6-sinf. Botanika 7-dars: gul


Ustuncha – urug‘chining o‘rta qismi. U tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turadi. Uning ichi g‘ovak bo‘ladi. Tumshuqcha



Download 290,5 Kb.
bet2/73
Sana31.12.2021
Hajmi290,5 Kb.
#206864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
6-sinf. Botanika 7-dars gul

Ustuncha – urug‘chining o‘rta qismi. U tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turadi. Uning ichi g‘ovak bo‘ladi.

Tumshuqcha – urug‘chining (ustunchaning) eng yuqori qismi – uchi. U changlarni ushlash uchun xizmat qiladi.

Gulqo‘rgon – gul ochilguncha changchi va urug‘chilarni o‘rab, tashqi ta’sirdan saqlab turadi. U oddiy yoki murakkab bo‘ladi.

Gulqo‘rg‘on bo‘laklarining rangi asosan bir xil bo‘lsa uni oddiy gulqo‘rg‘on deyiladi. Oddiy gulqo‘rg‘on oddiy gulkosacha yoki gultojdan iborat bo‘ladi. Lola, chuchmoma, gulsafsarning guli oddiy gulqo‘rg‘onli bo‘ladi.

Agar gulqo‘rg‘on gulkosacha va gultojdan tashkil topgan bo‘lsa murakkab gulqo‘rg‘on deyiladi. Ko‘pchilik o‘simliklar (olma, g‘o‘za, olcha, nok)ning guli murakkab gulqo‘rg‘onli bo‘ladi.

Gulqo‘rg‘on bo‘laklari qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan gullar ham bor. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari qo‘shilgan gullarga qo‘ypechak, karnaygul, marmarak kabilarning guli misol bo‘ladi. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari qo‘shilmagan gullarga o‘sma, g‘o‘za, olma, nok, lola, boychechak va boshqa o‘simliklarning gullari kiradi.

Tabiatda yana shunday gulli o‘simliklar borki, ular gulining gulqo‘rg‘oni yo‘qolib ketgan yoki tangachaga aylangan. Bularga tol, terak, tut, yong‘oq kabilar kiradi. Gullarning tuzilishi formulasi orqali beriladi.

Gullarning tuzilishi bilan tanishishni osonlashtirish maqsadida gullarning diagrammasi va formulasidan foydalaniladi.

Gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga gul diagrammasi deyiladi.

Formulada gul qismlarining nomi shu qism nomining boshlang‘ich harfi bilan, soni esa raqamlar bilan belgilanadi. Masalan, gulkosachabarglar – «Gk», gultojbarglar – «Gt», changchilar – «Ch», urug‘chilar – «U», oddiy gulqo‘rg‘on esa – «Og» harflari bilan ifodalanadi. Halqadagi qismlar qo‘shilgan bo‘lsa, ularning sonini ko‘rsatuvchi raqam qavs ichida beriladi, aksincha ular qo‘shilmagan bo‘lsa, qavssiz (ochiq) yoziladi. Halqadagi qismlarning soni ko‘p bo‘lsa, cheksizlik belgisi «» qo‘yiladi. Halqada uchrashi kerak bo‘lgan qism rivojlanmagan bo‘lsa – 0 (nol) bilan belgilanadi. Agar gul qismlarining har biri bir emas, balki ikki halqada joylashgan bo‘lsa, har qaysi halqadagi qism sonini ko‘rsatuvchi raqam yozilgandan keyin + (plus) ishorasi qo‘yiladi, so‘ngra keyingi halqadagi qismning soni yoziladi.

Misol uchun bir nechta o‘simlik gulining formulasi keltirildi.

1. Jag‘-jag‘ (achambiti) gulining formulasi – Gk 4Gt 4Ch 4+2U(2).

Izoh. Gulkosachabarg va gultojbarglari 4 tadan, bir-biri bilan qo‘shilmagan, changchilar 6 ta bo‘lib, ikki halqada (birinchisida 4 tasi, ikkinchisida 2 tasi) o‘rnashgan, urug‘chi 1 ta, lekin u ikkita urug‘chibargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.

2, Olxo‘ri gulining formulasi – Gk 5Gt 5ChU1




Download 290,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish