Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish.Yuqlama qilish.Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Tabiatda soya va yarim soya hosil bo'lishini katta masshtabda Quyosh va Oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma'lumki, Quyosh atrofida boshqa sayyoralar kabi Yer ham o'zining tabiiy yo'ldoshi Oy bilan birgalikda aylanib turadi. Yer Quyosh atrofida 365, 26 sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa Yer atrofida 27 sutka 7 soat 43 minutda bir marta aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir momentda Yer va Quyosh oralig'iga Oy tushib qolsa, Oy Quyoshdan keluvchi nurlarni to'sib qoladi. Shunda Quyosh tutilishi ro'y beradi (96-rasm).
Yerdagi A sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to'la to'silib qolganligidan, u yerda qorong'ilik bo'ladi. Bu joyda Quyoshning to'la tutilishi kuzatiladi. Yerning В sohasida esa yarim soya bo'ladi. Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning qisman tutilishi ro'y beradi. Yerda Quyoshning to'la tutilishi kuzatilgan joylarida to'la qorong'ilik bo'lganligidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko'rinadi. Yerning bu sohasi isitilishdan to'xtaganligidan shamollar paydo bo'ladi. Noxush vaziyat vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan. Bu esa odamlarga ta'sir etib vahimaga tushishgan.
45-MAVZU
Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig'iga Yer tushib qolsa, Oy tutilishi ro'y beradi (97-rasm). Oy o'zidan yorug'lik chiqarmaydi.
Yer to'sib qolganda Yerning soyasi Oyga tushadi. Yerning atmosferasi bo'lmaganda edi, Oy tutilishi davrida u ko'rin- may qolar edi. Yer atmosferasi Quyosh nurlarini sochib yuborganligi tufayli Oyning tutilishi davrida qizg'ish disk shaklida ko'ramiz.
96-rasm 97-rasm
Yer va Quyosh oralig'ida ikkita sayyora harakatlanadi. Ularni Merkuriy va Venera deb atashadi. Ular Yer bilan Quyosh oralig'ida turib qolganda Quyosh tutilishi ro'y beradimi? Yer bilan bu sayyoralar oralig'i juda katta bo'lganligidan ularning soyasi juda kichik bo'ladi. Shunga ko'ra maxsus asboblar bilan qaralsa, Quyosh ichida kichik qora dog' harakatlanib o'tishi kuzatiladi. Й Qadimgi bobilliklar eramizdan oldingi 2000-yillarda Quyosh va Oy tutilishlarida takrorlanish borligini aniqlaganlar. Bu davr saros
(arabcha - takrorlanish) deb atalib, 65851 sutkaga, ya'ni 18 yil va 11,3 sutkaga teng. Shu davrda 43 marta Quyosh tutilishi va 28 marta Oy tutilishi ro'y beradi.
Quyosh va Oy tutilishi
Hozirgi kunda Quyosh va Oy tutilishini ancha oldin, qayerda, qachon va qanday ko'rinishda bo'lishi aytib beriladi. Shunga ko'ra olimlar bu hodisani o'rganish uchun tayyorgarlik ko'rishadi. Quyosh to'la tutilganda, boshqa vaqtda ko'rinmaydigan «Quyosh toji» ni kuzatish mumkin.
Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi tufayli kun va tun almashinadi. Oy ham o'z o'qi atrofida aylanadi. Oyning kunduzgi yorug' tushib turgan qismi bizga ko'rinib, yorug' tushmagan qismi ko'rinmaydi. Uni Oy tutilishi bilan adash- tirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |