6-mavzu: Mustaqillik-ma’naviy tiklanish va yuksalish asosi. Mustaqil O’zbekistonda ma’naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi va buning sabablari Reja


Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ushbu asarida



Download 1,71 Mb.
bet2/12
Sana09.04.2022
Hajmi1,71 Mb.
#539712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-Amaliy mashg\'ulot 99740

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ushbu asarida mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy – axloqiy negizlarini belgilab berar ekan, «O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi»- deb ko‘rsatadi va quyidagilarni belgilab beradi.

  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

  • vatanparvarlik.

Asarda ana shu negizlarning mohiyati ham ochib berilgan. Jumladan, Islom Karimov shunday yozadi: «Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrati manbai – xalqimizining umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tinchlik, ahl-qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab – asrab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir». Ko‘rinib turibdiki, Birinchi Prezidentimiz o‘z asarida ma’naviyatimizni rivojlantirish vazifalarini belgilab bergan. Muallif xalqimizning ma’naviy ildizlari chuqur ekanligini alohida ta’kidlaydi, ularni qayta tiklash va yangi mazmun bilan boyitish zarurligini strategik vazifa sifatida belgilaydi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xalqimizning buyuk fazilatlari haqida to‘xtalib insonparvarlikning o‘zbeklarga xos qirralarini ko‘rsatib berishga e’tiborni qaratadi. Jumladan, «Insonparvarlik bu o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zo‘ravonlik uning tabiatiga yotdir». Xuddi mana shu fazilatlarimizning mohiyatini yoshlarga yetkazish tarbiyaviy ishimizning diqqat markazida bo‘lishi zarur. Chunki milliy ma’naviyatimizning asosiy manbalari ana shunga borib taqaladi. Bugungi yoshlarimiz buning mohiyatiga etib borishlari zarurdir. Asarda ma’naviyatning xalqimizning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirishdagi roli ham asoslab berilgan. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz shunday yozadi: «Xalqimizning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimizning qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib etish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan etilgan». Ma’naviyatning milliy taraqqiyotidagi o‘rni va uni o‘zlashtirish zarurligi asarda ilmiy asoslangan: «Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi». Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan ana shu konseptual g‘oyalar bugungi kunda milliy ma’naviyatni rivojlantirish davlat siyosatida ustivor vazifa sifatida belgilanishga xizmat qilib kelmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘z asarida mamlakatimizda milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish davlat siyosatida ustivor vazifa ekanligiga e’tiborni qaratib quydagi konseptual g‘oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so‘ngra ma’naviyat to‘g‘risida o‘ylash kerak deydiganlar haq bo‘lmasa kerak. Ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt- saodat bo‘lmaydi…»
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan bu konseptual g‘oyaning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish