6-mazzu: Mashg'ulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyat
Bolalarning badiiy jihatdan tarbiya olishi faqatgina mashg'ulot jarayonida
emas, balki kundalik hayotda yuzaga keladi. Bu o'rinda bolaning o'z faolligi
jarayonida yuzaga keluvchi mustaqil tasviriy faoliyat muhim rol o'ynaydi. U bu
jarayonda mashg'ulotlarda olgan badiiy tajribasidan foydalanadi. Mashg'ulotdan
tashqari vaqtlarda bolada o'zi sevgan mavzularga tasviriy faoliyatning biror bir
turlariga nisbatan layoqat yoki xohish seziladi. Bunga bolalarning o'z ixtiyorlari,
xohishlari bo'yicha ishlagan loy, applikatsiya, rasm va qurish yasash ishlari misol
bo'ladi. Shuningdek, tasviriy san'at va uning turlari, musiqa, adabiyot, bolalar
mustaqil tasviriy faoliyatining asosiy sababchisi hisoblanib, bolalarning
kechinmalariniboyitadi. Teatr, kino, sirk yoki televizion eshittirishlami ko'rish
bolalarda obrazlarni ifodali, mazmundor bo'lishini yanada oshiradi. Bolalarda
tasviriy faoliyat bilan o'zlari shug'ullanishlari jarayonida ularda chizish, yopishtirish,
loydan yoki qurilish materiallaridan o'yinchoqlar yasashga nisbatan xohish
uyg'onadi. Ular o'z o'yinchoqlarini o'rtoqlariga, tarbiyachisiga 8-martga o'z buvilari,
onalari uchun sovg'alar tayyorlab, ularga hadya qiladilar. Ba'zida bolalar zalni,
guruh xonasini bezatish uchun o'yinchoqlar yasaydilar yoki mashg'ulotlar uchun
ko'rgazma materiallari tayyorlaydilar. Masalan, sanash uchun shablonlar, solib
qo'yish uchun qutilar va hokazo. Bolalar guruhda yoki o'rtoqlarida paydo bo'lgan
yangi narsalar bilan qiziqib, uni chizishga yoki applikatsiya qilishlari mumkin.
Masalan, birorta bola bog'chaga yangi qo'lqopda keladi, bolalarga u yoqib qoldi va
bolalar uni tasvirlashga o'tishlari mumkin. Bolalar albatta, o'zlariga yaqin bo'lgan
narsalarni chizadilar. Masalan, shimolda yashovchibug'uni, O'rta Osiyoda esa
tog'lar, qumliklar va tuyalarni tasvirlaydi. Bolalar, ayniqsa, ko'proq dekorativ va
ertak hikoya asosida rasm chizadilar. Qizil gilam va naqshlarni chizadilar,
qo'g'irchoqni bezaydilar. Tayyorlov guruhida esa ko'proq bolalarning naturaga
qarab gullar, vazalar chizishlarini kuzatish mumkin. Shuningdek, guruh xonasini,
zalni bezatish uchun dekorativ bezaklar chizadilar. Bu jarayonda bolalar, asosan,
akvarel, guash, rangli bo'rlar, ko'mirlitayoqchalardanfoydalanadilar. Bolalar bo'sh
vaqtlarida loydan, plastilindan narsalar yasashni yaxshi ko'radilar. Ular odarnlar,
hayvonlar, ertak qahramonlarini loydan yasaydilar. Ayniqsa, jamoa bo'lib narsalar
yasash katta o'rin tutadi. Bolalar guruhlarga birlashib, mavzular asosida o'yinchoqlar
yasaydilar. Masalan, «Mazay bobo va quyonlar», turli idish-tovoqlar. Bolalar
geometrik shakllarni qirqib yopishtixadilar, qor parchalari, qog'ozdan qirqilgan
qo'g'irchoqlar uchun ko'ylaklar va hokazo. Bolalar jamoa bo'lib applikatsiya
ishlarini bajaradilar. Masalan, qo'g'irchoq uchun gilamcha, bolalar ishlarining
mazmuni, maktabgacha ta'lim muassasasi hayotidan yoki yaqin ularni o'rab turgan
hayotdan, atrofdan olishi mumkin. Qurish yasashda esa bolalar katta va mayda
qurilish detallaridan foydalanadilar, garaj, uylar, paroxodlar quradilar. Qog'ozdan
archa uchun, guruh xonasi uchun o'yinchoqlar yasaladi. Tabiat materiallaridan,
gugurt cho'pi, plastilin yordamida, qayiqchalar yasaydilar. Kuzda turli-tuman
barglardan piramida yoki shapkachalar yasaydilar. Mashg'ulotdan tashqari, bolalar
kitoblardagi rangli rasmlarni rasmli albomchalarni tomosha qiladilar. Bu esa
bolalarning badiiy didlarini, idrok qilishlarini o'stiradi. Rangli shaklni sezishni
o'stirish maqsadida didaqtik o'yinlar uyushtiriladi. Shuningdek, bolalar mustaqil
tasviriy faoliyat bilan bino ichida ochiq havoda ham shug'ullanishlari mumkin.
Buning uchun bolalarga, masalan, asfaltda chizish uchun rangli bo'rlar, loydan yoki
qumdan turli xil figuralar yasash, toshlarni terib, turli ko'rinishlarni hosil qilish,
somondan turli xil narsalar yasashlarini, qishda esa qordan turli narsalar yasab,
ularni rangli muzchalar biln bezatishni taklif etish mumkin. Shuningdek, bolalarning
mustaqil tasviriy faoliyatlari o'zaro, ya'ni rasm, loy, applikatsiya, qurish yasash bilan
chambarchas bog'liqdir.
Bolalarning bu faoliyatlari ularni tashkil etadigan roli o'yinlar bilan
ham bog'liqdir. Yirik qurilish detallaridan jamoa fermasi, kino, do'kon quradilar, bu
o'yin uchun loydan sabzavot va mevalar yasaydilar. Har bir bola mustaqil tasviriy
faoliyat jarayonida tarbiyachi oldiga kelib, o'ziga kerakli zarur narsani so'rab olishi,
tushuntixib berishi va u bilan
nima ish qilmoqchi ekanligi haqida so'zlab berishi
mumkin. Bu jarayonda bolalar
o'z
oldiga aniq maqsad qo'yib, uni bajarish usullarini,
yo'llarini o'zlari mustaqil
axtarib
topishga harakat qiladilar.
Bolalarning faolligi jarayonida vujudga keluvchi mustaqil tasviriy
faoliyati tarbiyachining shu
ishga
rahbarlik qilishida biroz qiyinchilik tug'diradi.
Chunki tarbiyachi to'g'ridan
to'g'ri
rahbarlik qilmay, balki ikkinchi darajali holatni
egallaydi. Bola tevarak-atrof haqidagi taassurotlarini mustaqil ravishda tasvirlash
uchun ular tasvirning vositalaridan keng va erkin foydalanishni bilishlari lozim. Bu
esa
mashg'ulotlar jarayonida tarbiyachi tomondan berilib, bolalar tomondan
egallangan bilim
va
malakalar hamda
taassurotlarning
ko'payib, boyib borishi bilan
belgilanadi.
Masalan, naturaga qarab gul
rasmini chizgach, bolalar bilan gulzordagi
gullarni yoki
uchastkadagi
gullarni, rasmlardagi turli gullarni ko'rib chiqish lozim.
Shundagina bolalar o'z mustaqil faoliyatlarini gullardan chiroyli guldastalar
va
dekorativ kompozitsiyalar
tuza
oladilar.
Tarbiyachi bolalarga ular nimalarning tasvirini xohlashsa, o'sha
predmetlarni ko'rib, kuzatib chiqishni taklif etadi. Agarda bola samolyot, mashina
chizmoqchi bo'lsa, tarbiyachi undan chizishni bilasanmi, deb so'rashi
va
yordam
sifatida bolalarga transport turlarining rangli rasmini ko'rib chiqishini va bunda
ularning har bir o'ziga xos xususiyatlariga bola diqqatini tortishi lozim. Bolalar
diqqatini ko'proq uncha murakkab bo'lmagan dekorativ kompozitsiyalar tortadi.
Masalan, gilamcha, salfetka va hokazo. Shuning uchun tarbiyachi bolalar ishini
boyitish maqsadida, mashg'ulotlardan tashqari tasviriy faoliyat jarayonida bolalarga
dekorativ naqshlarni ko'rib chiqish uchun tavsiya etishi mumkin. Masalan, Dimkov
naqshlari. Agarda bolalar mashg'ulotdan tashqari mazmunli kompozitsiya
tasvirlamoqchi bo'lsalar, tarbiyachi qog'oz varag'idan predmetlar qanday yasalishi,
ish tartibini eslatib o'tishi zarur. Bolalar bo'sh vaqtlarida o'zlari sevgan ranglar bilan
bo'yoqda, qalamda shug'ullanishni sevadilar, tarbiyachi materialning xillarini rango-
rang qilib, bolalarning bu qiziqishlarini, xohishlarini o'stirishi lozim. Bolalarga
chizayotgan ishlarni toza, chiroyli qilib bajarishlarini eslatib borishi lozim.
Tarbiyachi bolalarning bu ishlarida ularga maslahatgo'y bo'lishi kerak. U bola
qanday qilish lozimligini aytmaydi, balki bola bilan ishning borishini tahlil qilib,
bolaga ishning sifatli bo'lishi uchun yordam beradi.
Mustaqil tasviriy faoliyat jarayonida faollik yoki xohish, bolalar
tomondan kelib chiqishi kerak. Agarda tarbiyachi bu jarayon davomida kichik va
o'rta guruh bolalariga ko'proq maslahat berib, faolligini oshirsa, katta tayyorlov
guruhlarida bolalarga ko'proq mustaqillik berishlari lozim. Tasviriy faoliyatida
bolalar faolligi asosida do'stona munosabatlar tarkib topadi, bolalar bir-birlariga
maslahatlar beradi, yordam beradi, ya'ni jamoa bo'lib ijod qilish o'sadi. Bolalarning
mustaqil tasviriy faoliyati bilan shug'ullanishi uchun materiallar yetarli darajada
bo'lishi, loy yetarli va qulay bo'lishi, materiallarni saqlash uchun joylashgan
jovonlar bolalar olishi uchun qulay bo'lishi, tasviriy san'at asarlari, shuningdek,
dekorativ san'at namunalari, naqshlar, xoxloma va Dimkov o'yinchoqlari bo'lishi
zarur. Bular tasviriy faoliyat burchagini bezashi mumkin. Shuningdek, tasviriy
faoliyat zonasida doska bo'lishi lozim, chunki bolalar unga rangli bo'rlar bilan
rasmlar chizadilar. Turli-tuman materiallarning bo'lishi, bolalar mustaqil tasviriy
faoliyatlarini yana ham boyitadi. Tasviriy faoliyat burchagidagi materiallarni
tarbiyachi vaqti-vaqti bilan almashtirib, to'ldirib boradi. Illustrativ rasmlar to'plami
bo'yicha xoxloma, dimkovo o'yinchoqlari stol ustiga terib joylashtiriladi. Bolalar
ularni ko'rib chiqadilar. Bolalar o'yin jarayonida rasm chizishdan tashqari, loydan
o'yinchoqlar yasashni yaxshi ko'radilar. Qurilish materialardan bolalar keng
foydalanib, o'yinlar tashkil qiladilar. Ammo tarbiyachi oldindan qurilish burchagini
tashkil etish to'g'risida o'ylab ko'rishi kerak. Bu burchakda tarbiyachi yirik va mayda
qurilish detallarini plastmassa, rezinadan qilingan o'yinchoqlarni, odam va hayvon
obrazlarini, transport, o'simliklarni tasvirlovchi mayda o'yinchoqlarni ham
joylashtiradi. Katta va tayyorlov guruh qurilish burchagiga qurilmalar tasviri aks
ettirilgan albomlar, fotosuratlarni ham joylashtirish lozim. Albomda yig'ilgan
fotosuratlar turli-tuman binolarning ko'rinishini tasvirlash mumkin. Masalan,
ko'prik, transport, binolar kabi.
Bolalar qurilmalar qurish jarayonida o'z qurilmalarini boshqatdan
ko'rib, o'zgartirib, turli xil detallar bilan boradilar, shuning uchun bolalarning juda
qiziqib qurayotgan ishlari bir necha kun mobaynida saqlanishi zarur. Kichik
guruhlarda esa tarbiyachi bolalarga nimalar qurishga o'rganganligini o'zi eslatadi,
o'zi bolalar o'rnida ishtirok etadi va qurilmalarni qurish jarayonida birgalikda
yordamlashadi va o'z vaqtida maydonchaga qurilish materiallarining to'plamini olib
chiqadi, bolalar stol ustida turli xil qurilmalar quradilar, ular bilan o'yin o'ynaydilar.
Qo'l mehnati burchagida xilma-xil materiallardan karton, yelim, qog'oz, qutichalar
va tabiat materialla-ridan saqlanadi. Katta yoshdagi bolalar tarbiyachining
rahbarligida mashg'ulotda olgan bilim va malakalari asosida, o'yin uchun kerakli
o'yinchoqlar yasaydilar. Tarbiyachi bolalarga maslahatlar beradi, qiynalishsa,
ko'rsatib beradi. Ba'zida tarbiyachining o'zi o'yinchoq yasaydi, ammo albatta bularni
bu ishga jalb etadi. Masalan, qaysidir qismini yopishtirishni yoki kerakli qismlarni
tanlab olishni taklif etishi mumkin. Ba'zida tarbiyachi mashg'ulotdan ikki-uch kun
oldin, bolalar yasashi lozim bo'lgan buyumni bolalar ishtirokida yasab, ikki-uch kun
burchakda saqlashi mumkin. Tabiat materiallari bilan ham barglar, shoxlar, o'simlik
urug'lari, joludlar ishlashadi. So'ng ularni sayr yoki ekskursiyada kuzatadi, bolalar
ularni yig'adilar va tarbiyachi ulardan qanday qilib o'yinchoq yasash kerakligini
ko'rsatib beradi. Masalan, shishkalardan tipratikan, baliq va boshqalar yasaydilar.
Tarbiyachi bolalardan bu materiallardan nimalar qilish mumkinligini so'rab, ularda
fantaziyaning faolligini o'stirib boradi.
Kichik va o'rta guruh bolalari ham mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda
rasm chizish, loydan buyumlar yasashga qiziqishi uyg'onib boradi. Ular turli xil
sodda ko'rinishdagi rasmlar chizishga va o'rta guruh turli xil figuralarni rangli
qog'ozdan qirqadilar. Tarbiyachi ularning qiziqishlarini o'stirib, rangli qog'ozdan
chiptalar, cheklar qirqishni tavsiya etishi mumkin. Tasviriy faoliyatga pedagogik
rahbarlik qilish mashg'ulotdan tashqari vaqtda asta-sekin o'zgarib boradi. Ya'ni
harakatlarni ko'rsatib berishdan mustaqillikka o'tish, material tanlashda yoki o'z
rejasini o'ylagan maqsadini tasvirlashda ham. Mashg'ulotdan tashqari vaqtda tasviriy
faoliyatni ishning yordamchi shaklsiga aylantirib yuborish kerak emas. Shuningdek,
tarbiyachi shuni esda tutmog'i lozimki, mashg'ulotdan tashqari tasviriy faoliyat bilan
shug'ullanish hamma uchun majburiy emas, u bilan kim chizishini, loydan narsa
yasashni, qirqishni yaxshi ko'rgan bolalar shug'ullanishi mumkin. Bolalar tasviriy
faoliyat bilan mashg'ulotdan tashqari vaqtda 10-15 daqiqa davomida shug'ullanib,
o'z rasmlarini, loy va applikatsiyani tugatishlarini yoki uni keyingi kunda ham
davom ettirib, tugatishlari mumkin. Bu faoliyatga rahbarlik qilish tarbiyachidan juda
katta sezgirlikni, diqqatni va bolalaming ijodiy qobiliyatlarining o'sishi uchun
sharoit yaratib berishni talab etadi.
Bolalaming mustaqil tasviriy faoliyatlari burchagining jihozlari va
materiallari. Bolalaming mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyat bilan
mustaqil shug'ullanishlari uchun sharoit yaratilgan bo'lishi kerak. Bu maqsadda
guruh xonasining yaxshi yoritilgan va o'yin burchagidan mumkin qadar uzoqroq
biron bir joyi ajratilishi kerak. Xonaning deraza oldi ajratilishi maqsadga muvofiq, u
yerda ikki-uch stol qo'yiladi. Agar deraza tokchalari past bo'lsa, ularga taxtalar
mustahkamlanadi, bolalar shug'ullanma-yotgan paytda ularni tushirib qo'yish
mumkin. Rasm solish, narsalar yasash, applikatsiyalar uchun mo'ljallangan
buyumlar yaqin turgan javonning ochiq tokchalarida, stollarda turishi kerak. Kichik
guruhda bolalarga erkin foydalanishlari uchun faqat rangli qalamlar beriladi. Katta
guruh bolalariga (ayrim cheklanishlar bilan) barcha materiallar berilishi mumkin:
Loy o'miga plastilin tavsiya qilinadi. Bolalar o'z rasmlarini «Xalq ertaklari»,
«Odamlar mehnati», «Manzarali naqshlar», «Tabiat haqida» va shu kabi mavzutik
papkalarga joylashtiradilar. Tasviriy faoliyat «zonasida» bolalar o'z ishlarida ijodiy
foydalanadigan tabiiiy materiallar solingan quti va ko'rgazmali qurollar bo'lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |