6-sinf I-chorak № 9 Sana: 04.10.2019
6A ”4”oktabr 2019 yil 6B ”4”oktabr 2019 yil
Mavzu: Futbol. Futbol: to‘pni olib yurish va to‘pni oyoq yuzasining ichki tomoni bilan tepish
Dars jihozi: tennis koptogi, bayroqcha
O`tish joyi: maydon.
Dars maqsadi
|
Ta`limiy
|
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha asosiy tushunchalarni, ularning mohiyatini hamda dasturda mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni o‘quvchilarga o‘rgatish tushuniladi. Ta`limiy vazifani amalga oshirishda o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, ya`ni sport turlari, sport anjomlari va ulardan foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda yosh-fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lgan jismoniy yuklamalarni mustaqil ravishda belgilay olish kabi ma`lumotlar beriladi.
|
Tarbiyaviy
|
jismoniy tarbiya va sport faoliyatining kerakligicha ta`minlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aqliy, este tik tarbiyalar bilan shakllantirib boriladi.
|
Sog‘lomlashtiruvchi
|
O‘quvchilarning organizmlari, sog‘lig‘ini mustahkamlash, har tomonlama jismonan tarbiyalashga qaratiladi. O‘quvchilarning
yosh xususiyatlariga qarab quyidagi vazifalar amalga oshirib boriladi:
a) organizmni chiniqtirish;
b) jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Umumiy o‘rta ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari esa sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish.
Jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish
|
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va
qo‘llay olish kompetensiyasi
|
A1
kun tartibi qoidalariga rioya qila olish, ertalabki badantarbiya va dars jarayonida chiniqtirish mashqlarini bajara
olish,saflanish va yurish qoidalarini bajara olish, harakatli o‘yin turlari va ularning qoidalarini bilish, jismoniy mashqlarning inson salomatligiga ta`sirini bilish, shaxmatning boshlang‘ich o‘yin qoidalarini bilish.
A2
jismoniy mashqlarni bajarishda gigienik qoidalarni bilish,gimnastika anjomlaridan xavfsiz foydalana olish, yengil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rnini bilish, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol sport o‘yinlarining himoya va hujum
usullarini bilish, kurash elementlari hamda usullarini bajara olish, qomatni to‘g‘ri shakllantirish mashqlarini bajara olish;
shaxmat donalarining yurish hamda shoxni mot qilish qoidalarini bilish, o‘yin mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik qoidalarini bilish.
|
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali
jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi
|
A1
jismoniy mashqlarni (saf, akrobatika, tayanib sakrash, muvozanat saqlash, tayanish va osilish, tirmashib chiqish) bajarishda mashqlar ketma -ketligini bir-biri bilan bog‘lay olish, mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiyaga) ega bo‘lish, mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay olish.
A2
saf, umumrivojlantiruvchi (buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan) mashqlar majmuasi, gimnastika (tayanib sakrash, tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar, umbaloq oshish, muvozanat saqlash), yengil atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish), sport va harakatli o‘yin mashqlarini bajarish qoidalariga rioya qila olish, hayotiy zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiya) ega bo‘lish, fikrlash asosida mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay olish.
|
Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi
|
A1
jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal qila olish, jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin va keyin yurak urish me`yorini aniqlay olish, jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidala riga amal
qila olish.
A2
gimnastika sport turlari bo‘yicha turli jihoz va anjomlarning nomlarini biladi, tuzilishini tushuntira oladi hamda amaliy mashg‘ulotlarda belgilangan qoidalar asosida foydalana olish, o‘zi yoki boshqalar shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish.
|
DARSNI BORISHI
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta`lim beruvchi
|
Ta`lim oluvchi
|
1- bosqich
Tayyorgarlik qismi
(10 daqiqa)
|
O`quvchilarni saflantiraman, Navbatchi davomatini qabul qilaman,O`quvchilar bilan salomlashaman, Uyga berilgan vazifani so`rayman, Yangi mavzu bilan tanishtiraman, Turgan joyda burilishlar (o`nga , chapga ,ortga ) To`g`riga yurish , sekin yugurish , harakatda mavzuga mos maxsus mashiqlar bajartiraman . Har xel tezlikda yugurishlar , asta – sekin yurishga o`tib nafasni rostlash uchun yengil mashqlar bajartiraman . Bir qatordan to`rt qatorga saflantirib . Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajartiraman. Dars mavzusiga qarab maxsus mashqlar bajartiraman.
|
O`quvchilar safga bo`yma-bo`y turadilar,Navbatchi davomat topshiradi, Yangi mavzu bilan tanishadilar,
Burilish vaqtida oyoq harakatlariga e`tibor berish,To`rt qatorga saflanib URM bajaradilar
|
2-bosqich
Asosiy qism
(30 daqiqa)
|
Mavzu: Nazariy: Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish (futbol) jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish asoslari.
Amaliy: Futbol: to‘pni olib yurish va to‘pni oyoq yuzasining ichki tomoni bilan tepish
To`p olib yurish yordamida o`yinchi har xil joyga ko`chib yurishi mumkin. Bunda to`p doim o`yinchi nazoratida boMadi. To`p olib yurishda yugurib, (ba`zan yurib) to`pga turli xil zarba beriladi. Zarba berish ketma-ket va turli maromda, oyoq bilan yoki kalla bilan ijro etiladi. To`p olib yurishning ba`zi usullari mustaqil ahamiyatga ega bo`lmay, o`yinda o`z xolicha kamdan-kam qo`llaniladi. Ammo ulami to`p olib yurishning boshqa xillari bilan birga qo`shib olib borish o`rinli bo`ladi. Masalan, son yoki kalla bilan to`p olib yurish jihatdan noo`rin. Lekin o`yinda ko`pincha shunday vaziyatlar yuzaga kelib qoladiki, unda to`pni oldin bir necha marta kallada urib, keyin sonda ozroq o`ynatib, pirovardida oyoq bilan kerakli usulda olib yurishga o`tiladi.
Oyoq bilan to`p olib yurish. To`p olib yurishning bu asosiy usuli yugurish hamda to`pga oyoq bilan turli usullarda zarba berib borishning birga qo`shil-ganidir. Yugurish va to`pga oyoq bilan zarba berish texnikasining tahlili alohida-alohida yuqorida berilgan. Shuning uchun to`p olib yurishning eng muhim detallari va xususiyatlariga to`xtalib o`tamiz.
To`p olib ketayotganda, taktik vazifalardan kelib chiqib to`pga har xil kuch bilan zarba beriladi. Kattaroq masofani tez bosib o`tish kerak bo`lsa, to`pni o`zidan 10-12 m uzoqlashtirib yuguriladi. Bunda raqib qarshilik ko`rsatsa, to`pni oldirib qo`yish mumkin. Shuning uchun to`pni uzluksiz nazorat qilib borish va 1-2 m dan ortiq uzoqlashtirib yubormaslik kerak. Shuning bilan birga to`pga tez-tez zarba beraverish ham to`p olib yurish tezligini kamaytirib yuborishini unutmaslik lozim.
Ko`rilgan ikkala holda ham zarba berish uchun maxsus silkinish harakatlarini qilishning zarurati yo`q. Orqadagi oyoqda depsinish zarba berish uchun tayyorlov fazasi bo`ladi. Tayanch oyoq to`pning yonginasiga qo`yiladi. Silkinuvchi oyoq to`p tomon harakat qilib zarba beradi.
To`p olib yurishning o`yinda eng ko`p qo`llaniladigan bir necha turi bor. Ular bir-biridan zarba berish usuli bilangina farq qiladi
To`pni olib yurish:
a — oyoq yuzining o'rtasi bilan,
b - oyoq yuzining tashqi qismi bilan,
c — oyoq kaftining ichki tomoni bilan,
d - oyoq uchi bilan
Oyoq yuzining o`rta qismi bilan va oyoq uchi bilan to`p olib
ketilayotganda asosan to`g`ri chiziqli harakat qilinadi. Oyoq yuzining ichki qismi bilan to`p olib yurish yoy bo`ylab harakatlanish imkonini
beradi. Oyoq kaftining ichki tomoni bilan to`p olib yurishda harakat
yo`nalishini keskin o`zgartirish mumkin. Oyoq yuzining tashqi qismi
bilan to`p olib yurishni universal usul deb hisoblasa bo`ladi. Bu usul
to`g`ri chiziqli harakat qilish, yoy bo`ylab harakatlanish va yo`nalishni
o`zgartirish imkonini beradi
|
Futbol qoidalari
O‘yin oldidan darvoza tanlash va to‘pni o‘yinga kiritish yuzasidan qur’a tashlanadi. To‘p maydon markaziga qo‘yiladi va hakamning ishorasi bilan u o‘yinga kiritiladi.
To‘pni dastlab o‘yinga kiritishda, ikkala jamoa o‘yinchilari o‘z maydonlarida bo‘ladilar. Gol kiritilgandan keyin, to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa o‘yinni markazdan boshlaydi. Tanaffusdan keyin jamoalar o‘rin almashadilar. O‘yinni avval boshlamagan jamoa boshlaydi.
„Tortishuvli“ to‘p. Bunda hakam qoidalarda ko‘zda tutilmagan sabab bilan o‘yinni to‘xtatadi. So‘ngra to‘pni ikki o‘yinchi orasida
tepaga otadi.
O‘yindan tashqari holat. Bunda raqib jamoaning hujumchisi to‘pdan avval darvoza oldida paydo bo‘ladi. Buning uchun jarima
sifatida erkin to‘p belgilanadi.
Raqibni ta’qib qilish. Bunda o‘yinchi jo‘rttaga raqib va to‘p orasiga kirib oladi, gavdasi bilan unga xalaqit beradi, shu bilan sherigiga to‘pni egallashiga imkon beradi. Jazo—o‘sha joydan to‘ptepishdir.
Jarima yoki erkin to‘p tepish. Agar o‘yinchi raqibni tepsa, yiqitsa, chalib yiqitsa, unga sakrasa, turtsa, qo‘li bilan ursa yoki urmoqchi bo‘lsa, orqadan itarsa, ushlasa yoki to‘pni qo‘l bilan o‘ynasa, jarima to‘pi belgilanadi. Agar o‘yinchi bunday holatni o‘z jarima maydonida sodir etsa, 11 metrli jarima belgilanadi, boshqa
paytda erkin to‘p tepiladi.
11 metrli zarb. U darvozadan 11 metr naridan tepiladi. Darvozabon va to‘p tepuvchidan tashqari barcha o‘yinchilar chetda
turadilar 9 metr narida. Zarb berilmaguncha darvozabon o‘rnidan jilmaydi. Zarb berayotgan o‘yinchi to‘pni faqat darvozaga tepadi. To‘p darvozabondan qaytadigan bo‘lsa, to‘p tepgan o‘yinchi unitakror tepmaydi.
To‘p tashlash. Bu ish to‘p chetga chiqib ketsa, o‘yinchi uniyon chiziqdan o‘yinga kiritadi. U to‘pni ikki qo‘llab boshi uzra
irg‘itadi. To‘p tashlagan o‘yinchi unga qayta tegmaydi. To‘p o‘z darvozasi tomon tashlansa, burchakdan to‘p tepiladi.
Burchakdan to‘p tepish. Himoyalanayotgan jamoa o‘yinchisi to‘pni chiziqdan chiqarib yuborsa, burchakdan to‘p tepish belgilanadi. Jamoa o‘yinchilari 9 metr uzoqda turadilar. Burchakdan to‘p tepganda u darvozaga kirsa, gol hisoblanadi.
To‘pni darvoza oldidan o‘yinga kiritish. Bunda to‘p hujumchi jamoa o‘yinchisidan tashqariga chiqib ketsa, to‘p darvoza oldidan o‘yinga kiritiladi. O‘yinchilar jarima maydonchasidan tashqarida turadilar.
To‘pga oyoq qo‘yish. Agar to‘p raqibdan noto‘g‘ri va qo‘pol ravishda olinsa, raqib o‘yinchisi himoyachining oyog‘iga qoqilib
yiqilsa, erkin to‘p belgilanadi. O‘yin oidalarida so‘kingan, haqorat qilgan, raqibni oyoq yoki qo‘l bilan urgan o‘yinchilarni jazolash ko‘zda tutiladi. Jazo—ogohlantirish yoki maydondan chiqarib yuborishdan iboratdir.
|
3-bosqich
Yakuniy qism
(5 daqiqa)
|
O`quvchilarni bir qatorga saflantirib nafasni rostlash va organizimni dastlabki holatiga keltirish uchun harakatda yengil mashqlarni bajartiraman Safni to`xtatib o`quvchilarni baholayman .Uyga vazifani berish. O`quvchilar bilan xayirlashaman.
|
Harakatda yengil mashqlar bajaradilar
Uyga vazifani oladilar.
|
O`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: M.Dadajonov
Jismoniy tarbiya o`qituvchisi: N.Angurov
6-sinf I-chorak № 11 Sana: 08.10.2019
6A ”___”oktabr 2019 yil 6B ”___”oktabr 2019 yil
Mavzu: Futbol. To‘pni tepish texnikasini bajarish; darvozabon o‘yini.
Dars jihozi: Futbol to`pi, hushtak
O`tish joyi: futbol maydoni.
Dars maqsadi
|
Ta`limiy
|
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha asosiy tushunchalarni, ularning mohiyatini hamda dasturda mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni o‘quvchilarga o‘rgatish tushuniladi. Ta`limiy vazifani amalga oshirishda o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, ya`ni sport turlari, sport anjomlari va ulardan foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda yosh-fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lgan jismoniy yuklamalarni mustaqil ravishda belgilay olish kabi ma`lumotlar beriladi.
|
Tarbiyaviy
|
jismoniy tarbiya va sport faoliyatining kerakligicha ta`minlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aqliy, este tik tarbiyalar bilan shakllantirib boriladi.
|
Sog‘lomlashtiruvchi
|
O‘quvchilarning organizmlari, sog‘lig‘ini mustahkamlash, har tomonlama jismonan tarbiyalashga qaratiladi. O‘quvchilarning
yosh xususiyatlariga qarab quyidagi vazifalar amalga oshirib boriladi:
a) organizmni chiniqtirish;
b) jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Umumiy o‘rta ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari esa sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish.
Jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish
|
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va
qo‘llay olish kompetensiyasi
|
A1
kun tartibi qoidalariga rioya qila olish, ertalabki badantarbiya va dars jarayonida chiniqtirish mashqlarini bajara
olish,saflanish va yurish qoidalarini bajara olish, harakatli o‘yin turlari va ularning qoidalarini bilish, jismoniy mashqlarning inson salomatligiga ta`sirini bilish, shaxmatning boshlang‘ich o‘yin qoidalarini bilish.
A2
jismoniy mashqlarni bajarishda gigienik qoidalarni bilish,gimnastika anjomlaridan xavfsiz foydalana olish, yengil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rnini bilish, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol sport o‘yinlarining himoya va hujum
usullarini bilish, kurash elementlari hamda usullarini bajara olish, qomatni to‘g‘ri shakllantirish mashqlarini bajara olish;
shaxmat donalarining yurish hamda shoxni mot qilish qoidalarini bilish, o‘yin mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik qoidalarini bilish.
|
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali
jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi
|
A1
jismoniy mashqlarni (saf, akrobatika, tayanib sakrash, muvozanat saqlash, tayanish va osilish, tirmashib chiqish) bajarishda mashqlar ketma -ketligini bir-biri bilan bog‘lay olish, mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiyaga) ega bo‘lish, mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay olish.
A2
saf, umumrivojlantiruvchi (buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan) mashqlar majmuasi, gimnastika (tayanib sakrash, tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar, umbaloq oshish, muvozanat saqlash), yengil atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish), sport va harakatli o‘yin mashqlarini bajarish qoidalariga rioya qila olish, hayotiy zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiya) ega bo‘lish, fikrlash asosida mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay olish.
|
Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi
|
A1
jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal qila olish, jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin va keyin yurak urish me`yorini aniqlay olish, jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidala riga amal
qila olish.
A2
gimnastika sport turlari bo‘yicha turli jihoz va anjomlarning nomlarini biladi, tuzilishini tushuntira oladi hamda amaliy mashg‘ulotlarda belgilangan qoidalar asosida foydalana olish, o‘zi yoki boshqalar shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |