Mustahkamlash
Lug’at ishi
sayohat – xarid qilish –
qaytmoq – xushmuomala –
Mustaqil ish. She’rni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
QOVUN
Obinovvot qovunman,
Bitta tishlab ovun, ma.
Nega bo‘ldim men nomdor?
Chunki choponim guldor.
Yonbosh qilib yotaman,
Shirin o‘yga botaman.
Xayolimda odamlar –
Bozorda meni tanlar.
Anvar Obidjon
Uyga vazifa. „Qovun“ she’rini yod oling.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
4-sinf Sana
Mavzu Bozorda. Qanday? Qanaqa? so’roqlari
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda bozor haqida tushunchani, sotuvchi – xaridor orasidagi o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |