6-Mavzu: Qishloq xo’jalik hayvonlarni o’sishini xisobga olish. Darsning maqsadi



Download 15,3 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi15,3 Kb.
#788691
Bog'liq
6 (1)


6-Mavzu: Qishloq xo’jalik hayvonlarni o’sishini xisobga olish.
Darsning maqsadi: Xayvonlarning o’sishini xisobga olishni o’rganish.
Dars uchun kerakli jixozlar:Yangi tug’ilgan buzoq va sigir tana qismlarining nisbati 3 ta o’sish va rivojlanish turlari quyidagilaridir.
Ritmik o’sish - Bunda hayvon tana qismlari bir-biriga nisbatan proporstional rivojlanadi, bu o’sish qoramollarda 12-15 oyligida,qo’ylarda esa 10-12 oyligida kuzatiladi.
Korrelativ o’sish - Bunday o’sish organizmning barcha tana qismlarini bir-biriga nisbatan kam yoki ko’p o’sganligini bildiradi,masalan hayvon tug’ilganda oyoqlari tanasiga nisbatan uzun bo’ladi.
Notekis o’sish - Bu qonuniyat tanada organizmda to’qima va a’zolarning bir vaqtda shakllanmaganligi, ularning har xil tezlik va davomiylikda o’sish va rivojlanishiga bog’liq. Barcha qishloq xo’jalik hayvonlari ontogenezining dastlabki paytida uzunligi, keyinchalik uning o’sishida har xillik ro’y beradi (o’q va atrof skelet), natijada hayvon tipi aniqlanadi:
A)Tuyoqlilarda bo’g’ozlikning ikkinchi yarmida tayanch suyaklar (oyoq suyaklari), tug’ilgandan keyin esa o’q suyaklari jadal o’sadi. Bu jarayon evolyutsion taraqqiyot ta’siri bo’lib, yangi tug’ilgan hayvonlarning chopishini ta’minlaydi, ya’ni onasiga etib yurish va yirtqichlardan qutilish imqonini beradi. Tug’ilgandan keyin ulg’ayish davrda esa tana mutanosibligi tezlikda o’zgaradi.
Yangi tug’ilgan hayvonlarning oyoqlari uzun, orqa tomoni biroz ko’tarilgan, tanasi tor va sayoz bo’lib, kalla va bo’yni kalta bo’ladi. Voyaga yetgan hayvonlarning oyoqlari kaltaroq, tanasi uzun, keng va chuqur bo’ladi;
B)Yirtqich (go’shtxo’r) hayvonlar o’z bolalarini himoya qila olish qobiliyati, quyonlar o’z bolalarini inlarida saqlash imqoniyati bo’lgani uchun ona qornida o’q suyaklari, tug’ilgandan keyin esa tayanch suyaklari jadal o’sadi. Shuning uchun bu hayvonlar tug’ilganda oyoqlari kalta, tanasi uzun, keng va chuqur bo’ladi, tug’ilgandan keyin ularning oyoq suyaklari tez o’sadi.
V)Dengiz cho’chqalarida ona qornida va tug’ilgandan keyin o’q va tayanch suyaklari bir xil jadallikda o’sadi.
Organizm rivojlanishining turli davrlarida to’yimli moddalarga bo’lgan talabi.
Postyembrional o’sish va rivojlanish turli yosh davrlarida turli jadallikda kechadi. Dastlabki 3-5 oy davomida jadal o’sish bilan birga tana sifat o’zgarishlari ham ro’y beradi, ona qornidagi sharoitdan ona sutini ichishga o’rganish, qon aylanish, nafas olish, ozuqa hazm qilish a’zolarining faolligi bilan bog’liq.
Bu davrda yosh organizm o’simlik ozuqalarini hazm qilish, ozuqa hazm qilish va qon aylanish o’rtasida modda almashinuvi qaytadan tuziladi, oqsil, mineral moddalar va suv almashinuvi jadallashadi. Shu davrda a’zo va to’qimalar jadal o’sib yuqori kunlik o’sishni ta’minlaydi.
Sut yo’nalishidagi mollarda jadal o’sish 1,5-2 yoshgacha davom etadi. Yosh ulg’ayishi bilan qo’shimcha vazn tarkibi o’zgarib, sifatli ozuqalarga bo’lgan talab ham kuchayadi.
Yosh organizm tanasida oqsil moddalarini ko’proq hosil qiladi, u esa modda almashinuvida qatnashadi. Yosh ulg’ayishida bu hol o’zgarib tanada ko’proq yog’ paydo bo’ladi.
Buzoqlarda hayotining birinchi oyida 100 kg tirik vazniga 250-300 g, 6 oyligida 75-100 g, 12 oyligida esa faqat 25-50 g oqsil hosil bo’ladi. Shu bilan birga ozuqaning oqsilidan foydalanish bir oylikdagi 70 % o’rniga 1 yoshida 25% gacha kamayadi.
Kunlik o’sish qanchalik yuqori bo’lsa tanada yog’ hosil bo’lishi ortadi. 6 oylikgacha sut yo’nalishidagi urg’ochi buzoqlarning kunlik vazn ortishi
750-850 g bo’lganda 100 g oqsilga 70-75 g yog’ to’planadi. 6-12 oyligida ham oqsil yog’ nisbati shunga o’xshash bo’lib, kunlik vazn ortishi 650-750 g, bir yoshdan keyin esa o’rtacha vazn ortishi 550-600 g ni tashkil qiladi xolos. Jadal oziqlantirilgan yosh mollarni sayr qildirish ular tanasida yog’ to’planishini kamaytiradi. Yosh mollarda kalsiy va fosforga bo’lgan talabni yuqori bo’lishi ularda suyak va muskul to’qimalarining jadal o’sishi bilan bog’liq.
Yosh mollarning me’yorda o’sish va rivojlanishini 12 oylikkacha 100 kg tirik vazniga 80 mg karotin, keyinchalik esa 50-60 mg ni tashkil etadi.
O’suvchi organizmlarning energiyaga bo’lgan talabi ularning yoshi, jinsi, zoti va kunlik vazn ortishi ko’rsatkichiga bog’liq.
Umumiy energetik to’yimlilik mollarning 14-16 oyligida kunlik o’sishni me’yorda bo’lishini ta’minlashi shart. Oziqlantirish yosh mollarda jinsiy faoliyatini yaxshi rivojlanishiga ta’sir etib, ularni erta jinsiy balog’atga yetishini ta’minlaydi. Bu borada buqachalarda tanalarga nisbatan yog’ to’qimalari kamroq to’planadi.
Sut mahsuldoriligini belgilovchi rivojlanishning asosiy davrlari.
Sigirlarning sut mahsuldoriligi oziqlantirishdan tashqari irsiyatga ham bog’liq. U o’sish davomida shakllanadi, a’zo va tizimlarni rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib u yoki bu darajada sut hosil qilishda o’z aksini topadi. Umuman olganda sersut sigir yaxshi rivojlangan yurak-qon tomir, nafas olish, ozuqa hazm qilish a’zolari, yelin, suyaklari, ichki sekretsiya bezlari yirik va faol bo’lishi kerak.
Hozirgi paytda ko’pchilik zotlar uchun sut mahsuldoriligini ta’minlovchi tirik vazn me’yorlari aniqlangan: qora-ola zoti – 600-700 kg, qizil cho’l zoti – 550-600 kg, shvits zoti 650-750 kg.
Maqsadli o’stirish hayvonlarni ma’lum davrda kerakli oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratish orqali foydali belgilarni shakllantirish tushuniladi.
4.Hayvonlarning o’sish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Hayvonlar o’sish va rivojlanishiga irsiyatdan tashqari qator omillar ta’sir etadi:
Ona organizmining ta’siri, ya’ni homila uchun «tashqi muhit» vazifasini bajaradi. Yirik, baquvvat onalar o’z homilasini to’yimli moddalar bilan yaxshi ta’min yetishi natijasida homila yirik tug’iladi.Ichki sekretsiya bezlari, ular nerv sistemasi ta’sirida bo’ladi. Qalqonsimon bez gormoni organizmda modda almashinuvini kuchaytirib hayvonning o’sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Jinsiy bezlarini olib tashlanishi organizmda qator o’zgarishlarga sabab bo’ladi, ular yuvosh bo’lib, tez semiradi. Gipofiz o’sish gormoni ishlab chiqaradi, bundan tashqari bu gormon jinsiy va sut ajratib chiqarishni ta’minlaydi.
Oshqozon osti bezi gormoni (insulin) uglevod almashinuvida qatonnaashib, ontogenezga katta ta’sir o’tkazadi.
Oziqlantirish ta’siri. N.P.Chirvinskiy (2009) hayvonlarga homila davrida va tug’ilgandan keyin to’yimli moddalarni yetishmasligi ularning skeleti va ichki a’zolarining o’sishiga salbiy ta’sirini qayd qilgan.
Qo’ylarni faqat dag’al ozuqalar bilan oziqlantirib o’stirganda uning ichaklarining uzunligi tana uzunligidan 44-51 marta, yaxshi oziqlantirilganda, ya’ni ratsionga yem qo’shib boqilganda faqat 33-38 marta uzun bo’lgan xolos.
Saqlash sharoitining ta’siri. Hayvon o’sish va rivojlanishiga quyosh nuri; harorat, namlik va havoda gazlar tarkibi; atmosferaning elektrlanganligi, bosim va boshqa zoogigienik omillar ta’sir ko’rsatadi.
Download 15,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish