodatxona ustunlari B)ko`chalar C)mavzelar va ulardagi uylar D)saroy ustunlari 18.O`zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar rivojlanayotgan bir vaqtda qaysi davlatda bir qancha davlatlar vujudga kelayotgan edi? A)Hindiston B)Xitoy C)Mesopotamiya D)Old Osiyo mamlakatlari 19.Hindistonda ilm-fanning qaysi sohalari yuksak taraqqiy qilgan? A)geografiya, tibbiyot B)astronomiya, tibbiyot C)matematika, astronomiya D)matematika, geografiya 20.Xitoyda asosiy dehqonchilik ekinlari? A)arpa va bug`doy B)javdar va bug`doy C)sholi va bug`doy D)javdar, sholi va bug`doy 21.Qaysi mahsulot tez orada butun dunyoga tarqalgan? A)ipak B)sholi C)choy D)ipak va choy 22.Xitoyda butun mamlakatni qamrab olgan qo`zg`olon qachon bo`lib o`tgan? A)mil.avv II asr B)mil.avv. III asr C)mil. III asr D)mil. II asr 23.Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini qaysi sohalar taqazo etgan? 1.savdo-sotiq 2.binokorlik 3.ziroatchilik 4.zargarlik 5.hunarmandchilik A)1,2,3,5 B)2,3,5 C)1,3,5 D)2,3,4 24.Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri? A)seysmogarf B)qog`oz C)ipak D)kompas 25.Zarafshon va Qashqadaryo hududida istiqomat qiluvchi aholi nima bilan shug`ullangan? A)dehqonchilik B)dehqonchilik va chorvachilik C)chorvachilik D)savdo va dehqonchilik 26.Amudaryoning quyi qismida yashovchi aholi? A)xorazmliklar B)baqtriyaliklar C)massagetlar D)saklar 27........ qalin va mustahkam mudofaa devori bilan o`ralgan? A)Afrosiyob B)Qiziltepa C)Ko`zaliqir D)Uzunqir 28.Hozirgi Samarqandning sharqiy chegarasida joylashgan qadimiy shahar qachon vujudga kelgan? A)mil.avv. VIII-VII asr B)mil.avv. VII-VI asr C)mi. VIII-VII asr D)mil.avv.IX-VIII asr 29.Zardushtiylik dinida insonning asosiy burchi? A)ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal qilish B)yolg`on so`zlamaslik, yaxshilik qilish, va`daning ustidan chiqish, aldamaslik C)toat-ibodatda bo`lish D)adolatli turmush tarsi 30.Zardusht va`zlari matnlari 21 ta kitobga jamlangan vaqtda qaysi davlat rivojlanishda yuksak cho`qqilarga erishgan? A)Xan B)Bobil C)Maurya D)Ossuriya
Do'stlaringiz bilan baham: |