6-mavzu: Soliq nazorati Reja



Download 126,12 Kb.
bet5/10
Sana22.10.2022
Hajmi126,12 Kb.
#855310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
54Soliq nazorati

Hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida olib qo‘yilishi mumkin. Shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlar va predmetlarni tungi vaqtda - soat 23-00 dan 6-00 gacha - olib qo‘yish hamda soliq tekshiruviga taalluqli bo‘lmagan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish man etiladi.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni taqdim etadi hamda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi hamda ularni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif etadi, u bosh tortgan taqdirda esa majburan olib qo‘yish choralarini ko‘radi.
H ujjatlar asl nusxa yoki soliq to‘lovchining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar ko‘rinishida olib qo‘yiladi. Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va predmetlari olib qo‘yilgan shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u jo‘natilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish. Soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraєlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan hollar bundan mustasno.
Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga quyidagi hollarda murojaat qilishga haqli:

  • soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilinganda yoki daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish ob’ektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish soliq to‘lovchi tomonidan rad etilganda;

  • soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda;


soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda.
Ekspertiza. Zarur hollarda, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda ishtirok etish uchun ekspert jalb etilishi va ekspertiza tayinlanishi mumkin. Yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun fan, san’at, texnika va boshqa sohalar bo‘yicha maxsus bilim talab etilgan taqdirda ekspertiza tayinlanadi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror tekshiruv o‘tkazayotgan mansabdor shaxsning iltimosnomasi asosida davlat soliq xizmati organining rahbari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda ekspertizani tayinlash uchun asoslar, ekspertiza o‘tkazishi kerak bo‘lgan tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspert oldiga qo‘yilgan masalalar va ekspert ixtiyoriga beriladigan materiallar ko‘rsatiladi.
Shaxsni ekspert sifatida jalb etish davlat soliq xizmati organi va ekspert o‘rtasida ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi. Ekspert, agar unga berilgan materiallar yetarli bo‘lmasa, xulosa berishni rad etishi mumkin.
Ekspert xulosani o‘z nomidan yozma shaklda beradi va unda uning o‘zi o‘tkazgan tekshirishlar, shu tekshirishlar natijasida qilingan xulosalar hamda o‘rtaga qo‘yilgan masalalarga asoslantirilgan javoblar bayon etiladi.

Download 126,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish