Keskin siqishda suyuqlikning bosimi ortadi va qaytaruvchi klapan 3 ochilib, qarshilik kuchining oshishi sekinlashadi.
Ravon qaytishda porshen yuqoriga harakatlanadi, o’tkazish klapani 1 yopiladi, suyuqlik kalibrli teshik 4 orqali o’tadi va porshen tepasidagi suyuqlik bosimi ortadi. Shtokning bir qismi ishchi tsilindrdan chiqadi, porshen ostiga suyuqlik kompensatsion kameradan o’tadi.
Qaytishdagi qarshilik kuchi:
bu yerda: pom-porshen ustidagi bosim; .отр
Fn-porshen yuzasi.
Keskin qaytishda suyuqlik bosimi qaytaruvchi klapan prujinasi 5 ning kuchini yengadi va disk 4 suyuqlikning yo’lini ochadi. Tebranishlar so’nishini baholash uchun nisbiy so’nish koeffitsienti ishlatiladi:
bu yerda: Knod -osmaning qarshilik koeffitsienti; cпод-osmaning bikrligi;
m/-g’ildirakka to’g’ri keluvchi ressoralangan massa.
Amortizatorning qarshilik kuchi uning turiga va o’rnatilishiga bog’liq.
Amortizator vertikal o’rnatilsa qarshilik kuchi quyidagicha aniqlanadi:
Amortizator burchak ostida o’rnatilsa qarshilik kuchi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: Va- amortizator porshenining tezligi. ( 20-30 m/s)
Suyuqlik bosimi teleskopik amortizatorlarda 2,5...5,0 MPa, richagli amortizatorlarda 15...30 MPa
13-rasm. Gidravlik amortizatorlar tavsiflari
Tanlangan bosimning qiymatiga qarab gidravlik amortizatorning drossellovchi qismining o’lchamlari tanlanadi. Drossellovchi qism-amortizatorda suyuqlik saqlanadigan hajmlarni bir-biriga bog’lovchi kanallar majmuasidir. U kanallarning konstruktsiyasi shunday hisoblanishi va yasalishi zarurki, amortizatorda ma’qul tavsifni ta’minlashi va uning tebranishini so’ndirishini amalga oshirishi kerakdir. Amortizator tavsifi deb, qarshilik kuchi Pa ning amortizator porshenining tsilindrga nisbatan siljish tezligiga aytiladi, Amortizator tavsiflari turli ko’rinishda bo’lishi mumkin (10-rasm).
Tavsiflarning barchasi quyidagi empirik qonuniyatga bo’ysinadi:
bu yerda: Pa-amortizatorning qarshilik kuchi;
km-tavsif boshlang’ich qismining koeffitsienti;
Vx-amortizator porshenining tsilindrga nisbatan siljish tezligi;
m- daraja ko’rsatkichi;
m daraja ko’rsatkichi amortizator qarshiligining o’sish tezkorligini belgilab beradi. Demak, u osma tebranishining ortishi bilan uning so’ndirish qobiliyatining ortish talabini qondirilishini ta’minlaydi. m=1 bo’lsa, tavsif chiziqli 10a, 10b-rasm, 1>m – o’suvchi 10v-rasm, m<1– kamayuvchi bo’ladi. Bugungi avtomobillarda tavsifi o’suvchi va nosimmetrik 10v-rasmdagi tavsifga ega ikki tomonlama ishlovchi gidravlik amortizatorlar ko’p tarqalgan. Bu amortizatorlarda tavsif ko’rinishi kalibrlangan kanal teshiklariga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Amortizator har xil sharoitda va haroratda ishlaganda uning ish jarayonining stabil bo’lishi, tavsifining stabil bo’lishi bilan ta’minlanadi. Tavsifning stabilligi drossellovchi tizimi va ishlatiladigan suyuqligiga bog’liqdir, yani funktsiyasi amortizator ish kamerasidagi suyuqlik bosimining, drossel tizimidan majburiy siqib chiqarilayotgan suyuqlik sarfi orasidagi bog’lanishdir.
Amortizatorning ish jarayonida haroratining o’zgarishi stabil ishlashiga halal beradi. Sababi shuki, harorat ta’siri natijasida ish suyuqligining qovushqoqligi pasayadi, natijada u ishqalanuvchi qismlar orasidan va klapanlarning zich yopilmasligidan o’tib ketadi. Natijada amortizatorning ishonchliligi pasayadi.
Amortizator orqali kuzovga uzatilishi mumkin bo’lgan kuchlarning kam bo’lishini ta’minlash uchun ikki tomonlama ishlovchi gidravlik amortizatorda yukni yengillashtiruvchi klapan tavsifi nosimmetrik qilinadi, ya’ni siqilishdagi qarshilik koeffitsienti, cho’zilishdagidan kichik bo’ladi. Natijada, g’ildirak do’nglikka urilib amortizator tezkor siqilsa, ramaga kuch ko’p o’tmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |