6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. Reja: 1



Download 397,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana04.03.2022
Hajmi397,11 Kb.
#482542
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6 - mavzu boyicha maruza matni (2)



6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga 
qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. 
Reja: 
1.
 
O‘zbekistonda dinga yangicha qarash va munosabatlarning shakllanishi
2.
 
O‘zbekistonda vijdon erkinligi, din va diniy tashkilotlar
3.
 
Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati
4.
 
Kibermakonda din omili 
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy 
hayotdagi yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga 
bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik 
hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali 
kafolatlandi. 
Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, 
ota-bobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy 
fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar 
mobaynida boy ma’naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. 
O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir 
sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga 
erishish katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy 
merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk 
zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy 
taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va u 
bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun 
o‘zaro munosabatlarini bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish 
poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, uning 
asosida eng avvalo dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur. 
Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: 
“Diniy 
tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. 
Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”
1

Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan. 
Birinchidan, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir 
xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Bugungi kunda respublikamizda 
15 ta noislomiy konfessiyaga mansub 186 ta tashkilot emin-erkin faoliyat olib 
borayotgani ham buning amaliy ifodasidir. Ikkinchidan, diniy birlashmalar 
faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan 
xolidir. 
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2003. – Б. 13.


Shu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu 
dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ta’kidlash zarur. Zero, biror 
dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli 
din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. 
Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil 
shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. 
SHundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat 
qiladi.
I.A.Karimovning Oliy Majlisning o‘n to‘rtinchi sessiyasida so‘zlagan 
nutqida bu tamoyil o‘zining yorqin ifodasini topgan: “Mamlakatimizni demokratik 
tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, yuksak texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish 
bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy o‘zligimizni asrab-avaylab yashashni 
maqsad qilib qo‘yganmiz”
2
. Bu fikrlar hayotiy voqelikka aylanmoqda. 
Dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatida dindorlarning huquqiy 
maqomi va davlat tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda diniy konfessiyalar 
haqidagi qonunlarning hayotga tatbiq etilishidek ikki muhim jihat ham bor. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z echimini 
topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga 
to‘la javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod 
qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday 
deyiladi: 
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga 
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy 
qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”
3
.
 
Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini 
ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan: 
-
dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; 
-
diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi 
deb tan olish; 
-
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal 
qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib 
qilishga yo‘l qo‘ymaslik; 
-
ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish 
ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan 
muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati; 
-
dindan 
buzg‘unchilik 
maqsadlarida 
foydalanishga 
yo‘l qo‘yib 
bo‘lmasligini e’tirof etish
4
.
2
Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг букилмас 
иродасига боғлиқ. – Т.: Ўзбекистон, 2004. – Б. 8.
3
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2003. – Б. 8.


Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga 
aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z 
ichiga oladi. 
Hech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
jihatlarining barchasini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din 
bo‘lmay qoladi. Xuddi shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
57-moddasida diniy-siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan
5

O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga 
bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari 
ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi. CHunki, konstitutsiyaviy dunyoviy-
ma’rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i 
nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki 
tamoyiliga rioya qiladi. 

Download 397,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish