Ko`rdim.
O`TIBDO`:
24.X.2016
26.X.2016. Ona tili. 6-sinf.
39-dars. HARAKAT NOMI
Darsning maqsadi:
O‘quvchilarga fe’lning harakat nomi shakli haqida bilim berish.
O‘quvchilarga axloqiy tarbiya berish.
O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, amaliy mashqlardan nazariy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning metodi: suhbat, o‘yin.
Darsning jihozi: 6-sinf ona tili darsligi.
Dars tashkil etilib, uy vazifasi tekshirib baholangach, mavzuga oid topshiriqlar bajariladi. 1-topshiriqqa ko‘ra o‘quvchilar fe’llarni tarkibiy qismlarga ajratadilar va qo‘shimchalarning ma’nosini aniqlaydilar.
Namuna: yozmoq fe’li tarkiban yoz- asos va -moq -harakat nomi shakli yasovchi qo‘shimchadan iborat, yozish harakatini anglatadi.
2-topshiriq shartiga ko‘ra o‘quvchilar mazkur so‘zlarni qatnashtirib gap tuzadilar va ularning gapdagi vazifasini aniqlaydilar.
Namuna: Chiroyli yozish ham bir san ‘at.
topshiriqlar bajarilgach, o‘qituvchi o‘quvchilarni yangi mavzuga yo‘naltirish uchun quyidagi savollar asosida suhbat o‘tkazadi:
Yuqorida keltirilgan fe’l shakllari qanday hosil qilingan?
Bu so‘zlar qanday ma’nolarni ifodalayapti?
Mazkur fe’l shakllari zamon va shaxsni ko‘rsatadimi?
O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini to‘ldirib, umumlashtirib mavzuni tushuntiradi.
128-mashq topshirig‘iga ko‘ra, o‘quvchilar berilgan hikmatlarni nuqtalar o‘rniga harakat nomi yasovchi qo‘shimchalardan mosini qo‘yib o‘qiydilar va yod oladilar.
N a m u n a : Bilim o ‘qish va takrorlash mevasidir.
O‘qituvchi o‘quvchilarga mazkur matndagi hikmatlar asosida axloqiy tarbiya beradi.
129-130-mashqlarni esa «Bu so‘z bizniki» o‘yini tarzida bajartirish maqsadga muvofiq. Bunda sinf o‘quvchilari «Topqirlar», «Zukkolar» «Bilimdonlar» kabi guruhlarga bo‘linadilar va harakat nomi yasovchi qo‘shimchalarni aniqlaydilar.
N a m u n a : sana — sanash kabi.
Keyin mavzu «Berilgan qo‘shimchalar vositasida so‘zlar yasaymiz» nomli musobaqa o‘yini tarzida mustahkamlanadi. O‘yin darslikda berilgan mavzuga oid savol va topshiriqlarga asoslanadi. Sinf o‘quvchilari odatdagidek uch guruhga bo‘linadi. «Topqirlar» guruhiga -sh, -ish, «Zukkolar» guruhiga -v, -uv, «Bilimdonlar» guruhiga -moq, -mak qo‘shimchalari vositasida harakat nomlari yasash topshiriladi, g‘olib guruh va faol o‘quvchilar baholanadi.
N a m u n a : «Zukkolar» guruhi: sayla — saylov kabi.
131-mashqdagi gaplarda qo‘llangan harakat nomlarini o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birgalikda ko‘chirib yozish uyga vazifa qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |