VII asrda – “grek olovi” ixtiro qilingan.
X-XI asrlarda – to’g’ri burchakli ibodatxonalar o’rniga ko’rinishidan xochsifat, o’rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan.
IX asr o’rtalarida – Kirill va Mefodiy yunon alifbosi asosida slavyanlar yozuvini yaratib, g’arbiy slavyanlar orasida xristianlikni keng targ’ib etishgan.
II BOB. ILK O’RTA ASRLARDA OSIYO
VI asrda – aholi soni ko’payib, qabilalar orasida suv manbaalari va yaylovlar uchun kurash boshlandi.
VII asr boshlarida – urug’-qabila zodagonlari shakllana borishi urug’chilik tuzumining inqirozini tezlashtirgan.
570-yilda – Eron shohi Xisrav I Yamanni istilo qildi.
570-yilda – Muhammad (s.a.v.) Makkada tavallud topganlar.
610-yildan – Muhammad (s.a.v.)ga Alloh taolodan vahiy kela boshlaydi.
622-yilda – Muhammad o’z tarafdorlari bilan Yasribga keladi.
630-yilda – arablarning katta qismi musulmon bo’ladi.
632-634-yillar – Abu Bakr xalifalik yillari
Do'stlaringiz bilan baham: |