She’r bilan ishlash
QISH MOMO
Osmon – elak, yer – supra,
Qish tinmasdan un elar.
Oqarmoqda qir, dala,
Oqarmoqda cho‘qqilar.
Hey, qish momo, qish momo,
Buncha sertashvish momo,
Unnayapsiz nimaga,
Ayting, nima qilasiz?
Robiddin Is’hoqov
Grammatik mavzuni tushuntirish
Qor yog‘di. Qorbo‘ron o‘ynadik.
Yer muzladi. Qorbobo yasadik.
Sirpanchiq bo‘ldi. Chang‘i (konki) uchdik.
O‘zbek tilida -sh, -ish qo‘shimchalari fe’llarga qo‘shilgandan keyin -di qo‘shimchasi kelsa, ishharakatning birgalikda bajarilishini ifodalaydi.
M a s a l a n : Bolalar qorbobo yasashdi.
Mustahkamlash
topshiriq. Matnni o‘qing va savolga javob bering -sh, -ish qo‘shimchalarining qo‘llanishiga diqqat qiling.
Qish fasli keldi. Kunlar sovidi. Kecha qor yog‘di. Hamma yoq oppoq bo‘ldi. Ana, bolalar hovliga chi qishdi. Ular qishki kiyimlarini kiyishgan. Qo‘llarida
qo‘lqoplari bor. Lola chanasini tortib chiqdi. Abror oyog‘iga konkisini bog‘lagan. Nodir bilan Nargiza qorbobo yasashyapti. Men ham hozir o‘ynamoqchiman. Onamdan ruxsat olib, hovliga chiqaman. Ayting-chi, men qanday o‘yin o‘ynay?
Do'stlaringiz bilan baham: |