6-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi


Debet 5010 (A) Kredit Debet 5110 (A) Kredit



Download 49,66 Kb.
bet4/6
Sana01.12.2022
Hajmi49,66 Kb.
#876663
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalari va ikki yoqlama yozuv

Debet 5010 (A) Kredit Debet 5110 (A) Kredit
(+) b.q. 1 500 000 (-)
1 500 000 so‘mga 1 500 000 so‘mga
kassada pul hisob-kitob
mablag‘ining schyotidagi pul
ko‘payishi mablag‘ining
kamayishi

2-misol. Kassadan xodimlarga 1 500 000 so‘m ish haqi berildi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida kassadagi pul mablag‘i kamaydi, xodimlar bilan ish haqi yuzasidan qarzlar ham kamaydi.


Debet 5010 (A) Kredit Debet 6710 (P) Kredit
b.q. 1 500 000 b.q. 1 500 000
(-) (-)
1 500 000 so‘mga 1 500 000 so‘mga
kassadagi pul xodimlar bilan
mablag‘ining ish haqi yuzasidan
kamayishi qarzlarning
kamayishi
3-misol. Ombordan asosiy ishlab chiqarishga 1 200 000 so‘mlik va umumishlab chiqarishga 150 000 so‘mlik yoqilg‘i-moylash materiallari berildi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida ombordagi yoqilg‘i-moylash materiallari kamayadi, asosiy ishlab chiqarish va umumishlab chiqarishlarda yoqilg‘i-moylash materiallari ko‘payadi.


D-t 2010 (A) K-t




D-t 2510 (A) K-t




D-t 1030 (A) K-t

(+)
1200000







(+)
150000







b.q.1350000

(-)
1350000

so‘mga xarajatlar ko‘payishi







so‘mga xarajatlar ko‘payishi










so‘mga yoqilg‘i-moylash materiallari kamayishi

Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har bir operatsiya bir xil summaga bitta schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, hamma schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak. Shunday tenglikning bo‘lmasligi schyotlarda xatoga yo‘l qo‘yilganligidan dalolat beradi.


Har bir operatsiyani amalga oshirishda hisob siyosatida ikki tomonda yozuv tizimidan foydalaniladi , bir tomoni debit boshqa tomoni kredit tomon hisoblanadi. Bu yozuv tizimi ikkiyoqlama yozuv tizimi deb nomlanadi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi juftlik holda hisobotda avtomatik tarzda balans aks etishiga yordam beradi. Balansdagi qaydlar har bir debit yoki kredit ko‘rsatkichlarida katta yoki kichik qiymat sababli noto‘g‘ri qayd etilishi mumkin.
Ikkiyoqlama yozuv haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun hisobdagi debit va kredit qoidalarini bilishimiz kerak. Debit ma’nosi kirim qilish yoki qabul qilingan qiymat, kredit ma’nosi chiqim yoki berilgan qiymat.
Moliyaviy hisob uch turga boliinadi: personal hisob, real hisob va nominal hisob. Personal hisob o‘z ichiga boshqaruvchilar, iste’molchilar, ta’minotchilarga, xaridorlarga o‘xshagan tabiiy individlarn bilan bog‘liq operatsiyalarni oladi. Moddiy aktivlar real hisob tarkibiga, xarajatlar, daromad, foyda va zararlar nominal hisob tarkibiga kiradi. Biznesdagi qaydlar har bir hisobda quyidagicha soddalashtirilgan holda beriladi(jadval). Debit qabul qiluvchi va kredit beruvchi personal hisobda , debit nima qbul qilingani va kredit nima chiqib ketgani real hisobda, debit barcha xarajatlar va zararlar, kredit barcha daromadlar va foyda nominal hisobda aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobda provodka berilishi1
Misol.
1.Tijoratchi biroz miqdor naqd pulda o‘zining chakana savdo biznesiga sarmoya qildi. Standart ikkiyoqlama yozuv ko‘rinishi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Debit: naqd pul
Kredit: kapital
Maqsad: ikkiyoqlama yozuv qoidasiga binoan naqd pul hisobida naqd pul tijoratchi tomonidan berilgan naqd pul qabul qilingan. Buning ma’nosi capital hisobi beriladigan hisob va naqd pul hisobi qabul qilinadigan hisob.
2. Biznes tashkiloti naqd pulga offisda foydalanish uchun mebel sotib oladi. Ikkiyoqlama yozuv tizimida quyidagicha bo‘ladi:
Debit: mebel
Kredit: naqd pul
Maqsad: bu operatsiyada mebel hisobida mebel qabul qiluvchiva naqd pul hisobida mebel uchun to‘langan pul aks etadi.
3. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini sotib oldi. Ikkiyoqlama yozuvda quyidagicha aks etadi:
Debit: Sotib olish
Kredit: Naqd pul
Maqsad: bu operatsiyada tovarni sotib olish hisobida aks etadi va naqd pul hisobida tovar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul aks etadi. Har bir biznesda, biznes faoliyatida asosiy mahsulot yoki Tovar sotib olingan vaqtda “sotib olish” hisobidan foydalaniladi.
4. Biznes tashkiloti mol yetkazib beruvchidan kreditga chakana savdo tovari sotib oldi (mol yetkazib beruvchi kreditor sifatida boshqa biznes tashkilotlariga tovar va mahsulotlarini qarzga beradi):
Debit: sotib olish
Kredit: Kreditor hisobi
Maqsad: bu operatsiyada sotib olish hisobida tovar qabul qilindi, biroq mol yetkazib beruvchi sotilgan tovar uchun hali pul olmadi kredit hisobi kreditlanadi. Kredit hisobi to‘lab berish hisobi shaklida.
5. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini xaridorga sotdi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi:
Debit: naqd pul
Kredit: sotish
Maqsad: naqd pul hisobida sotilgan Tovar uchun pul qabul qilinadi. Sotish hisobi xaridorga Tovar yetkazib berishni aks ettiradi.
6. Biznes tashkiloti chakan savdo tovarini xaridorga sotadi, ammo xaridor hali pulni to‘lamadi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi:
Debit: debitorlik
Kredit: Sotish
Maqsad: Yetkazib berilgan mahsulot yoki xizmat ko‘rsatgan biznes uchun pul mablag‘ini qarz bergan shaxs debitor deb aytiladi. Debitorlik hisobining boshqacha nomlanishi olinadigan hisob varaqlar deyiladi. Bu vaziyatda debitor mahsulot qabul qilyapti; shuning uchun uning hisob raqami debitlanayapti. Sotish hisobi kreditlanadi, mahsulotni xaridorga yetkazib berishni ko‘rsatadi.
Bu biznes operatsiyalarini ko‘rib chiqqandan so‘ng talabalar ikkiyoqlama yozuv tushunchasiga ega bo‘ladi, va biznes operatsiyalari qayd qilinganda debit va kredit qoidalarini o‘rganishadi.

Download 49,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish