2. Zamonaviy transport-logistika xizmatlarini tashkil etishning xalqaro darajadagi vazifalariga quyidagilar kiradi:
- material, axborot va boshqa kerakli oqimlarni integrallashgan kompleks tizimlarini yaratish
- ishlab chiqarish va muomala sohalarida logistik imkoniyatlardan foydalanishni nazoratga olish, ularni rejalashtirish va strategik muvofiqlashtirish;
- bozor muhitini hisobga olgan holda tanlab olingan strategiya doirasida logistik konvensiyani doimiy mukammallashtirish;
- transport-logistika jarayonlari texnologiyasini sifatli ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan ta’minlash;
- xalqaro yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi transport korxonalarining raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni qo‘llash;
- respublikamizda transport-logistik markazlar va xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlarining optimal joylashuvini ta’minlash;
- transport-logistik xizmatlari ko‘rsatish operatorlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
- sohada innovatsion muhitni yaratish orqali milliy operatorlarning axborot texnologiyalari va vositalari bilan ta’minoti va boshqaruvda ulardan keng foydalanishni ta’minlash;
- transport-logistik tizim ishtirokchilarining xalqaro iqtisodiy aloqalarini oqilona tashkil etish va boshqalar.
Logistik tizim faoliyatida tashqi muhit ta’siri tez-tez o‘zgarib turadi. SHu tufayli agar global masalalarning qo‘yilishi va echimi doirasidagi o‘zgarishlar, tashqi muhit o‘zgarishlaridan orqada qolsa, unda olinayotgan natijalar ijobiy bo‘lmaydi. Mazkur vazifalarning hal qilinishida transport-logistik tizimning roli katta.
Transport logistikasi sohasidagi mutaxassislarning fikriga ko‘ra “transport-logistik tizim” tushunchasi “transport tizimi” tushunchasidan farq qiladi. Transport logistik tizim iste’molchilarning xizmatlarga bo‘lgan talablarini to‘liq va yuqori sifat bilan qondirishga mo‘ljallangan.
1-chizma. Transport-logistik tizimning muhim elementlari
SHuning uchun transport logistik tizim bu iste’molchilarning zarur bo‘lgan xizmat turlarini erkin tanlash imkoniyatini beruvchi raqobatga asoslangan transport servisi tizimidir.
Bunday tizim o‘z ichiga bir qancha qatnashchilarni oladi va ularning xarakatlari muvofiqlashgan bo‘lishi hamda tizimning xar bir qatnashchisi va xizmat iste’molchilarining talablarini qondirish maksimal imkoniyati holatida umumiy natijalar samarasiga ega bo‘lishga mo‘ljallanishi kerak.
Transport logistik tizim muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan logistik yondashuv oxirgi iste’molchi talablarini qondirishga katta e’tibor qaratish lozimligini ko‘zda tutadi. Bu esa tizimning barcha elementlari o‘zaro xamkorligining dolzarb masala ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur masalani transport-logistik tizimning muhim elementlarini to‘g‘ri ishlatish orqali echish mumkin. Buning uchun dastlab transport-logistik tizimning muhim elementlarini tuzish va undagi jarayonlarni boshqarish maqsadini aniqlash zarur(1-chizma).
Ko‘rsatib o‘tilgan barcha elementlar o‘z funksiyasini bajarishi uchun albatta logistik texnologiyalarga murojaat qiladi.
Transport-logistik tizimdagi jarayonlarni boshqarishning maqsadi chizmada ko‘rsatib o‘tilgani kabi tizim ishonchliligini ta’minlashdan iborat.
Nazorat: