PROPRIORETSEPTORLAR
Vaziyatni, harakatni va kuchni sezishni ta‘minlovchi retseptorlar muskullarning o‘zida, paylarda va bo‘gin xalta-chalarida joylashgan. Bu proprioretsqptorlarga muskul duklari, Golji tanachalari va bo‘g‘in retseptorlari kiradi.
Muskul duklari. Barcha muskullarda boshqalariga nisbatan ingichka va kalta tolalar bor. Bu tolalar kichik guruhlar tarkibida biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsulaga o‘ralgan. Shakliga ko‘ra, ular muskul duklari, deb ataladi. Kapsula ichidagi muskul tolalar intrafuzal tolalar deyiladi. Muskulning asosiy massasini tashkil qilgan oddiy tolalar ekstrafuzal yoki ishchi tolalardir. Yakka intrafuzal tola markaziy qism — yadro xaltachasiga va qisqara oladigan ikkita uch qismdan iborat Muskul duklarining har biriga, uning yadro xaltachasi qismiga yo‘g‘on, diametri 10-20 mkm (I tipga oid) mielinli tola va qon tomirlar kirgan.
Dukning ichida mielinli yo‘g’on tola bo‘linib, intrafuzal tolalar atrofida tarqaladi. Nerv tolasining shoxchalari intrafuzal muskul tolasining markaziy qismi atrofida bir necha marta o‘ralib, annulos- piral oqimi hosil qiladi. Bu oxirlar muskul duklarining birlamchi sezgir oxirlaridir.
Ba‘zi muskul duklarini II turga oid ingichka (diametri—12 mkm) afferent tolalar ham nervlaydi. Ularning oxirlari intrafuzal tolaning yadro qismida emas, balki periferik qisqamvchi qismlarida tugaydi. Ekstrafuzal va intrafuzal muskul tolalari motoneyronlar tomonidan ham nervlangan. Motor tolalarda amotmeyronlarning aksonlari sinaps hosil qiladi, intrafuzal muskul tolalarni esa efferentlar nervlaydi.
Intrafuzal tolaning bir uchi ishchi muskul tolalariga, ikkinchi uchi esa muskul payiga yopishadi. Muskul duklari deyarli barcha ko‘ndalang targ‘il muskullarda uchraydi. Ularning soni muskulning katta-kichikligiga va bajaradigan ishiga bog‘liq. Odam muskullarida 0 dan 500 tagacha muskul duki bo‘lishi mumkin. Duklarning zichligi (1g muskul massasidagi soni) aniq va nafis harakatlari bajaradigan muskullarla yuqori. Masalan, odam ko‘z sohhasining to‘gri muskuli 0,37 g. Unda 7 muskul duki yoki bir grammida 130 duk bor. Katta va nisbatan qo‘pol harakatlarni bajaradigan yelkaning uch boshli muskulida duklar soni bir grammda faqat 1,‘.
Pay a‘zolari (Golji tanachalari). Issiqqonli hayvonlarda muskul tolalarining payga o‘tgan qismida maxsus retseptorlar — pay yoki Golji a‘zolari borligi aniqlangan. Ular o‘ntacha ekstrafuzal muskul tolalarining davomi bo‘lgan pay tolalaridan iborat bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimadan hosil bo‘lgan umumiy kapsula bilan qoplangan. Goldji a‘zosini diametri 10—20 mkm, miyelinli bitta yoki ikkita afferent nerv tolasi nervlaydi. Bu tola pay a‘zoga o‘tib, anchagina shoxlarga bo‘linadi va pay tolalarda tugaydi.
Pay a‘zolarning soni muskul duklarnikidan binnuncha oz: 100 muskul dukiga 50—80 pay a‘zosi to‘g‘ri kelsa kerak.
Bo‘g‘in retseptorlari. Bo‘g‘ in xaltalarida uning holati o‘zgarganda va harakat qilganda qo‘zg‘aladigan retseptorlar topilgan. Tuzilishi uncha yaxshi o‘rganilmagan. Bo‘g‘in retseptorlari, deganda birinehi galda Ruffini nerv oxirlari ko‘zda tutilishi kerak. Bulardan tashqari, bo‘gin xaltasida Pachini tanachalariga o‘xshagan tanachalar ham ko‘p. Ko‘rsatilgan retseptor tuzilmalar miyelinli afferent tolalar bilan ta‘minlangan. Bu retseptorlarning deyarli yarmini bukilish ta‘sirida qo‘zg’alsa, ikkinchi yarmmi yoyilish qo‘zg‘atadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |