3. O‘quv ekskursiyasi – tabiiy sharoitlarda kuzatishlar o‘tkazishga, turli predmetlar, hodisalar va jarayonlarni o‘rganishga imkon beradigan o‘qitishni tashkil qilish shaklidir. Talabalar muzeylardagi eksponatlar bilan, fabrika va zavodlardagi ish jarayoni bilan tanishib, tabiat qo‘ynida turli hodisalarni kuzatib bilimlar egallaydilar.
4. Praktikumlar laboratoriya yoki amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib, ular mobaynida talabalar dasturga mos ravishda ma’lum sikl ishlarni bajaradilar. Praktikumlar labaratoriyalarda, ustaxonalarda, o‘quv kabinetlarida, o‘quv-tajriba uchastkalarida o‘tkaziladi.
5. Seminarlar dasturning asosiy bo‘limlari o‘rganilgach, va ko‘proq ijtimoiy fanlar bo‘yicha ûtkaziladi. Bu o‘quv shaklida suhbat va talabalarning munozaralari birlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |