6-mavzu: O’zbekistonda muzey ishi tarixi Reja



Download 36,14 Kb.
bet2/4
Sana05.06.2022
Hajmi36,14 Kb.
#638128
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu

2-asosiy savol: Rus bosqini davrida o’lkada muzey ishi.

Turkiston o’lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, rus ma’murlari o’lka moddiy va ma’naviy boyliklarini ochiqchasiga talash yo’liga o’tdi. 1869 yildan rejali o’lja yig’ish choralari ishlab chiqildi. Zobit va askarlar qo’llariga Peterburgda yozilgan tavsiyanoma berilib, qanday narsalarga ahamiyat berishliklari ko’rsatilgan edi. Asosiy maqsad, Turkiston shaharlari va xonliklardan qo’lyozmalar, hujjatlar, tanga, muhr, amaliy san’at asarlari, osori-antiqalar, mahalliy xunarmandlarning ijod mahsulotlari, gilamlar, mis o’ymakorligi buyumlari, nodir egar va jabduqlar, zargarlik buyumlari, ayniqsa soplari dur, gavxar toshlari bilan bezatilgan qimmatbaho metallardan yasalgan qilich, xanjar, pichoqlar va boshqa buyumlar peterburgdagi muzey hamda kutubxonalarga jo’natilishi kerak edi. Harbiy boshliqlar va amaldorlar bu qimmatbaho yodgorliklardan o’zlariga kollektsiya to’plashni ham unitmadilar. 1869 yilda Samarqandda Turkistonning birinchi general gubernatori K.P. Fon Kaufman (1867-1882) musulmon dunyosining muqaddas kitobi VII asr Kufa qo’lyozma yodgorligi “Usmon Qur’oni” ni Peterburg imperatoriga jo’natdi.


1870 yili Buxoro amiri fuqarolari qo’zg’olonini bostirish bahonasidagi harbiy yurishda Shahrisabz va Kitob beklariga qarashli joylardan 97 jild qadimiy qo’lyozmalar tortib olindi. Madaniy va ma’naviy yodgorliklarni ilmiy asosda yig’ish 1873 yili Xiva xonligiga yurish oldidan juda mukammal tashkil qilindi. Bu ishga Peterburgdagi rus geografiya jamiyati bosh qosh bo’ldi. Yirik sharqshunos olim P.I.Lerx xonlikda nimalarga e’tibor berish va yig’ish haqida mukammal dastur ishlab chiqib, Turkistonga yubordi. Dasur, ya’ni “Ko’rsatma” tipografiya yo’li bilan nashr qilinib, zobit va askarlarga tarqatildi. “Ko’rsatma” ning maxsus bo’limida arxiv hujjatlari, tilla va kumush tangalar, qo’lyozma kitoblarni yig’ish alohida qayd etildi. Yana ko’rsatiladiki, yuqoridagi yodgorliklar, qozixonalar, masjid-madrasa va xonadonlardan olinsin. Bu erlarda Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab mutaffakkirlarning qo’lyozmalari bo’lishi shart deb ko’rsatiladi. Yozilgan qo’lyozma va osori-antiqalarni Peterburgga jo’natish, Turkiston general gubernatorining faxriy maslaxatchisi, sharqshunos olim A.L.Kun zimmasiga ma’muriy yo’l bilan yuklatiladi. Zobit va askarlarni rag’barlantirish yo’llari ko’rsatiladi.
1875-1876 yillarda Qo’qon xonligiga yurish qilinib, xonli tugatildi. Xonlik ixtiyorida bo’lgan barcha boyliklar talon taroj etilib, Peterburgga jo’natildi. Turkiston o’lkasi Rossiya tomonidan to’liq bosib olindi. Endigi vazifa O’rta Osiyoning ulkan hududini o’zlashtirish, ya’ni o’lkani er oti va er usti boyliklarini, o’simlik va hayvonot olamini, tarixini, etnografiyasini o’rganish zarur edi.
Peterburgdan sharqshunos olimlar O’rta Osiyoga doimiy va uzoq muddatli safarlarga kelib, mahalliy kollektsionerlar va sharqshunoslar yordamida har taraflama tekshirish o’tkazar edilar. O’rta Osiyoga kelgan bu kimsalar 1867 yildan to 1917 yilga qadar moddiy va ma’naviy ashyolarni jo’natish va o’rganish maqsadida Turkistonda 15 tadan ortiq ilmiy jamiyat va to’garaklar yordamida o’z ishlarini amalga oshirib turdilar. 1895 yilda Toshkentda arxeolog, etnograf va antropologlarning to’garagi tashkil etilib, unga N.P.Ostroumov boshchilik qildi. To’garakning asosiy vazifasi o’lkaning oy madaniyati va tarixini o’zida mujassamlashtirgan yodgorliklarni to’plash va o’rganish bo’ldi. 1898 yilda Andijon qo’zg’oloning sardori Dukchi Eshon kutubxonasi musodara qilindi. Undagi 194 nodir qo’lyozma tezlikda Peterburgga jo’natildi. Rus namoyondalari Turkistonda olib borgan ilmiy va yodgorliklarni to’plash ishlarida mahalliy muxlislarga tayandilar. Masalan, samarqandlik Mirza Qosimov, toshkentlik savdogar Akrom Asqarov, samarqandlik Mirza Abdulla Buxoriy, etnograf Shoximardon Ibrohimov, samarqandlik Abu Said Maxsum, arxeolog Olim Turdi Mirg’iyosovlar shular jumlasidan bo’ldi. Endilikda tarqoq kollektsiyalarni to’ldirish va ularni birlashtirish, Peterburgga jo’natish uchun saralash markazi lozim bo’lib qoldi. Buning uchun eng qulay markaz muzey bo’lib, o’lkada muzey tashkil qilish masalasi ko’tarildi. Jumladan. A.P.Fedchenko Turkiston general gubernatoriga tayyorlagan axborotida “Turkistonni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun u bilan asosli ravishda tanishib chiqish kerak, muzey esa buning eng yaxshi vositasidir” deb yozgan edi. Shunday qilib, A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov, V.F.Oshanin, V.V.Bartold va boshqalar Turkistonda muzeylar qurilishining tashabbuskori bo’ldilar.
1876 yil birinchi bo’lib Toshkent muzeyi (hozirgi O’zbekiston tarixi davlat muzeyi) ochildi. Shu paytdan boshlab, O’rta Osiyoda bosh muzeyning mavjudligi rasman tan olindi. 1896 yilda Samarqand, 1898 yil Ettisuv, 1899 yili Farg’ona va Kaspiy orti (Ashxobot) o’lka muzeylari barpo etildi.Ekspozitsiyalarning mazmuniga kelsak, uning asosiy vazifalaridan biri chorizm qurolining O’rta Osiyodagi g’alabalarini sharaflashdan iborat bo’lib, Turkistonni bosib olishdagi rus generallari va zobitlarining ko’rsatgan “jangovarligi” madh etilib, ularning sanoqsiz portretlari ko’rsatilgan edi. Ekspozitsiyalarda mahalliy tillarda izoh tekstlari berilmasdan, mahalliy axoli muzeyni ko’rish va tushunish uchun qisqacha izohlarga muhtoj edilar. Umuman mustamlaka ma’muriyati muzey ekspozitsiyalaridan, hukmron metropoliya g’oyalarini targ’ib qilish uchun foydalanar edilar. Bu ishda rus burjuaziyasi, savdogarlar hamda korchalonlar, mustamlaka tabiiy boyliklarini suiste’mol qilishdagi o’z yutuqlarini namoyish etish va shu bilan o’z mahsulotlarini pullash uchun reklama yaratishga harakat qilar edilar.
Shunday bo’lsada, XIX asrda Turkiston o’lkasida dastlabki muzeylarning yuzaga kelishi o’lkada madaniyatning rivojiga qo’shilgan hissa deb bilamiz. Mahalliy axolining oz qismi ziyolilari muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, o’lkalarining o’z tabiatlari, er osti va usti boyliklaridan namunalar ko’rib, o’zligini bilishda turtki olgan bo’lsalar ajab emas.



Download 36,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish