6-mavzu. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi va narxi


HARAJATLAR VA ULARNING TASNIFI, TANNARX XARAJATLARINI KAMAYTIRISH YO’LLARI



Download 28,21 Kb.
bet4/6
Sana11.03.2022
Hajmi28,21 Kb.
#491149
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu

6.4. HARAJATLAR VA ULARNING TASNIFI, TANNARX XARAJATLARINI KAMAYTIRISH YO’LLARI.
Narxl bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan narxl va narxllash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi.
Narxl bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo‘yiladi.
Narxlni shakllantiradigan asosiy omillar:

  1. Iqtisodiy xarajat darajasi;

  2. Tovarlarning naflilik darajasi;

  3. Tovarga bo‘lgan talab va uning taklifi;

  4. Raqobat shakllari va usullari;

  1. Tovarni iste’mol qilish vaqti.

Narxlning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari yaqqol ko‘rsatib beradi. Narxl nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, kreditlar narxi) – beshta asosiy funksiyani bajaradi:

  1. Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi. Bunda narxl bozordagi talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.

  2. Hisob – kitob, o‘lchov funksiyasi. Narxl qiymatning puldagi ifodasi, chunki bajarilgan ish hajmi, foyda-zararning barchasi narxl asosida hisob-kitob qilinadi.

  3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi. Narxl bozor iqtisodiyotining asosiy vositalaridan biridir. Undagi o‘zgarish bozor holati (konyunkturasi) ni bildiradi.

  4. Raqobat vositasi funksiyasi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch, narxl vositasida bellashuv raqobatning asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Firmalar o‘z raqiblarini yengish, ularni bozordan siqib chiqarish uchun narxlni o‘zgartirib turadilar.

  5. Ijtimoiy himoya funksiyasi. Narxl ayrim aholi toifalarini kambag‘allikdan saqlash vazifasini o‘taydi. Odatda, aholining nochor va muhtoj qatlamlariga tovarlar arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi. Bo‘lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo‘lib, ularni moliyaviy jihatdan davlat byudjeti yoki byudjetidan tashqari mablag‘lar ta’minlaydi. Dotatsiyalangan narxlarni davlat belgilaydi.

Tovar narxlsi quyidagi omillar ta’siri natijasida yuzaga keladi:
- talab va taklifga asosan;
- ishlab chiqarish xarajatlariga asosan;
- davlat iqtisodiy siyosatini ifodalovchi omillarga asosan;
- inflyatsiya darajasi va valyuta kursiga asosan;
- raqobatga asosan;
- boshqa omillar (masalan, buyumning yashash davomiyligi, mahsulot sifati).
Mashina va mexanizmlarning salmoqli qismi (stanoklar, avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari, energetik uskunalar) oligopoliya bozorida sotiladi. Bu bozorning quyidagi belgilari mavjud:
- yirik va o‘rta kompaniyalar mavjudligi;
- narxlar ustidan nazorat cheklanganligi;
- agar bozorda yangi ishlab chiqaruvchi paydo bo‘lsa, unga qarshiliklar va to‘siqlar mavjudligi;
- narxsiz raqobatning ustunligi.
Bozor sharoitida narxlar talab va taklifga asosan shakllanadi. Talab ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismi bo‘lib, narxlning maksimal chegarasini belgilaydi. Talab qonuniga asosan narxl va talab bir biri bilan teskari bog‘liqlikda bo‘lib, narxl qanchalik yuqori bo‘lsa, talab shunchalik past bo‘ladi.
Narxlning minimal chegarasi mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rta ishlab chiqarish xarajatlari orqali aniqlanadi. Mahsulot narxlsi ishlab chiqarish xarajatlari va foydani ta’minlashi kerak. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari tarmoqning keng iste’mol tovarlari (avtomobil, uskuna, instrument) narxlsiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Davlat iqtisodiy siyosatini aniqlovchi omillar (soliqlar, aksizlar, kreditlar) uchun davlat narxlarni tartibga keltirish uchun foizlarni belgilab beradi. Valyuta kursining o‘zgarishi, ya’ni milliy valyuta kursining o‘zgarishi natijasida eksportchi korxonalar eksport qiluvchi tovarlar narxlarini pasaytirishga erishadilar. Bu esa o‘z navbatida eksportga yo‘naltirilgan tovar mahsulotini raqobatbardoshligini oshiradi. Agar milliy valyuta kursi oshsa, tabiiy ravishda mahsulot narxi oshadi.
Narxlning shakllanishiga shuningdek mashina va uskunalarning xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. Mashina va uskunalarning quyidagi umumiy xususiyatlari mavjud:
1. Ma’lum bir qismdagi mashina va mexanizmlar (stanoklar, qurilish texnikasi, energetik uskunalar) ishlab chiqarish texnik maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlar bo‘lib, bo‘larga talab tarmoqning rivojlanishiga bog‘liq. Masalan, metall qirquvchi stanok va uskunalar avtomobil sanoati va qishloq xo‘jalik mashinasozligi, aviatsiya sanoati rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
2. Qurilish va mebel sanoati rivojlanishidan yog‘ochni qayta ishlovchi uskunalarga bo‘lgan talab oshib boradi.
3. Mashina va uskunalar uzoq muddatga mo‘ljallangan tovarlar guruhiga kirib, ularda narxlning shakllanishiga energiya sig‘imi, ekologik xarakteristikalari kiradi.
4. Mashina va mexanizmlar turli darajadagi universalligi bilan ajralib turadi.



Download 28,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish