6-bilet
Ra’nоdоshlar оilasiga qanday o‘simliklar kiradi?
Ra‘nodoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklar: tobulg‘i, olcha, na‘matak, olma, olxo‘ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon. Bu oilaga Shimoliy Yarimsharning mo‘tadil iqlimli mintaqalarida o‘sadigan 3000 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko‘p yillik o‘tlar kiradi
Kurtakning ichki tuzilishini lupa yordamida kuzatish.
Kerakli jihozlar: lupa, skalpel, bir nechta yirik kurtaklar.
Yirik kurtaklardan bir nechtasini uzunasiga kesib, lupa ostida ko‘ramiz. Bunda boshlang‘ich poya, boshlang‘ich barg va qobiqni ko‘ramiz. Kurtagi ko‘rilgan o‘simlikning nomini, kurtak shaklini, va o‘lchamlarini yozib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |