6-mavzu: Tasviriy san’at fanidan pedagogik tadqiqot metodlari: pedagogik tajribalarni o'rganish metodlari.
Reja:
1. Tasviriy san’at fanidan pedagogik tadqiqot metodlari.
2. Tasviriy san’at fanidan pedagogik tajribalarni o'rganish.
Mavzuning matni:
Pedagogika ilmiy tadqiqot metodikasi
Har qanday davlat yuqori taraqqiyot darajasiga erishish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot ustuvorligini ta’minlashi, odamlar orasida ma’naviy va ma’rifiy qadriyatlarni tiklash talab etiladi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Faqat bilimli, ma’rifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay oladi...”1.
Yoshlarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi va unga ko‘nikma hosil qilishi, ularning talabalik davrlaridan boshlanadi. Olgan bilim va ko‘nikmalarini keyingi ilmiy izlanish jarayonlarida yanada takomillashtiradi va hayot bilan bog‘lab olib borishga muvaffaq bo‘ladilar.
Ilmga sadoqatli odamlar doim qanoatli, xushfe’1 va boshqalarga ibratli bo‘lishadi.
Bo‘lajak tadqiqotchi o‘z fanini chuqur egallagan bo‘lishi va uning muammolari ustida doim shug‘ullanishi shart. U tadqiqot ishiga yondosh bo‘lgan boshqa fanlardan ham yetarli darajada xabardor bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek, falsafa fanining umumiy qonuniyatlarini va ilmga aloqador tarmog‘ini o‘zlashtirib olishi, xorijiy tillardan bittasini egallagan bo‘lishi kerak.
Demak, ilm bilan shug‘ullanish – izlanish va tadqiqotlar olib borish, ya’ni qonuniyatlarni kashf etish va shu yo‘l bilan jamiyat rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish demakdir.
Pedagogik yo‘nalishdagi mavzuda tadqiqot ishlarini olib boruvchilar ko‘praq metodik ishlar, pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish bilan shug‘ullangan yosh tadqiqot izlanuvchi, aspirant va tajribasiz ilmiy xodimlarni tashkil etadi.
O‘quv fani sohasidagi ilmiy-metodik tadqiqotning asosiy maqsadi, fanni ta’lim-tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini ishlab chiqish hamda o‘quvchilarni bilim, malaka va o‘quv vazifalarini chuqur o‘zlashtirish usullari va ijodiy qobiliyatlarini o‘sishida yordam beradigan ta’limni samarali metodlari, tashkiliy shakl va vositalarini amaliyotga tatbiq etish muammolarini loyihalashdan iboratdir.
Yuqoridagilardan ma’lumki, o‘qituvchi bilan metodistlarning ilmiy tadqiqot faoliyatining texnologiyasi farqlanib har biri o‘z texnologiyasiga ega. Buni esa ularning faoliyatidagi har xil maqsadi orqali va so‘nggi turli natijalar bilan izohlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |