Mustahkamlash She’r ustida ishlash
ORASTA BO‘L
Kitob va daftarni toza saqla,
Avvalambor ustini muqovala.
Hech bir varag‘iga yuqmasin gard,
Orasta o‘quvchi nomin oqla.
Kitob ichida xatcho‘ping bo‘lsin,
Satrlar ustida birma-bir yursin.
Barmog‘ingni ho‘llab varaqlama,
Bu yumushni ham xatcho‘ping qilsin.
Toza, dazmollangan kiyimda yurgin,
Ko‘rganlarning havasi kelsin.
Sinfda doimo namuna bo‘lgin,
A’lo xulqing maqtovda bo‘lsin.
(Muzaffar Turobov)
Lug’at ishi
xatcho‘p – xulq – yuqmasin gard – maqtov – satr –
avvalambor – yumush – nomin oqla – muqovalamoq –
1. She’r nima haqida ekanligini so‘zlab bering.
2. Orastalikka oid so‘zlarni topib, ularni daftaringizga ko‘chiring.
3. Yangi so‘zlarni yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |