1733-yilda – mexanik va to’quvchi Jon Key dunyoda 1-to’quv mashinasini ixtiro qildi.
1765-yilda – Jeyms Xargrivs bir yo’la 15-18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qildi. Uni qizini nomiga “Jenni” deb atadi.
1767-yilda – duradgor Xeys charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigiruv mashinasini ixtiro qildi.
1774-yilda – Jon Uilkinson cho’yan bo’lagi markazidan o’q chiqadigan teshik ochishga imkon beruvchi tokarlik dastgohi ixtiro qildi.
1775-yilda – Jeyms Uatt bug’ mashinasini ixtiro qildi.
1779-yilda – Angliyada dunyoda birinchi cho’yan ko’prik qurildi.
1784-yilda – T. Modsli tokarlik dastgohini ixtiro qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |