XALQARO SIYOSIY MUNOSABATLAR -
davlatlar, siyosiy
partiyalar, ijtimoiy hamda ommaviy jamoat tashkilotlarining mamlakatlar
o’rtasida olib boradigan faoliyatidir.
Xalqaro
siyosiy
munosabatlarda
xalqaro
terrorizmga
qarshi
kurash
zarurligi
muhim
ahamiyat
kasb
etmoqda.
Terrorizm
XX
asrning
so’nggi va XXI asrning boshlaridagi
eng
mudhish
ijtimoiy-siyosiy
hodisalardan
biri
bo’lib,
xalqaro
munosabatlarning
barqaror
rivojlanishiga
salbiy
ta’sir
ko’rsatmoqda.
Terrorizm
davlatlarning
siyosiy
tuzumi, rivojlanish yo’li va taraqqiyot
darajasidan
qat’iy nazar jahondagi
barcha davlatlarni o’zaro kelishuvga,
unga qarshi murosasiz kurash olib
borishga
majbur
qilmoqda.
Chunki
terrorizm
alohida
olingan
bir
mamlakatnigina emas, balki barcha
davlatlar
va
xalqlarning
umumiy
muammosiga aylanib bormoqda.
Xalqaro
huquq
-
davlatlar
va
xalqaro
munosabatlarning
boshqa
sub’ektlari o’rtasida olib
boriladigan
siyosiy,
iqtisodiy,
ma’naviy va axloqiy
sohalardagi aloqalarning qonun va qoidalari majmuidir
.
1945 yili BMT tashkil topdi. Uning Nizomida yangi
davrda mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga
solib turishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro
huquqning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan mojaroli
muammolarni xalqaro huquq, qonun-qoidalari negizida
tinch yo’l bilan hal qilish maqsadida Xalqaro Sud faoliyat
ko’rsatadi.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda amal qilinadigan tamoyillar.
BMT Ustavi va boshqa hujjatlarda xalqaro siyosiy munosabatlarda
amal qilinadigan tamoyillar quyidagilardan iborat:
davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, ularning
ichki ishlariga aralashmaslik;
tinch-totuv yashash siyosatiga og’ishmay amal qilish;
xalqaro kelishmovchiliklarni siyosiy yo’l bilan hal qilish;
davlatlar chegaralarining daxlsizligi va hududining bir
butunligini tan olish;
inson huquqlarini hurmat qilish;
xalqaro majburiyatlarga vijdonan amal qilish.
millatlar va elatlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash;
BMT ning 1970 yilda qabul qilingan Deklarastiyasiga asosan
suveren tenglik tushunchasi quyidagi talablarni o’zida ifoda etadi:
a) davlatlarning yuridik jihatdan tengligi;
b) bir davlat boshqasini hamkorlikning sub’ekti sifatida hurmat
qilishi;
v) har bir mamlakatning siyosiy mustaqilligini, hududining bir butun-
ligini tan olish;
g) har bir davlat o’zining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy
rivojini o’zi belgilashi.
d) har bir davlat o’zining xalqaro majburiyatlarini so’zsiz bajarishi va
boshqalar.
Jahon ijtimoiy-siyosiy hayotida xalqaro tashkilotlarning
vujudga kelishi va uning turlari
Xalqaro tashkilotlar deb
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy madaniy va ilmiy-texnik asoslarda umumiy
maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy jamiyat uyushmalari
birlashuvlaridan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi.
Bu davlat-lar
o’rtasidagi ko’p tomonlama aloqa qilishning eng muhim ko’rinishlaridan
biridir.
Xalqaro tashkilotlar tuzishga bo’lgan urinishlar qadim zamonlarga
borib taqaladi. Lekin hozirgi zamonaviy xalqaro tashkilotlar XIX asrning
2-yarmida shakllana boshlagan. Davr davlatlar va xalqlar o’rtasida
iqtisodiy, xo’jalik aloqalarini har tomonlama yanada rivojlantirishni
taqozo etadi.
Hozirgi kunda har xil mazmun va maqsadlarga bo’ysundirilgan 2,5
mingdan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud. Bu xalqaro tashkilotlar 2
ta katta guruhga ajratiladi:
Davlatlararo xalqaro tashkilotlar
(faqat davlatlar a’zo bo’lishi
mumkin).
Nohukumat xarakteriga ega bo’lgan
xalqaro tashkilotlar (bularga milliy
uyushmalar, jamiyatlar, nohukumat
xarakteridagi birlashmalar, hatto
ayrim shaxslar ham a’zo bo’lishlari
mumkin).
Umumiy (universal) tipdagi
xalqaro tashkilotlar (turli
sostial-siyosiy tuzumdagi
davlatlar ishtirok etadi).
Xalqaro tashkilotlar a’zolarining soni va tarkibiga qarab
ikkiga bo’linadi:
Bir xil tipdagi
(regional,
subregional) xalqaro
tashkilotlar.
Xalqaro tashkilotlar o’zining ommaviy xarakteri, ilmiy xususiyati,
taraqqiyot darajasi, maqsadlari, vazifalari va xalqaro munosabatlardagi
o’rniga qarab bir necha turga ajraladi:
Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar:
BMTning YuNESKO bo’limi, BMTning
FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi bo’yicha) bo’limi, BMTning YuNIDO
(Sanoat taraqqiyot dasturi), JSST (BMTning Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti), BMTning Kosmik komiteti, BMTning Parlamentlararo xalqaro
tashkiloti, EXHTning Parlamentlar Assambleyasi, YuNISEF
-
BMTning
Bolalar muammosi bilan shug’ullanuvchi komiteti, MAGATE, XVF, VOIS -
BMTning Butunjahon Ma’naviy Mulk Tashkiloti va hokazo.
Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar:
BMTning YuNESKO bo’limi, BMTning
FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi bo’yicha) bo’limi, BMTning YuNIDO
(Sanoat taraqqiyot dasturi), JSST (BMTning Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti), BMTning Kosmik komiteti, BMTning Parlamentlararo xalqaro
tashkiloti, EXHTning Parlamentlar Assambleyasi, YuNISEF
-
BMTning
Bolalar muammosi bilan shug’ullanuvchi komiteti, MAGATE, XVF, VOIS -
BMTning Butunjahon Ma’naviy Mulk Tashkiloti va hokazo.
Iqtisodiy xalqaro tashkilotlar
: Evropa Iqtisodiy Hamkorligi, Iqtisodiy
Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo
Birlashgan Iqtisodiy Taraqqiyoti yuzasidan «Polombo plani», Markaziy
Amerika Umumiy bozori, Xalqaro Energetika Agentligi, Osiyo davlatlari
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Jahon Intellektual mulki tashkiloti, Osiyo
Rivojlanish banki, EKOSOS, MDH va h.k.
Harbiy-siyosiy xalqaro tashkilotlar:
NATO, ANZYuS, SEATO, SENTO,
g’arbiy Yevropa Ittifoqi va hokazo.
Umuminsoniy qadriyatlar va manfaatlarning sinfiy,
milliy, davlatlar manfaatlaridan ustunligini e’tirof etish
mamlakatlar o’rtasidagi yangicha demokratik vaziyatni
vujudga keltiradi.
Xalqaro munosabatlarda sog’lomlashtirish bugungi
kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Keyingi yillarda bir
qancha quyidagi konsepsiyalar ishlab chiqildi:
1) «ming qamrovli xavfsizlik»;
2) «kuchlar nisbatidan man-faatlar nisbatiga o’tish»;
3) «jahondagi mojarolar va kooperativ munosabat-larni
muvofiqlashtirishda
diplomatik
mahorat»
to’g’risidagi
konstepstiyalar
shular
jumlasidandir.
Ular
siyosiy
munosabatlarni barqarorlashtirishning turli yo’llarini ilgari
surmoqda.
Umumbashariy muammolarning turlari va ularning kelib
chiqish sabablari
Umumbashariy muammolar mohiyatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Insoniyatni yadro halokati urushi xavfidan saqlash.
Yalpi va umumiy tinchlikni ta’minlash (yoki ommaviy qirg’in qurollariga qarshi
birgalikda kurash).
Xalqaro
terrorizm
muammosi,
shu
jumladan
mintaqalardagi
terroristik
harakatlarga birgalikda kurash.
Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurash muammosi.
Aholining son jihatdan o’sishi muammosi.
Xomashyo muammosi.
Energetika muammosi.
qashshoqlik muammosi.
Ocharchilikka qarshi kurash yoki oziq-ovqat muammosi.
Hayvonot va o’simliklar dunyosini asrash muammosi.
Koinot
va
jahon
okeanlari
boyliklarini
tinchlik
maqsadida
o’zlashtirish
muammosi.
Orol muammosi.
SPIDga qarshi birgalikda kurash.
Xavfli kasalliklarni bartaraf etish. Rak va sil kasalliklariga qarshi kurash
muammosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |