2. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenta Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo'naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor axamiyat qaratilgani ayniksa e'tiborga molik. Bu tarixiy xujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yo'nalishlari belgilab berildi. “Iktisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartarish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doyr kompleks masalalarni xal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muxim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi” .
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o'rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so'nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim axamiyat kasb etdi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo'ldi.
Hokimiyat sub'ektlari o'rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga kiritilgan tuzatishlar jiddiy axamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy qonunchilikni takomillashtirishga yo'naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari mustaqilligining oshishiga xizmat kilsa, ikkinchidan, davlat hokimiyati tizimida o'zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo'g'inlarni nazarda tutadi. Masalan, Vazirlar Maxkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga raxbarlik qilish huquqi Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun taqdim qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat mustakilligini va ta'sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish va tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning hisobotini tinglash va muhokama qilish tartib takomilining kiritilishi Parlament rolini yanada kuchaytirishga ko'maklashuvchi institut bo'ldi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga karatilgan yangiliklarning axamiyati yana shundan iboratki, ular davlat hokimiyatining sub'ektlari, ya'ni, davlat boshlig'i bo'lgan Prezident, qonun chikaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o'rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini ta'minlashga qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to'g'risidagi ta'limotga ko'ra, hokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to'g'ri taqsimlanishi davlat idoralari faoliyatining barqarorligini, ular o'rtasida samarali hamkorlik yo'lga qo'yilishini kafolatlaydi. Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma'noda demokratik tabiatga ega bo'lishi va inson huquqlari izchil ta'minlanishining garovidir.
Mamlakatning davlat boshqaruv tizimi uning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va ma'muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy, milliy, jug'rofiy, ma'naviy va boshqa omillar ta'sirida shakllanadi. Boshqaruv madaniyati davlat boshqaruvi tuzilmalariga nisbatan birmuncha barqaror va turg'undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vakt ichida o'zgartirish birmuncha mushkul. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini qonunchilik islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o'zgartirish (yangilash) mumkin, ammo bosharuvga bog'liq mafkurani, mentalitetni, ongni va madaniyatni darxol o'zgartirishning iloji yo'q.
Jamiyatni erkinlashtirishning xozirgi bosqichida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishning bir qator yo'nalishlari va vazifalari Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan.
Birinchidan, demokratik davlat boshqaruv mezonlarini belgilovchi printsiplarni hayotga sobitqadamlik va jadallik bilan joriy etib borish. Bular boshqaruvda inson huquq va manfaatlarining ustuvorligi, hokimiyatlar taqsimlanishi (shu jumladan, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar o'rtasida vakolatlarning oqilona taqsimlanishi), qonun ustuvorligi, davlat boshqaruviga xalq ommasi hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligi va ochikligi kabi tamoyillardir.
Ikkinchidan, davlat boshqaruv apparata faoliyatining qonunchilik, huquqiy bazasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi.
Uchinchidan, ijroiya hokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug'ullanuvchi organlarning tarkibiy tuzilmasi va funktsiyalarini ratsionallashtirish ma'muriy islohotning muxim vazifasi xisoblanadi. Bunda davlat boshqaruvida muvoziy tuzilmalarning bo'lishi va bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo'lishini bartaraf etib borish talab etiladi.
Turtinchidan, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta'minlovchi samarali mexanizmlarni yaratish, ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini faollashtirish zurur.
Beshinchidan, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va ma'muriy islohotlar samarasini oshirishda tegishli vakolatli organlar faoliyatining huquqiy asoslarini (reglamentlarini) izchil takomillashtirish alohida axamiyat kasb etadi. Bunday huquqiy xujjatlar qatorida Ma'muriy protsessual kodeksning, “Ma'muriy protseduralar to'g'risida”gi va “Davlat xizmati to'g'risida”gi qonunlarning qabul kilinishi Harakatlar strategiyasida aytib o'tiladi.
O'zbekistan Respublikasida sudьyalar mavqeini oshirish bo'yicha sudьya lavozimida bo'lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o'n yillik muddatini va shundan so'ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudьyalarga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O'zbekistan Resiublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida≫gi PF-4966-son Farmoniga ko'ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudьya katta yordamchisi, sudьya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudьyalarni odil sudlov bilan bevosita bog'liq bo'lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudьyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat kiladi.
Shuningdek, ushbu farmonga asosan sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudьyalar xamjamiyatining oliy organi xisoblanadigan va O'zbekistan Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashadigan O'zbekistan Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas'uliyatli mutaxassislar orasidan sudьyalarni tayinlash, raxbarlik darajasidagi sudьyalik lavozimlariga ko'rsatish uchun tavsiya berish yo'li bilan sudьyalar korpusini shakllantirish, sudьyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo'yicha choralar ko'rish, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo'yicha takliflar berish va boshqa muxim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, sudyalarning aloxida maqomini inobatga olgan xolda, ularning mexnatiga xaq to'lash normalari va pensiya ta'minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag'lari xisobidan moliyalashtirish tartibini, xar yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan xolda aloxida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.
Sudya sud hokimiyatining sha'ni va mustaqilligini mo''tabar tutishi, xalol va beg'araz bo'lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini xurmat kilishi, xar kanday nojuya harakatlar yoki shunday bo'lib ko'rinishi mumkin bo'lgan harakatlardan o'zini tiyishi, o'zining sudьyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo'lida foydalanishdan o'zini saqlashi, huquq sohasida o'zining kasb malakasini oshirib borishi, sud jarayonida taraflarga sabr-toqatliligini va obro'sini ko'rsatishi, shaxsiy xayotda yuksak ahlokiy qoidalarga amal qilishi shart.
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ikkinchi yo'nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta'minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O'zbekistan Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4966-son Farmoni bilan sudyalar xamjamiyatining oliy organi hisoblanadigan va O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashadigan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Mazkur farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iktisodiy sud ish yurituvi soxasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi - O'zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish; ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'muriy nizolarni, shuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarini, tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tashkil etish; O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va xududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va O'zbekiston Respublikasi harbiy sudining qo'riqlash vzvodini tugatish;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy xay'ati, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va xududiy xarbiy sudlar shtat birliklarini sudьyalar va xarbiy sudlar xodimlaridagi xarbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan xarbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saklanmagan holda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o'tkazish;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Xarbiy xay'atini tugatib, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov xay'atini tashkil etish; Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlarini Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib o'zgartirish; ishlarni birinchi instantsiyada ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish; amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudьya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish ma'qullandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |