6-mavzu: Soliq nazorati Reja



Download 126,12 Kb.
bet6/10
Sana22.10.2022
Hajmi126,12 Kb.
#855310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
54Soliq nazorati

Tarjimonning ishtiroki. Zarur hollarda soliq tekshiruvida ishtirok etish uchun ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan, tarjima qilish uchun zarur darajada til biladigan yoxud kar yoki soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini tushunadigan tarjimon jalb etilishi mumkin. Tarjimonni jalb etish davlat soliq xizmati organi va tarjimon o‘rtasida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
Xolislar ishtiroki. Soliq tekshiruvi doirasidagi harakatlar amalga oshirilayotganda soliq tekshiruvining natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining xolislar sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xolislar o‘z ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning holati, mazmuni va natijalarini bayonnomada tasdiqlashlari shart. Ular sodir etilgan harakatlar yuzasidan o‘z fikr- mulohazalarini bayon etishga haqli, bu fikr-mulohaza bayonnomaga kiritib qo‘yilishi kerak.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish doirasida harakatlar amalga oshirilganda tuziladigan bayonnomaga qo‘yiladigan talablar. Soliq tekshiruvi doirasida harakatlar amalga oshirilganda qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda bayonnoma tuziladi.
Harakatlarning amalga oshirilishida ishtirok etgan barcha shaxslar bayonnomani o‘qib chiqadilar. Mazkur shaxslar o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishga haqli va bu fikr-mulohazalar bayonnomaga kiritilishi yoki soliq tekshiruvi materiallariga
qo‘shib qo‘yilishi lozim. Bayonnoma davlat soliq xizmati organining bayonnomani tuzgan mansabdor shaxsi, shuningdek harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va (yoki) hozir bo‘lgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomaga fotosuratlar va negativlar, kinolentalar, videoyozuvlar hamda harakatlar amalga oshirilganda bajarilgan boshqa materiallar ilova qilinishi mumkin.
Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliqtekshiruvi dalolatnomasi tuziladi.
Agar soliq tekshiruvi tugallanganida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan bo‘lmasa, bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etiladi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi va barcha nusxalari davlat soliq xizmati organlarining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga topshiriladi. Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Soliq to‘lovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi.
Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va shu paytdan e’tiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari, soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, soliq tekshiruvi o‘tkazish paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim.
Soliq tekshiruvi materiallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan tartibga binoan soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organida soliq tekshiruvi tugallangan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Soliq tekshiruvi materiallarining davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘rib chiqilishi. Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o‘n ish kuni o‘tgach, biroq o‘n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilayotganda hisoblangan yoki ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori, soliqto‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar, ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi.
Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo‘yicha o‘zining yozma tushuntirishlarini yoki e’tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Davlat soliq xizmati organi tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida soliq to‘lovchini ko‘rib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi. Agar soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga uzrli sabablarga ko‘ra kela olmasligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishni uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq to‘lovchi xabardor qilinadi. Agar soliq to‘lovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va e’tirozlar uning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqqan mansabdor shaxs, soliq to‘lovchi, shuningdek ularni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq to‘lovchi bayonnomani imzolashdan bosh tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilganda bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliqto‘lovchiga beriladi. Soliq to‘lovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Soliqto‘lovchi bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarori. Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar
o‘rinbosari soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:

  • soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad etishni;

  • soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni.




  1. Download 126,12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish