6-sinf
Geografiya fani
2- (yarimyil) chorak Summativ baholash
1-variant
1. Yer yuzi nechta materikka bo`lib o`rganiladi?
A) 5 ta materikga bo`lib o`rganiladi
B) 4 ta materikga bo`lib o`rganiladi
C) 6ta materikga bo`lib o`rganiladi
D) 7 ta materikga bo`lib o`rganiladi
2. Eng katta materikni belgilang.
A) Afrika
B)Shimoliy Amerika
C) Janubiy Amerika
D)Yevrosiyo
3. Yer yuzidagi eng katta okean qaysi?
A)Atlantika
B) Tinch okean
C) Shimoliy muz okean
D) Hind okean
4.,,Toshkent ’’relyefli globusini kim yasagan?
A) H.Hasanov
B) I.Oshev
C) N.Dolimov
D) Q.Zokirov
5. Materiklarni o`rganish nima uchun Afrikadan boshlanadi?
A)Chunki u tabiatining barcha xususiyatlariga ko`ra takrorlanmas hamda o`ziga xos bo`lgan quruqlikdir.
B) Chunki Afrikadan ekvator chizig`i o`tgan.
C)Chunki Afrika hamisha issiq bo`ladi
D) Chunki u ikki okean oralig`ida joylashgan
6. Dunyo okeani bo`ylab qaysi dengizchi safarga chiqqan?
A)H.Hasanov
B)Q.Zokirov
C)F.Magellan
D)K.Ptolomey
7. Dengiz, qo`ltiq, bo`g`izlar okeanlarning qanday qismlaridir?
A)Yirik qismlari
B)Kichik qismlari
C)O`rta qismlari
D)Mayda qismlari
8. Masshtabiga ko’ra qanday xaritalar bo’ladi?
A) Yirik masshtabli, mayda masshtabli
B) Mayda masshtabli, o’rta masshtabli
C) O’rta masshtabli , yirik masshtabli
D) Yirik masshtabli, o’rta masshtabli, mayda masshtabli
9. Mazmuniga ko’ra xaritalar qanday turlarga bo’linadi?
A) Umumgeografik xarita, mavzuli xaritalarga
B) Mavzuli xaritalar
C)Umumgeografik xaritalar
D)Kompleks xaritalar
10. Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit ,bo’linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning sistemali to’plamiga nima deyiladi?
A) Kompleks xaritalar
B) Umumgeografik xaritalar
C) Geografik atlas
D) Mavzuli tabiiy xarita
11. Qaysi olimning geografik xaritalar to’plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin?
A) Klavdiy Ptolomey
B) Hamidulla Hasanov
C) Mahmud Qoshg’ariy
D) Ahmad Farg’oniy
12. Xaritalarning to’plami uchun “Atlas” nomi kim tomonidan (1595-yil) taklif etilgan?
A) F. Mogellan
B) Merkator
C) X. Kolumb
D)Eratosfen
13. 1886 yili Hoji Yusuf Hayaity yasagan globus hozirgi kunda qayerda saqlanmoqda?
A) Ozbekiston tarixi davlat muzeyi
B) O’zMU geografiya fakulteti
C) O’zbekiston davlat san’at muzeyida
D).Samarqand madaniyat va san’at tarixi muzeyida
14. “Toshkent” relyefli globusi qayerda o’rnatilgan?
A) TDPIning geografiya fakultetida
B) O’ZMUning geografiya fakultetida
C)O’zbekiston davlati tarixi muzeyida
D) Samarqand madaniyat va san’at tarixi muzeyida
15. Yerning geografik qobig’i deb nimaga aytiladi?
A) Atmosfera, Gidrosfera, Litosfera, Biosferani o’z ichiga olgan va ta’sirlashib turadigan yaxlit qobiq.
B) Troposfera, Litosferaning ustki g’ovak qatlami,Gidrosfera, Biosferani o’z ichiga olgan va o’zaro ta’sirlashib turadigan yaxlit qobiq.
C) Atmosfera,Gidrosfera, Litosferani o’z ichiga olgan va o’zaro ta’sirlashib turadigan yaxlit qobiq.
D) Atmosfera, Gidrosfera, Litosfera Biosferani o’z ichiga olgan yaxlit qobiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |